O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Qiloyoqlilar (
Pedipalpi
) turkumi.
Tashqi tuzilishi chayonlarga birmuncha o‘ xshash, 
lekin qorin bo‘limi ikki qismga bo‘ linmagan (134-rasm). Ayrim turlari qorni uchki qismida 
uzun ipchasi bo‘ladi. Pedipalpalari qisqichga yoki tutuvchi oyoqqa aylangan. Birinchi juft 
yurish oyoqlari tuyg‘u vazifasini bajaruvchi uzun va ingichka qilni hosil qiladi. Qiloyoqlilar o‘ 
pkalar yordamida nafas oladi. Ular faqat tunda ov qiladi. 180 dan ortiq turlari ma‘lum, asosan 
tropik ikdimda tarqalgan. 
Solpugalar, ya‟ni falangalar (
Solifugae
) turkumi.
Yirik hayvonlar, uzunligi odatda 
50-70 mm, ayrim vakillari 10-15 sm keladi. Tanasi qo‘ng‘ir-sarg‘ish tusda bo‘ladi. Solpugalar 
tanasining ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘linganligi bilan boshqa o‘rgimchaksimonlardan farq 
qiladi. Boshko‘kragi ikki qismdan iborat (134-rasm). Boshko‘krakning to‘rtta bo‘g‘imning 
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan oldingi qismida xelitsera, pedipalpa va ikki juft qorin oyoqlari
ikkita erkin joylashgan bo‘ g‘imdan iborat keyingi qismida ikki juft yurish oyoqlari bor. 
Oldingi boshko‘ krak qismini yirik bosh qalqoni yopib turadi. Qalqon oldingi chetida bir juft 
ko‘ zlari joylashgan. Xelitseralari juda yirik, ularning asosiy bo‘ g‘imi yo‘ g‘on, qisqichlari 
kuchli rivojlangan o‘ tkir xitin tishchalar bilan ta′minlangan. Yirik pedipalpalari yurish 
oyoqlariga birmuncha o‘ xshash, lekin tirnokdari bo‘ lmaydi. Pedipalpalar harakatlanish, tuyg‘u 
yoki o‘ ljani tutib turish uchun xizmat qiladi. Qo‘ shilayotganda erkagi pedipalpalari yordamida 
urg‘ochisini ushlab turadi. 
Solpugalarning 2 juft oldingi oyoqlari nisbatan kaltaroq va ingichkaroq bo‘lib, tuyg‘u 
vazifasini bajaradi. Qolgan ikki jufti haqiqiy yurish oyoqlari nisbatan uzun, panjalari 
bo‘g‘imlarga bo‘lingan, uchki qismida tirnoqlar bo‘ladi. Qorin bo‘limi o‘nta bo‘g‘imdan iborat, 
har bir bo‘g‘imida tergit va sternit bor. Qorin bo‘limi birmuncha ingichkaroq bo‘g‘im orqali 
ko‘krak bilan tutashadi. 
Solpugalarning tanasi va oyoqlari juda ko‘p har xil uzunlikdagi tuklar va qillar bilan 
qoplangan. Ular juda tez yuguradi va yaxshi sakraydi, tik joylarga ham oson chiqa oladi. To‘ 
qnash kelganida dushmanini qo‘ rqitishga urinadi. Buning uchun u tanasining oldingi qismini 
ko‘tarib qisqichlarini ochadi; pedipalpasi va oldingi oyoqlarini ko‘tarib, dushmaniga hamla 
qiladi, ayrim turlari hatto xelitseralarini ishqalab, g‘ichirlashga o‘xshash ovoz ham chiqaradi. 
Ko‘ pchilik solpugalar- tungi yirtqich hayvonlar, kunduzi ular toshlar orasiga, kemi-
ruvchilar yoki o‘zlari kovlagan inlarga yashirinib oladi. Kechasi ov qilishga chiqqan 
solpugalarni sun‘iy yorug‘lik, ayniqsa ultrabinafsha nurlar jalb qiladi. Faqat ayrim turlari, 
jumladan O‘rta Osiyo hududida tarqalgan uncha katta bo‘lmagan oqish tillarang 
kunsevar 
solpuga
kunduzi faol hayot kechiradi. 
Solpugalar juda ochko‘z bo‘lib, hasharotlar, ko‘poyoqlar, o‘rgimchaklar, zahkashlar va 
boshqa hayvonlar bilan oziqdanadi. Yirik turlari hatto qushlar jo‘asi, mayda kaltakesaklar yoki 
kemiruvchilar bolasiga ham hujum qilishi mumkin. Ular o‘ljasini terisini xelitseralari 


yordamida yirtib, jarohatlangan joyga so‘lagini tomizadi. So‘lak ta‘sirida suyulgan oziqni 
so‘rib oladi. Solpugalar- yeb toymaydigan hayvonlar. Qo‘lda boqilayotgan solpuga qorni to‘lib 
yorilib ketgandan so‘ng ham uning xelitseralari harakatdan to‘xtaguncha ovqat yeyavergan. 
Solpugalar so‘ lagi zaharli emas. Yirik solpugalar xelitserasi odam terisini qonatishi mumkin. 
Ba‘zan xelitseralardagi oziq qoldig‘i jarohatlangan joyga tushib, terini yallig‘lantiradi. 
Solpugalar pedipalpalari yordamida hid biladi. Erkagi hidi orqali urg‘ochisini tunda 
topib oladi. Erkagi urug‘ bilan to‘lgan spermatoforini urg‘ochisi jinsiy teshigiga joylaydi. 
Urug‘langan urg‘ochi in qazib, 20 dan 200 gacha tuxum qoyadi va tuxumdan chiqqan yosh 
naslini qo‘riqlaydi. 
Ko‘pchilik solpugalar tropik, subtropik va mo‘tadil mintaqalar, asosan quruq dasht va 
cho‘llarda hayot kechiradi. Bu turkumga 60 dan ortiqroq tur kiradi. Ular ayniqsa Afrika va 
Janubi-G‘arbiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. O‘rta Osiyo, Kavkaz, Qrimda va 
Rossiyaning janubiy hududlarida 
Galeodes 
urug‘i va-killari ko‘p uchraydi. Ular orasida 5 sm 
keladigan oddiy solpuga 
Galeodes araneoides 
keng tarqalgan. Markaziy Osiyo cho‘ llarida 
tarqalgan qo‘ ng‘ir-sarg‘ish qora tukli 
kaspiy solpugasi - Galeodes caspius
uzunligi 6,5 sm ga 
yetadi. Qoraqumda uchraydigan 
tutunrang solpuga (Galeodes fumigatus
) yanada yirikroq 
bo‘lib, uzunligi 7 sm ga yetadi. 
Karshia
urug‘iga mansub uncha yirik bo‘lmagan sarg‘ish 
solpugalar O‘rta Osiyo va Kavkazorti tog‘li va tog‘oldi hududlarida tarqalgan. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish