1. Fanga qiziqish.
Edvard Boles:
“Biz nimani
tushunsak, uni eslab qolamiz. Biz faqatgina nimaga
e‟tibor qaratsak, o„sha narsani tushunamiz va biz
nimaga qiziqsak, aynan o„shanga e‟tibor qaratamiz”,
-
deb aytgan ekan. Bundan xulosa qiladigan bo„lsak,
nimani o„rganishimizdan qat‟iy nazar o„sha narsaga
qiziqish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ya‟ni,
biz qiziqib o„qisak e‟tibor bilan o„qiymiz, e‟tibor
bilan o„qisak matn mazmunini tushunamiz hamda
tushungan ma‟lumotimizni osonroq eslab qolamiz.
Agar, tarix fanini qiziqib o„qisangiz mavzularni
yaxshiroq tushuna boshlaysiz, yangi ma‟lumotlarni
o„rganishga va yuqori sinf darsliklarini o„rganishga
qiziqishingiz ortib boradi. Bu siz o„zingizni majburlab
o„qigan paytga nisbatan ancha maroqli va samarali
bo„ladi. Demak, siz birinchi navbatda yelkangizdagi
fanni o„rganish murakkabligi, imtihonlar va boshqa
shunga o„xshash muammolarni unutgan holda fanni
qiziqish bilan o„qishingiz muvaffaqiyatga dastlabki
qadam bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |