Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
2. Byudjet tuzilmasi va klassifikasiyasi
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bо‘lgan munosabatlar majmuiga (uning ichki 
bо‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi,
о‘zaro bо‘ysunuvchanligi, о‘zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini 
inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning byudjet tuzilmasi uning
milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi. 
О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti: 

Respublika byudjetini; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni о‘z ichiga 
oladi. 
Shuningdyek, О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli 
jamg’armalari jamlanadi. 
О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjeti 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika byudjetini hamda Shu respublikaga bо‘ysunuvchi tumanlar va 
shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga 
bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdyek, tumanlarga 
bо‘linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar 
byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning 
byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. 
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari о‘zlarining manbalari, ma’lum 
maqsadlarga mо‘ljallanganligi va boshqa belgilariga kо‘ra xilma-xil hisoblanadi. Bir vaqtning 
о‘zida ular umumiy belgilarga ham egadir. Butun mamlakat masshtabida byudjet daromadlari va 
xarajatlarining tо‘g’ri Rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular klassifikasiya 
qilinadi. 
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, Shuningdyek 
uning taqchilligi Moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda byudjet
klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi. U Davlat byudjetini tuzish, kо‘rib chiqish, qabul qilish va 
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini yagona bir tizimga kyeltirish uchun foydalaniladi 
va byudjet klassifikasiyasi byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan Shunday 
ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga kyeltirilgan va 
о‘rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan byudjet daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari 
bо‘yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishiga byudjet klassifikasiyasi deyiladi. 
Odatda, byudjet klassifikasiyasining asosida daromadlar bо‘yicha ularning manbalari, 
xarajatlar bо‘yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yо‘nalishlari yotadi. 
Byudjet klassifikasiyasi о‘zining keng mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Uning 
bо‘linmalariga qat’iy rioya etgan holda byudjet Rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet 
tashkilotlarining individual va umumiy smetalari hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, 
mahalliy, respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi. 
Byudjetning mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish Rejalari, xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlar va ular Yuqori tashkilotlarining Moliyaviy Rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, 
bir tipdagi byudjet tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning 


byudjetlarini taqqoslashda, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish 
darajasini aniqlashda byudjet klassifikasiyasi muhim rol о‘ynaydi. 
Byudjet ijrosi jarayonida ham byudjet klassifikasiyasi alohida ahamiyatga ega. 
Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida kо‘zda tuzilgan 
tadbirlarning maqsadli Moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. Byudjet 
klassifikasiyasi Moliya organlarida, byudjet tashkilotlarida va boshqa muassasalarda byudjet 
daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U 
О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun 
zarurdir. 
Byudjet klassifikasiyasida belgilangan (о‘rnatilgan) daromadlar va xarajatlarning 
iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda byudjet resurslaridan foydalanishda 
Moliya-byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. 
Byudjet klassifikasiyasi tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu narsa uning 
bо‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning 
amalga oshirilishi orqali namoyon bо‘ladi. Bu yana Shu narsa orqali ifodalanadiki, byudjet 
tasdiqlanganidan sо‘ng barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va ularning Yuqori organlari 
byudjet daromadlari tuShumining tо‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi byudjet 
klassifikasiyasining bо‘linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga 
majburdirlar. Dyemak, byudjet klassifikasiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni Rejalashtirish 
va uning ijrosini ta’minlashga tyeng tyegishlidir. 
Tasdiqlangan Davlat byudjeti qonun kuchiga ega bо‘lganligi va uning kо‘rsatkichlarini 
barcha xо‘jlik Yurituvchi sub’yektlar aniq va tо‘liq bajarishga majbur bо‘lganligi uchun byudjet 
klassifikasiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. 
Byudjet klassifikasiyasi о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi; 

Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy 
klassifikasiyasi; 

Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalarining klassifikasiyasi. 
Davlat byudjeti daromadlarining klassifikasiyasi ularning turlari va manbalari bо‘yicha 
guruhlashdan iboratdir. Bunda tarmoq va vazirlik (rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi 
mumkin. Odatda, bu yerda daromadlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda bо‘linmalar, 
boblar, paragraflar va moddalarga bо‘linadi. Bо‘linmalar – daromadlarning alohida turlarini
boblar - daromadlarni tо‘lovchilarni, paragraflar – daromadlarni tо‘lovchilarning toifalarini, 
moddalar esa – jisoniy shaxslar tomonidan tо‘lanadigan soliqlarning alohida turlarini kо‘rsatishi 
mumkin. 
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan klassifikasiyasi davlat boshqaruv organlari, 
mahalliy davlat hokimiyat organlari, Shuningdyek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro 
etiladigan vazifalar bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi. Ularning tashkiliy 
klassifikasiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar о‘rtasida 
taqsimlanishini aks ettiruvchi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari bо‘yicha 
xarajatlarni guruhlashdan iborat bо‘ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy klassifikasiyasi 
esa tо‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bо‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iboratdir. 
Umumiy tarzda, bu yerda xarajatlar byudjet klassifikasiyasiga muvofiq ravishda guruhlarga, 
bо‘linmalarga, boblarga, paragraflarga va moddalarga bо‘linishi mumkin. Guruhlar – byudjet 
mablag’larining asosiy yо‘nalishlarini, bо‘linmalar – milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, boblar – 
vazirlik va idoralar bо‘yicha xarajatlarni, paragraflar – bir tipdagi korxonalar va tadbirlar 
bо‘yicha sarflarni, moddalar esa – xarajatlarning alohida turlarini kо‘rsatadi. 
Davlat byudjeti defisitini Moliyalashtirish manbalari klassifikasiyasi dyefisitni 
Moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bо‘yicha guruhlashdan iborat bо‘ladi. 
Byudjet klassifikasiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish