Telegram.me/tarixmasters
vujudga keldi; G„arbiy Yevropa madaniyati yuksala
boshladi va hk.). Darslikni o„qish jarayonida har bir
shu asrlar bilan bog„liq yangi ma‟lumotlarni
o„zlashtirish jarayonida avvalgilarini yodga olish
lozim bo„ladi.
3) Hukmdorlarni solishtirish. Tarix fanida faoliyati
o„xshash bo„lgan, bir xil siyosat yuritgan, bir-biriga
qarama-qarshi faoliyat yuritgan, qaysidir sohada bir
xil islohot o„tkazgan hukmdorlar mavjud.
Jumladan,
AQSHda Prezident L.Jonson davrida arzon turar
joylar qurilgan bo„lsa, Buyuk Britaniyada bosh vazir
K.Ettli davrida xuddi shunday ish amalga oshirilgan.
Yoki 8-sinf Jahon tarixida Angliyada Yakov I va Karl
I davrida narx-navo oshib ketishining sababini
solishtirish mumkin. Yakov I davrida qirol ba‟zi
tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish uchun
ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan
narxda sotishi natijasida tadbirkorlar narx-navoni
oshirishga majbur bo„lgan bo„lsa, Karl I o„z
tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta huquqlar
berishi narx-navoning oshib ketishiga sabab bo„lgan.
4) Atamalarni solishtirishda ma‟nosi o„xshashligi,
vazifasi o„xshashligi, bir xil tildan olinganligi kabi
jihatlarga e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Masalan, 9-
sinf Jahon tarixi darsligida lotincha “birlashgan”
hamda lotincha “birlashma” ma‟nosini beruvchi
atamalar mavjud. Xo„sh, bular qaysi atamalar ekanini
o„ylab ko„ring-chi?! Lotincha “birlashgan” ma‟nosini
beruvchi atama “koalitsiya” bo„lsa, “birlashma”
ma‟nosini beruvchi atama “korporatsiya” hisoblanadi.
Yana bir misol: ruslarda shahar dumasi “shaharni o„z-
o„zini boshqarish organi” hisoblansa, fransuzcha
“kommuna” atamasi unga sinonim bo„ladi.
5) Tarix fanini o„qish jarayonida bir-biriga o„xshash
yoki zid bo„lgan bir necha voqea va jarayonlarni
topish mumkin. Masalan, 7-sinf Jahon tarixida
“Yevropada II asrdan
iqlimning soviy boshlashi
keyingi asrlarda ekinzorlarni qo„riqqa, suv havzalari
va
ularga
yaqin
yerlarni
esa
botqoqliklarga
aylantirdi”, deb qayd etilgan ma‟lumotni ko„rishimiz
mumkin. Xuddi shunga o„xshash 8-sinf O„zbekiston
tarixida Subhonqulixon Xivada fitnachi guruhni
shakllantirgan davrda qishloqlar va ekin yerlari
o„rmon va chakalakzorlarga, ko„llar qamishzor,
botqoqlarga aylangani haqida ma‟lumot beriladi.
Hech shunga o„xshash voqea va jarayonlarni
solishtirishga e‟tibor qaratganmisiz? Shunga o„xshash
yana bir necha misollarni topishingiz mumkin. Eng
muhimi, qaysidir voqea haqida ma‟lumotlarni
o„qiyotganda shunga o„xshashini yodga olishingiz
lozim bo„ladi. Masalan, 9-sinf Jahon tarixida 1868-yil
Ispaniyada inqilob yuz berib, ispan taxtiga nomzod
ko„rsatish uchun Fransiya va Prussiya o„rtasida kelib
chiqqan mojaroni o„qish jarayonida, bundan avval
1701-1714-yillarda
ispan
taxti
tufayli
Buyuk
Britaniya va Fransiya o„rtasida urush bo„lib o„tganini
eslash lozim bo„ladi.
6)
Ma‟lumotlar
taqqoslanayotganda
voqea-
hodisalarning sabablar,
oqibatlari, natijalar, biror-bir
islohot o„tkazishdan ko„zda tutilgan maqsad kabilarga
e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Masalan, Vilgelm I
istilo qilingan mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini
bilish maqsadida yer-mulk va aholi ro„yxatini amalga
oshirgan bo„lsa,
mo„g„ullar
Oltin
O„rdada
aholini o„nlik tizimiga bo„lish maqsadida aholi
ro„yxatini o„tkazgan, Xiva xoni Asfandiyorxon esa
yangi soliqlar joriy etish maqsadida yerlarni yangidan
o„lchashni buyuradi.
Taqqoslash
metodi
haqida
fikrlarimizni
umumlashtiradigan bo„lsak, bu metod tarix fanini
o„rganish jarayonida asosiy qismlardan bo„lib, uni
to„g„ri tashkil eta olish muvaffaqiyat sari yetaklaydi.
Shuni unutmangki, o„qituvchingiz yoki boshqalar
topgan o„xshash ma‟lumotlarni o„rganishdan tashqari
siz o„zingiz o„xshash ma‟lumotlarni topishingiz esda
saqlab
qolishingizni
osonlashtiradi,
fikrlash
qobiliyatingizni o„stiradi va bu test ishlash jarayonida
ham sizga yordam beradi.
8. Mantiqiy fikrlash. Tarix fanida ma‟lumotlarni esda
saqlab qolish uchun fikrlash ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki, yuqorida aytib o„tqan taqqoslash
jarayoni uchun ham,
yoki quyida keltiriladigan
boshqa usullarni qo„llash uchun ham mantiqiy fikrlash
jarayoni katta ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir
o„rganayotgan ma‟lumotimizni eslab qolish qandaydir
asosga ega bo„lishi lozim. Masalan, 9-sinf
O„zbekiston tarixida Buxoro amiri Stoddart va
Konollini qatl etishiga javoban Angliya Afg„oniston
bilan shartnoma tuzib, uni qurollantirgani hamda
Afg„oniston Buxoro amirligining o„zbek va tojiklar
yashaydigan bir qismini 1855-yilda o„z viloyatlaridan
biriga aylantirgani haqida ma‟lumotga ega bo„lasiz.
Shu o„rinda ushbu voqea 8-sinf Jahon tarixida
berilgan 1855-yil Buyuk Britaniya va Afg„oniston
o„rtasida tuzilgan do„stlik shartnomasi bilan bog„liq
ekanligi haqida o„ylashingiz bu fikrlayotganingizdan,
tarixni “shunchaki” o„qimayotganingizdan dalolat
beradi. Shunga o„xshash har bir ma‟lumotni o„rganish
jarayonida uni qaysidir voqea bilan bog„lash uchun,
yoki eslab qolish osonroq bo„lishi uchun ko„proq
mantiqiy fikrlashingiz lozim bo„ladi.
9. Bosh harflar metodi. Tarix darsliklarini o„qish
jarayonida ko„pincha vergul asosida ajratiladigan va
sanaladigan ma‟lumotlar keladi. Ushbu jarayonda
Telegram.me/tarixmasters
bosh harflar metodini qo„llash foyda shunday
ma;lumotlarni yodlashni osonlashtiradi. Bu metodda
ketma-ketlik asosida kelgan so„zlarni bosh harflari
asosida so„z tuzish yoki
qaysidir bosh harfga nechta
so„z borligini eslab qolish lozim bo„ladi. Bunda bosh
harflardan hosil bo„lgan qisqartma muomaladagi
boshqa qisqartmalarga o„xshash bo„lishi eslab
qolishni osonlashtiradi. Masalan, Aleksandr tuzgan
davlat uning vafotidan so„ng Makedoniya, Misr,
Suriyaga bo„linib ketgan. Ushbu joy nomlarini bosh
harflarini olsak MMS qisqartmasi hosil bo„ladi. Buni
telefon aloqasidagi xizmat turlaridan biri ekanligi
kundalik hayotda hammaga ma‟lum. Yana bir misolni
ko„radigan
bo„lsak,
Naqshbandiya
tariqati
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga tarqalgan.
Bundan MXX qisqartmasi, ya‟ni Milliy Xavfsizlik
Xizmati kelib chiqadi. Boshqa bir misol: Xiva
xonligida XX asr boshlarida Bog„ot, Mo„ynoq va
Taxta singari shaharlar vujudga keldi. Bular BMT
tarzida qisqartirilsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti
yodimizga tushadi. Testda savolga tushganda yoki
savol-javob jarayonida siz qisqartmalarni eslash orqali
ma‟lumotlarni yodga olasiz.
Bosh harflar metodi nisbatan murakkab
ma‟lumotlarni yodlashda ham katta foyda beradi. Siz
8-sinf O„zbekiston tarixi
darsligida keltirilgan Xiva
xonligining 15 ta viloyat nomini kitobdagi ketma-
ketlik asosida yodlashingiz mumkin. Lekin bu ko„p
vaqtingizni oladi va vaqti kelib sedan chiqadi. Xuddi
shu viloyat nomlarini bosh harflar asosida HXX –
Hazorasp, Xonqa, Xo„jayli; QQQ – Qiyot, Qo„ng„irot,
Qo„shko„pir; U KU - Urganch, Ko„hna Urganch;
G„G – G„azovot, Gurlan; ShCh – Shohabbos,
Chumanoy; PAT – Pitnak, Ambar-Manoq, Toshhovuz
tarzida eslab qolsangiz, yoddan chiqish ehtimoli
kamayadi. Demak, murakkab ma‟lumotlarni ham
osonlashtirish yo„li bilan eslab qolish mumkin ekan.
10. Kalit so„zlar. Tarix fanida mavzularni yoritish
jarayonida qo„llaniladigan shunday kalit so„zlar borki,
ularga e‟tibor berib borish va shu kalit so„zlar asosida
savol tushishi ehtimoli borligini hisobga olish lozim
bo„ladi. Biz tarix fani darsliklarini o„qish jarayonida
quyidagi so„zlarga e‟tibor qaratib borishni tavsiya
etamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: