(1933 yil) va “SSSR Moliyasi va krediti” (1940 yil) darsliklari uchun asos bо‘lib xizmat qildi.
V.D’yachyenkoning Moliya nazariyasiga oid konsyentrasiyalashtirilgan qarashlari uning
“Sovyetlar Moliyasining mohiyati va funksiyalari tо‘g’risidagi masalalarga doir”
asarida aks
ettirilgan.
Bu davrda Moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, asosan, ikki yо‘nalishda
amalga oshirildi: 1) Moliya kategoriyalarining taraqqiyot tarixini о‘rganish. Bunga
K.Plotnikovning byudjet tarixiga bag’ishlangan, A.Zvyeryev va N.Voznyesyenskiylarning Ulug’
Vatan urushi davrida Moliyaning rivojlanishini yoritgan kitoblarini kо‘rsatish mumkin; 2)
Moliyaviy amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish xarakteriga ega
bо‘lib, Moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan.
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqyeliklarga barham berilishi sovyet Moliya fanida
ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarini
о‘z ichiga olgan davrda Moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi-olimlarning kо‘psonli
ishlari paydo bо‘ldi. Ularning orasida A.Alyeksandrovning “Sosializm Moliyasi” (1965 yil),
A.Birmanning “Sovyet Moliya nazariyasining ochyerklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch
nashri), E.Voznyesyenskiyning “Sosialistik Moliya nazariyasining munozarali masalalari” (1969
yil), G.Tochilnikovning “Sosialistik Moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida о‘ringa ega. Shu
davrning о‘zida “SSSR Moliyasi” va “SSSR Moliya va krediti” о‘quv fanlari bо‘yicha bir
nyecha darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari nashrdan chiqadiki, ularning orasidan
M.SHyermyenyov tahriri ostida 1977 yilda e’lon qilingan “SSSR Moliyasi”
darsligini alohida
qayd etish lozim.
Moliya nazariyasi masalalari bо‘yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish tizimida Moliyaning о‘rnini aniqlashga borib taqaladi. K.Marksning siyosiy
iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli konsepsiyalarning mualliflari ikki guruhga
bо‘linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, Moliyaning о‘rni - bu faqat noekvivalyent
xarakterga ega bо‘lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana Shundan kelib chiqqan holda,
Moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almaShuv va
istye’mol munosabatlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Bu guruhga kiruvchi
iqtisodchi-olimlarning
yorqin namoyondalari V.D’yachyenko, G.Tochilnikov va M.SHyermyenyov edilar.
E.Voznyesyenskiy, A.Alyeksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bо‘lgan
iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bо‘lgan.
Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, Moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab
chiqarishning barcha tо‘rt bosqichi yoki uning bir nyecha bosqichi belgilab beradi. Bunday
yondoShuv Moliyaning kengaytirilgan konsepsiyasidan darak beradi.
Moliya nazariy konsepsiyasi asosidagi ana Shunday farqlardan kelib chiqqan holda
iqtisodchi-olimlarning Moliyaviy munosabatlarning о‘ziga xos xususiyatlari, Moliyaning
funksiyalari, Moliyaning chyegaralari, Moliya tizimining tarkibi va boshqa Shunga о‘xshash bir
nyecha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bо‘lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning о‘zida 1950-yillarning oxiri va
1960-yillarning boshlarida prinsipial jihatdan yangi kо‘rinishga ega bо‘lgan amaliy Moliyaviy
tadqiqotlar ham paydo bо‘ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda
Moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni
yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bо‘lsa, 1960-yillarda boshlangan xо‘jalik
islohotidan kyeyin tanqidiy xarakterga ega bо‘lgan va alohida
Moliyaviy instrumyentlarni
takomillashtirish bо‘yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol
qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini kо‘rsatish mumkin. Uning kitoblarida ilk
marta korxonalar Moliyasining masalalari yetarli darajada Yuqori bо‘lgan tartibda qо‘yilgan
edi. Shuningdyek, uning asarlarida birinchi marta xо‘jalik hisobi sharoitida Moliyaviy
kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sosializm
sharoitida bozor xо‘jaligining elementlariga ega edi.
Shu davrda Moliyaviy resurslar va korxonalar Moliyasini
boshqarishning mazmuni
birinchi marta о‘rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi iqtisodchi-
olimlarning
(P.Bunich,
G.Bazarova,
V.Syenchagov,
S.Sitaryan,
M.Romanovskiy,
V.Kolyesnikov, P.Jyevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar Moliyasini tadqiq
etishda, о‘ziga xos, turtki bо‘ldi.
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yо‘nalish asosida amalga
oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil
etish. Biroq, Shu davrlarda byudjet masalalarini komplyeks tadqiq etishni Moliya fanida
hukmronlik qilgan ma’lumotlarning yetarli emasligi va g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi
ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar
qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, YA.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini
kо‘rsatish mumkin.
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta
masalalarini
о‘rganishga о‘zining keskin salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning
sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli tо‘g’risidagi tasavvurlarini intyerpryetasiya
qilishga bag’ishlangan bо‘lib, yetarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr
sug’urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilyev, L.Ryeytman va
YE.Kolomin, X.SHyennayevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir.
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning Moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish
masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir
tomondan, kapitalizm
Moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldiryev, L.Drobozina, L.Pavlova,
L.Okunyeva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib kо‘rsatish maqsadga muvofiq bо‘lsa,
ikkinchi tomondan, sosialistik mamlakatlarda Moliyaviy instrumyentlarning rivojlanish
tyendyensiyalari va о‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov,
YU.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bо‘lganligini e’tirof etish zarur.
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, bu
sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda mavjud emas. Ayrim
mualliflarning ishlari myetodologik va myetodik xarakterga emas, balki mavjud narsani oddiy
tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir mualliflar mavjud bо‘lgan qarashlar va
instrumyentlarni hozir sharoitga moslashtirish bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar
esa xorijlik mualliflar ishlarini kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning
barchasi
quyidagi bir nyecha holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi:
marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib bо‘ldi. Eski
yо‘nalishlar bо‘yicha munozaralarni о‘tkazish о‘z dolzarbligini yо‘qotdi;
bozor iqtisodiyoti voqyeliklarini о‘rganishning zamonaviy myetodologiyasini qо‘llashda
kо‘plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror Moliyaviy ma’lumotlarning
yо‘qligi natijasida Moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish murakkablashgan;
Moliya sohasida fundamyental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun barqaror
qonunchilik asos mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: