www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
Tuman ming jinsi chiniyu xitoyi,
Basar torining o‘lmay rahnamoyi.
Bo‘lub yuz rang irak birla musavvar,
Biridek ko‘rmayin charxi mudavvar.
Bo‘lub tasvirida yuz chehra raydo
Ki, Aqli Kull bo‘lub husnig‘a shaydo.
Tikilgan to‘n hisobin kimsa bilmay,
Birisi ham kesilmay, ham tikilmay.
Hunarvardin bari omoda bo‘lg‘on,
Mukammal korgoh ichra to‘qulg‘on.
Harir onchaki yo‘q royoni oning,
Yuz oncha hullakim, yo‘q soni oning.
Aningdek hullalar kelturdi ganjur
Ki, andin kiysa gar o‘n hulla bir hur.
Hanuz o‘lg‘oy tanu andomi ma’lum,
Tanining rangi nasrinfomi ma’lum.
O‘kulgan nofadin xarvor-xarvor,
To‘kulgan mushk xud anbor-anbor.
Javohir onchakim fikrat dabiri
Hisob aylab torilmay mingda biri.
Oqizib ko‘z suyin har la’li serob,
Olib jon naqdini har bir duri nob.
Buluru yashm yuz ming bulajab zarf
Ki, har birga xiroji mulk o‘lub sarf.
Qilib ganjur yuz mundoqni hozir,
Bo‘lub ham shoh, ham shahzoda nozir.
Necha boqqon soyi hayrat bo‘lub fosh,
Kulumsub gohu, gohi irg‘otib bosh.
Tamoshodin to‘yar chog‘ chun yovushti,
Ko‘zi bir bulajab raykarg‘a tushti.
Buluri nobdin bir turfa sanduq,
Yasomaydur degaysen oni maxluq.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |