shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi
(shakllanadi).
XYUSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash
kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli
va banklarning boshqa jamg‘arma
operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga
uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish
shakllarida sodir bo‘ladi.
Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash
jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish
va davlat moliyaviy
resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan:
byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini
oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan
bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi
va XYUSlarning
investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda
tutmog‘i kerak;
bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish.
Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin:
kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning
hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda
bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga
yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari
chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi;
yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda
rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning
ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat
va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan
yangi tarmoqlar tashkil
yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik
qilishi,
yoqilg‘i-yenergetika
kompleksi-ning
sanoat
ishlab
chiqarishida,
konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-
larida
nisbatan
katta
salmoqning
yegallashi
iqtisodiyotning
shu
tomonga
deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi
iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi.
Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga
kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-
zarblik
kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga
ko‘taradi.
XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-
tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy
kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar
asosida ishlab chiqarishni
doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va
raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik
tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-
lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va
ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida
ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy
tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik
samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy
vazifalarni yechishga imkon
bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: