Ayniqsa, shu tariqa, shu tarzda, bu hol, bu omil,
tufayli, sababli, natijada, oqibatda, maqsadda,
chunki, xususan, uchun, orqali
va boshqa shu kabi
so„zlar. Bu so„zlar yordamchi so„z turkumlari
hisoblanib, testlarni tuzuvchilar ko„pincha shu
so„zlarga ham asoslanadi. Ushbu so„zlar qatnashgan
ko„plab misollarni ko„rish mumkin. Masalan, 7-sinf
O„zbekiston tarixi darsligida so„g„dliklar dehqonchilik
va bog„dorchilik, ayniqsa, uzumchilikda katta
yutuqlarga erishgani haqida ma‟lumot keltirilgan.
Shu sababli,
shu tariqa
kabi
so„zlar bilan
boshlanuvchi gaplarda undan avval kelgan gapga
e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Masalan. 7-sinf Jahon
tarixida “…Xlodvigning xristianlikka o„tishi unga
aholi
orasida
ta‟siri
kuchli
bo„lgan
gall
yepiskopligining qo„llashini ta‟minlaydi. Shu tariqa
xristianlikning qabul qilinishi qirolni kuchaytirib, uni
o„z qabiladoshlari orasida yangi cho„qqilarga
ko„taradi.” tarzida berilgan jumla orqali biz qirol gall
yepiskopligini qo„llash orqali hokimiyati kuchayib
qabiladoshlari
orasida
yuksak
cho„qqilarga
erishganini bilib olishimiz mumkin bo„ladi.
11. Xronologiya. Yillar, sanalar, asrlarni yodda
saqlash har qanday abituriyent uchun ham murakkab
vazifa hisoblanadi. Ko„pchilik abituriyentlar aynan
shu masalada o„zlaridan e‟tiroz bildirishadi, yillarni
eslab qola olmayotganini ta‟kidlaydi. Bu borada sizga
100 foiz barcha yillarni esda saqlab qola oladigan
usulni tavsiya qila olmaymiz, lekin iloji boricha eslab
qolishingizga yordam beradigan quyidagi usullarni
tavsiya qilamiz:
1) yillar, asrlar va tarixiy sanalarni yozib borish
uchun daftar tutish;
2) xronologiya bo„yicha chiqqan qo„llanmalar yoki
bir xil sanadagi voqealar bo„yicha ustozlaringiz
bergan qo„llanmalardan unumli foydalanish;
3) bir xil yil, asr va sanalarni solishtirib borish;
4) “Chiroyli” raqamlar yoki o„xshash raqamlarga
e‟tibor qaratish; (masalan, 1212, 1414, 1515, 1616,
1717, 1818, 1919)
5) Siz uchun muhim bo„lgan sanalar, kundalik
hayotdagi bayramlar va boshqa muhim esdan
chiqmaydigan
sanalarni
tarixiy
sanalar
bilan
bog„lash;
6) Kitobda keltirilgan mavzularda yillarning ketma-
ketligi haqida mantiqiy fikrlash;
7) Avtomobillarning davlat raqamlari yoki kundalik
hayotda ko„zga tashlangan raqamlarni tarixiy sanalar
bilan bog„lash;
8) Tarixiy shaxslarning yashagan yoki hukmronlik
yillarini eslab qolishda berilgan ikki yil (boshlanish
va tugashi) orasidagi vaqtni ham hisobga olish;
9) yillar va sanalar bilan bog„liq testlarni ko„proq
ishlash.
12. Xarita bilan ishlash. Oldin ham ta‟kidlab
o„tganimizdek, tarix fanida yodlanayotgan har bir
ma‟lumot qandaydir asosga ega bo„lishi kerak.
Shunda ma‟lumotlarning yoddan chiqish ehtimoli
kamayadi. Darsliklarni o„qish jarayonida matnda
Telegram.me/tarixmasters
keltirilayotgan voqealarni xaritadan tasavvur qilib
keta olish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xaritadan
tasavvur qila olish mavzuni tushunishingiz va uni
osonroq eslab qolishingizga yordam beradi. Buning
uchun geografiya fanidan olgan bilimlaringiz chuqur
bo„lishi lozim. Eng avvalo, qita‟lar va materiklar
(Osiyo, Yevropa, Afrika kabi), dunyo tomonlari
(sharq, g„arb, shimol, janub), tabiiy xaritalardan tog„
tizmalari, cho„llar va pasttekisliklar, daryolarning
quyi, yuqori va o„rta oqimlari kabi tushunchalarga ega
bo„lishingiz lozim. Ushbu birlamchi tushunchalar
deyarli har bir darslikda uchraydi va bularni bilmay
turib, ushbu tushunchalar ishtirok etgan ma‟lumotlarni
eslab qolishingiz qiyin kechadi. Shuning uchun tarix
fanini o„rganishga kirishayotgan va o„rganayotgan
abituriyentlarga geografiya bo„yicha bilimlarni
mustahkamlab olishni tavsiya qilamiz.
Agar siz xarita bilan yaxshi ishlay olsangiz
ayrim ma‟lumotlar xotirangizga toshga o„yilgandek
muhrlanadi. Masalan:
6-sinf Tarix darsligida Kaspiy dengizining janubi-
g„arbida joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqi
vujudga kelgai haqida ma‟lumot bor. Agar siz Kaspiy
dengizi qayerda joylashgani va janubi-g„arb qaysi
tomonga to„g„ri kelishini bilsangiz, siz Midiya
qayerda joylashganini tasavvur eta olasiz va bu
ma‟lumot xotirangizda xaritadagi tasvir ko„rinishida
qoladi.
9-sinf
O„zbekiston tarixi darsligidagi Rossiya
imperiyasining
O„rta
Osiyodagi
bosqinchilik
yurishining to„rtinchi bosqichi Amudaryo va
Kapettog„ oralig„idagi Qoraqum sarhadlaridagi
turkmanlarga qarshi qaratilgani haqidagi ma‟lumotda
Qoraqum Amudaryo va Kapettog„ oralig„ida
joylashganini bilib olamiz. Buni eslab qolish uchun
esa biz xaritadan Amudaryo (Turkmaniston va
O„zbekiston chegarasi bo„ylab o„tgan) va Kapettog„
(Turkmaniston va Eron o„rtasidagi yosh tog„ tizmasi)
qayerda joylashganini bilishimiz lozim. Shunda
Qoraqum sahrosi deganda har doim uni chegaralari
yodga tushadi.
Xarita
bilan
ishlash
qanchalik
muhim
ahamiyat kasb etishini tushungan bo„lsangiz kerak.
Chunki, o„qiyotgan ma‟lumotingiz joy nomlari bilan
bog„liq bo„lsa-yu, siz uni xaritadagi o„rnini
bilmasangiz, u ma‟lumot tezda esan chiqadi. Masalan,
Sirdaryoning quyi oqimi deganda qaysi hududni
tasavvur etishni bilmasangiz u bilan bog„liq
ma‟lumotni yoddan chiqarishingiz ehtimoli ortadi.
To„gri, ba‟zi tarixiy joy nomlarini xaritadan topa
olmasligingiz mumkin, bunday holatlarda albatta
o„qituvchingiz sizga yordam beradi. Faqat so„rash
kerakligini unutmang. Tarix fani uchun xarita
mavzularni tushunish va bilimlarni mustahkamlash
omillaridan biri hisoblanadi.
13.
Ma‟lumotlar
hajmini
qisqartirish.
Tarix
darsliklarini o„qish jarayonida ba‟zida shunday
ma‟lumotlarga duch kelasizki, ma‟lumotlar hajmi
katta ekanligidan yodlashda ko„p vaqtingiz ketadi
yoki yodlamay chetlab o„tishingiz mumkin (“ehtimol
testda tushmas” degan fikrda). Ushbu holatda
ma‟lumotlar hajmini bir so„zga qisqartirish orqali
yodlash yordam beradi. Agar kompyuterni yaxshi
tushunsangiz, ba‟zida kompyuter xotirasidagi joyni
tejash
uchun
fayllarni
hajmini
qisqartiradigan
arxivlash dasturlaridan foydalaniladi va fayllarni
hajmi qisqartirilgan holatda kompyuter xotirasiga
joylanadi. Siz ham o„z miyangizga ma‟lumotlarni
hajmini qisqarturgan holatda joylashingiz va kerak
bo„lganda kengaytirilgan holda olishingiz mukin
bo„ladi. Fikrimizni isbotlash uchun 7-sinf O„zbekiston
tarixidan quyidagi misolni keltiramiz:
“Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning
ko„pgina tabaqalari noroziligi, qo„shin va saroyda
fitnalarning avj olishi davlatning beqarorlik holatini
yaqqol ko„rsatar edi”. Xorazmshohlar davlatiga xos
xususiyatlar sanalgan ushbu gap bo„yicha “Qanday
omillar Xoazmshohlar davlatining beqarorlik holatini
yaqqol ko„rsatar edi?” degan shaklda savol tushishi
mumkinligini his qilib turibsiz. Bu kabi ma‟lumotlarni
yodlash uchun, avvalo, vergul bilan ajratilgan
omillarni raqamlab chiqish lozim. So„ngra har bir
omilni bir so„zga qisqartiramiz, ya‟ni har bir omilni
yodga tushira oladigan bir so„z tanlaymiz. Masalan, 1)
“viloyat hukmdorlarining isyonlari” – “isyon”; 2)
“xalqning
ko„pgina
tabaqalari
noroziligi”
–
“norozilik”; 3)“qo„shin va saroyda fitnalarning avj
olishi” – “fitna” shaklida bittadan butun bir jumlani
eslata oluvchi so„z tanlab chiqamiz. Shu tariqa
“isyon”, “norozilik”, “fitna” kabi so„zlarni eslab
qolasiz, javob topayotganda shu so„zlar orqali qolgan
jumlani yodga olasiz. Natijada shu kabi murakkab
ma‟lumotlarni ham yodlab qolish mumkinligiga
ishonch hosil qilasiz. Siz ham ushbu uslubni boshqa
holatlarda qo„llab ko„ring.
14. Antiqa hikoya metodi. Bu metodda siz
darsliklarda kelayotgan ayrim ma‟lumotlar, asarlar
nomlari yoki ketma-ketlik asosida sanaladigan
ma‟lumotlarni “antiqa hikoya” tuzish orqali bir-biriga
bog„lab eslab qolasiz. Fikrimizni isbotlash uchun
quyidagi misollarni keltiramiz:
8-sinf O„zbekiston tarixi darsligida qoraqalpoqlarning
birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G„oyib
sultonlar muhim rol o„ynagani keltirilgan. Keling,
Telegram.me/tarixmasters
ushbu hukmdorlar nomini eslab qolish uchun “antiqa
hikoya” tuzib olamiz: “Kuchukcha burchakda g„oyib
bo„ldi”. Endi shu qisqacha antiqa hikoya orqali siz
kerak bo„lgan paytda shu uch hukmdor ismini esga
olasiz. Tuzgan hikoyangiz qanchalik qiziqarli bo„lsa,
uning yodda qolish ehtimoli shuncha ortadi.
8-sinf O„zbekiston tarixi darsligida Muhammad
Rahimbiy bo„ysunishni istamagan burqut, qipchoq,
yetti urug„, bahrin, yuz, kenagas, saroy kabi
qabilalarni turgan joyidan ko„chirtirib yuborganligi
haqida ma‟lumot keltirilgan. Ushbu qabilalar nomini
siz “shunchaki” yodlasangiz, ko„p vaqtingiz ketadi
(qayta-qayta takrorlash uchun) hamda ma‟lum
vaqtdan so„ng yodingizdan ko„tariladi. Agar “antiqa
hikoya”
tuzib
olsangiz,
uni
eslab
qolish
imkoniyatingiz
ortadi.
Ushbu
qabilalar
nomi
qatnashgan quyidagicha “hikoyacha”ni tavsiya
etamiz: “Burgut qipchoqlarga yetti urug„ olib keldi,
bag„rin ochib yuz kenagas saroy qurdi”.
Demak, siz qiyin holatlarning oson yechimini topish
orqali vaqtdan yutasiz hamda fikrlash qobiliyatingiz
o„sib boradi. Agar siz yuqoridagi kabi antiqa
hikoyalar tuzib, murakkab ma‟lumotlarni oson usul
bilan yodlasangiz, oxir-oqibat u imtihonda ham sizga
yordam beradi. Agar bizni tushungan bo„lsangiz,
bugundan noan‟anaviy tarzda kitob o„qishga
kirishing.
15. Xato qilish. Ushbu kichik sarlavhani o„qish orqali
sizda “nega endi xato qilishimiz kerak? Axir natija
uchun xato qilmaslik muhim-ku?” qabilida savol
paydo bo„lishi mumkin. Sizningcha talabalik baxtiga
erishganlar, shu natijaga erishgunga qadar xato
qilmaganmi? Yoki sizni o„qitayotgan ustozlaringiz
umuman xato qilmaganmi? Yo„q hamma ham xato
qiladi, hamma ham mukammal emas. Faqat bu yerda
o„sha xatolardan qanday xulosa chiqarish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ba‟zilar xato qilgandan so„ng o„z
ustida ishlab o„sha xatolarni tuzatishga harakat qiladi.
Ayrimlar esa xato qilgandan so„ng, yo„l qo„ygan
xatolar ustida ishlamay uni qayta-qayta takrorlaydi.
Mashhur fizik olim Albert Eynshteyn aytgan ekan:
“Siz xato qilmagan bo„lsangiz, demak urinmagansiz”.
Ushbu fikrdan xulosa qiladigan bo„lsak, biz natijaga
erishish uchun, eng avvalo, mehnat qilishimiz hamda
tajriba to„plashimiz lozim. Abituriyent uchun tajriba
vazifasini testlar va savol-javoblar o„tab beradi. Siz
testlar ishlagandan so„ng, unda yo„l qo„ygan
xatolaringiz ustida ishlashga ham e‟tibor qaratishingiz
lozim. Agar, test ishlasangiz-u, lekin xatolar ustida
ishlamasangiz, qayta-qayta o„sha xatoni amalga
oshiraverasiz. Qani o„ylab ko„ring-chi, siz shu
vaqtgacha qatnashgan oylik sinov imtihonlari yoki
ustozingiz olgan test sinovlarida qaysi savollarda xato
qildingiz. Ha, siz ularni kamida 50 foizini eslay olasiz
va uni javobini bilib olgansiz. Bir marta qilingan
xatoni qayta amalga oshirish ehtimoli kamayadi,
ikkinchi marta o„sha xatoni qilsangiz o„z-o„zidan uni
yaxshilab yodlab olishga harakat qilasiz. Faqat bu
o„rinda xatolar ustida ishlashni unutmaslik lozim.
Xatolar bo„lishi uchun esa ko„proq sinovlarda ishtirok
etish yoki ko„proq test ishlash lozim bo„ladi. “Natijam
past bo„lsa-chi kayfiyatim tushib ketadi” degan fikrda
o„zingizni sinovlardan olib qochganingiz bilan siz
faqat zarar ko„rishingiz mumkin. Aksincha, o„sha
sinovlarda ishtirok etish va o„zingizni bilim
darajangizni bilib olishingiz muhim. Agar natija past
chiqsa, bundan tushkunlikka tushmasdan, “Qaysi
joyda xato qildim?” degan savolni qo„yish orqali o„z
ustingizda ishlashingiz hamda keyingi sinovlarda
natijani yaxshilab borishingiz lozim bo„ladi. Ba‟zi
abituriyentlar xato qilishdan qo„rqqani tufayli test
sinovlaridan o„zini olib qochadi va o„zining
kamchiliklarini bilmay qoladi. Shuni unutmangki,
sizda haqiqiy kirish imtihoniga qadar xato qilish
imkoniyati
bor,
siz
kirish
imtihoniga
qadar
xatolaringiz ustida ishlashingiz mumkin, lekin agar
xatolar ustida ishlamasangiz, kirish imtihonida ham
yana o„sha xatolarni takrorlaysiz.
Demak, abituriyent kirish imtihoniga qadar o„z
bilimini turli test sinovlari orqali sinab, tajriba to„plab
borishi hamda xatolar ustida ishlashi lozim. Bilimlarni
amalda qo„llab ko„rish lozim. Inglizlarda bir maqol
bor:
“Practice
makes
perfect”
(Amaliyot
mukammallikka boshlaydi).
16.
Test
ishlash.
Yuqorida
aytib
o„tgan
fikrlarimizning davomi sifatida test ishlash tajriba
to„plashda muhim ahamiyat kasb etishini aytib
o„tishimiz mumkin. Tarix fanini o„qiyotgan
abituriyentlar o„rganayotgan darsliklari qanchalik
esda qolayotganligini nazorat qilib borishlari lozim
hisoblanadi. Buning uchun muntazam ravishda har xil
turdagi testlarni: oson va qiyin, ochiq yoki yopiq test
shaklida ishlab borish lozim. Hozirgi kunda
abituriyentlar uchun har xil test va qo„llanmalarni
sotuvda ko„rishimiz mumkin. Siz albatta imkoni
boricha ko„proq test ishlab borishingiz lozim. Shunda
yuqorida ta‟kidlaganimizdek, tajriba va bilimingiz
oshib boradi, xato va kamchiliklaringizni bilib ular
ustida ishlay boshlaysiz. To„g„ri sizni ustozingiz har
bir darsda sizga test ishlatishi mumkin, lekin siz
qo„shimcha o„z ustingizda ishlasangiz nur ustiga a‟lo
nur bo„ladi. Bundan tashqari siz faqat bir o„qituvchi
tomonidan tuzilgan testlarni ishlasangiz, bir qolipga
tushib qolasiz, shuning uchun boshqa o„qituvchilar
Telegram.me/tarixmasters
tomonidan tuzilgan testlarni ham ishlab borish lozim
bo„ladi.
Testlarni ko„proq ishlash orqali sizda test
ishlash texnikasi ham shakllanadi. Siz murakkab
testlarni
ishlayotganingizda
berilgan
barcha
ma‟lumotlarni bilasligingiz mumkin, lekin noto„g„ri
javoblarni chiqarib tashlash orqali yoki bilgan
ma‟lumotlaringiz asosida test javobini topishni
o„rganasiz. Fikrimiz isboti sifatida quyidagi test
savolini ko„rib chiqsak:
Somoniylar davrida viloyatlar turli hunarmandchilik
sohalariga
ixtisoslashgan
edi.
Quyidagilardan
hududlarning ixtisosligi bilan muvofiq keluvchi
javobni aniqlang.
1) Eloq 2) Xorazm 3) Shosh 4) Samarqand
a) yuqori navli qog„oz ishlab chiqarilar edi;
b) ko„nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan
mashhur edi;
c) kumush va qo„rg„oshin konlari va kumush tanga
chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi;
d) qayiqsozlik taraqqiy topadi.
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
Bu testda siz barcha hududlarning qaysi sohaga
ixtisoslashganini bilmasligingiz mumkin, lekin aynan
bilganlaringiz orqali siz qolganlarini ham topasiz.
E‟tibor bering, yuqoridagi savolda agar siz
Samarqandda qog„oz ishlab chiqarilganini bilsangiz,
javobni oson topar ekansiz. Chunki, 4-a tarzida
faqatgina C javobda kelgan. Shu kabi testlarni
yechishda siz topgan bir yoki ikki ma‟lumotingiz
asosida fikr yuritib test javobini topishingiz mumkin
bo„ladi. Tarix fanini o„rganish jarayonida ko„proq test
ishlab, bilimni mustahkamlab borishni tavsiya
qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |