2. Qulay sharoit yoki qulay vaqtni tanlang.
Har bir
inson o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, ularning
miyasi faoliyati, shuningdek, ruhiy holatida kelib
chiqqan holatda fanlarni o„zlashtirishi yoki dars
tayyorlashi turli xil sharoit va vaqtni talab qiladi.
Kimdir tinchlikni ma‟qul ko„radi, kimdir shovqinga
ahamiyat bermasdan ham dars tayyorlay olishi
mumkin, yana kimdir ertalab kitobni o„qishni ma‟qul
ko„rsa, boshqa bir kishi kechki payt kitob o„qishni
afzal ko„radi. Shundan kelib chiqqan holatda siz tarix
fanini o„qish uchun o„zingizga qulay vaqtni toping va
kerakli sharoitni yarating. Buning uchun turli vaqtda
(ertalab, kunduzi, kechqurun) kitob o„qib, uning
natijasini test yoki savol-javob orqali sinab ko„rib,
natijalarni taqqoslash orqali miyangiz faol rejim
davrini aniqlang. Shundan keyin darsxonangizda
kerakli sharoit yaratib, dars tayyorlashni boshlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |