www.ziyouz.com
kutubxonasi
94
Ki, Tengri aylamish ko‘rmakni ro‘zi,
Qazo boshig‘a kelturmakni ro‘zi.
Bo‘lur bu ko‘zgu ichra jilvaoro,
Qilurg‘a g‘ayb sirrin oshkoro.
Vale ochmoqlig‘i mushkildur asru,
Gudozi jismu ranji dildur asru.
Angakim tushsa ochmoq iztirobi,
Bu bo‘ldi ul muammoning hisobi.
Ki, Yunon mulki ul farxunda kishvar
Ki, hikmat birla torti zebu zevar.
Hakimikim topib ashkoli aflok,
Bu kishvar tufrog‘idin bir ovuch xok.
Toshi hikmat elining durri toji,
Giyohi borcha illatlar iloji.
Shimoliy haddida tog‘e durur tund
Ki, tig‘i ko‘k misosidin erur kund.
Kishi Yunon sori bormoq keraktur,
Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.
Apoda qolsa uch manzil masofat,
Ul uch manzilda voqedur uch ofat.
Burung‘i manzil ichra ajdahoe,
Yaratqon Tengri qahridin baloe
5
.
Ikinchi manzil ichra Ahraman bil,
Anga bedodu ofat da’bu fan bil.
Uchunchida tilismi bulajab soz,
Bu ikidin dog‘i mushkilrak ul roz.
Bu uch manzildin o‘tkorganga mahmil.
Deyilgon tog‘ erur to‘rtinchi manzil.
Bu tog‘ ichra kishi qilsa guzore,
Ko‘rar hijron tunidek tiyra g‘ore.
Erur g‘or ichra Suqroti yagona,
Dema Suqrot, Buqroti
6
zamona.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |