Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining tо‘liq 
aks etishi prinsipi
byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlarining barcha daromad va 
xarajatlari hamda soliq va byudjet qonunchiligi hamda davlat nobyudjet fondlari tо‘g’risida 
qonunlarga muvofiq belgilan barcha boshqa majburiy tuShumlar byudjetlarda, davlat nobyudjet 
fondlarining byudjetlarida majburiy tartibda va tо‘liq hajmda о‘z aksini topish kerakligini 
anglatadi. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat byudjet tizimida о‘z aksini 
topgan byudjetlarning mablag’lari va davlat nobyudjet fondlarining mablag’lari hisobidan 
Moliyalashtiriladi. 
Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar 
va muddatlarning о‘zgartirilishi byudjetlar va davlat nobyudjet fondlarining byudjetlari 
daromadlari va xarajatlari bо‘yicha tо‘liq ravishda alohida hisobga olinadi (joriy Moliyaviy yil 
doirasida beriladigan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar va 
tо‘lov muddatlarining о‘zgarilishidan tashqari). 
Byudjetlarning balansliligi prinsipi
byudjetda kо‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi 
byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tuShumlarning 
jami hajmiga tyeng bо‘lishi kerakligini bildiradi. 
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar byudjet defisiti 
miqdorini minimallashtirishning zarur ekanligidan kelib chiqishlari kerak. 
Byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi prinsipi
ning 
ma’no-mazmuni Shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va byudjet 
mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, kо‘zda 
tutilgan (Rejalashtirilgan) maqsadlarga erishishda mablag’larning eng kamroq hajmidan yoki
ma’lum bir hajmdagi byudjet mablag’laridan foydalangan holda eng Yuqori natijaga 
erishishning zarurligidan kelib chiqmoq kerak.
Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi) prinsipi
byudjet barcha 
xarajatlarining Shu byudjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defisitini 
Moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tuShumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi. 
Byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirishning manbalaridan tuShumlar 
byudjetning mahlum xarajatlari bilan bog’langan bо‘lishi mumkin emas (maqsadli byudjet 
fondlarining daromadlari, maqsadli xorijiy kredit mablag’lari, mamlakat byudjet tizimida 
boshqa darajadagi byudjetlar mablag’larining markazlashtirilish holatlari bundan mustasno).
Byudjet tizimidagi 
oshkoralik prinsipi
ochiq matbuotda tasdiqlangan byudjet va uning 
ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, byudjet ijrosi jarayonida 
ma’lumotlarning tо‘liq va tо‘g’ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy 
о‘z-о‘zini boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining 


yaratilganligini, byudjet loyihasi bо‘yicha qarorlarni kо‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining 
(jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik 
va ijroiya organlari о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovsi masalalar bо‘yicha ham) jamiyat 
va ommaviy axborot vositalari uchun albatta ochiq bо‘lishini kо‘zda tutadi. 
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga 
oshiriladi. 
Byudjetning haqqoniyligi prinsipi
tyegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat 
(prognoz) kо‘rsatkichlarining ishonchli hamda byudjet daromadlari va xarajatlari hisob-
kitoblarining haqqoniy bо‘lishi kerakligini taqoza etadi. 
Byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi
byudjet 
mablag’larini konkryet oluvchilar ixtiyoriga byudjet mablag’larining aniq maqsadlarni 
Moliyalashtirilishi yо‘nalishi oldindan belgilangan holda bо‘lib berilishini nazarda tutadi. 
Byudjetda kо‘zda tutilgan mablag’lar adryesliligini yoki byudjetda kо‘zda tutilmagan maqsadlar 
uchun uning yо‘nalishini о‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat byudjet 
qonunchiligini buzish hisoblanadi. 
Mamlakat byudjet tizimini boshqarish sohasida tyegishli hokimiyat organlari alohida 
vakolatlarga egadir. Masalan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet 
tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 

Davlat byudjeti loyihasining ishlab chiqilishini tashkil etish va uni О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish;

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish