Soʻz guhariga erur oncha sharaf



Download 10,83 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi10,83 Kb.
#494682
Bog'liq
Navoiy “Xamsa”s-WPS Office


Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni boʻlgan “Hayrat ul-abror”da soʻz taʼrif-tavsifiga bir bob bagʻishlangan. Ushbu oʻn toʻrtinchi bobning nasriy sarlavhasidayoq shoir soʻzning inson vujudini yorituvchi yorugʻ yulduz ekanini, inson tanasi bir maʼdan boʻlsa, soʻz oʻsha maʼdanning qimmatbaho javohiri ekanini taʼkidlaydi: “Soʻz taʼrifidakim, bashar vujudi sipehrining kavokibi jahontobi va inson zoti maʼdanining javohiri serobi durur…” [1]

Yaxshi insonlarning bir-biri bilan yaqinlashuviga ularning yaxshi soʻzlari sabab boʻlishini, fazilatli odamlarning oʻzaro ulfatliklariga ham soʻzlarining yoqimli ekani vosita boʻlishini tasvirlaydi: “… saʼd kavkablarning bir-biri birla qironi yaxshi asar koʻrguzuridin va samin javharlarning “bir-biriga iqtironi dilpazir koʻrinuridin…”

Shundan soʻng Alisher Navoiy insonga Yaratuvchi tomonidan berilgan soʻz neʼmatini taʼriflashga oʻtadi. Soʻzni gavharga qiyoslaydi, soʻng bu fikridan qaytib, gavhar hatto soʻz uchun sadaf – idish boʻlishga ham yaramaydi, deb soʻz sharafining naqadar yuksak va balandligini aytadi:

Soʻz guhariga erur oncha sharaf,

Kim boʻla olmas anga gavhar sadaf.

[2]


Chunki insonning qalbidan chiqadigan soʻz gavharining jonsiz, qonsiz, hissiz toshning ichida saqlanishi soʻzga nisbatan zulm boʻlar edi. Shuning uchun Latif Zot bu gavharning saqlanishi uchun insonning qalbini va oppoq qogʻozning yuzini makon qildi. Ulugʻ adiblarning, buyuk shoirlarning qalb qaʼridan chiqqan soʻz javohirlarini kitoblar, yaʼni qogʻoz oʻz bagʻrida yuz yillab, ming yillab saqlab avlodlardan avlodlarga yetkazmoqda. Alisher Navoiy Yaratuvchining insonga ato qilgan mana shu buyuk neʼmatini eʼtirof etib, shukrona keltiradi. Shukrona keltirish esa shukrona keltiruvchiga ayni neʼmatning ziyoda boʻlishini taʼminlaydi.

Navoiy soʻzning jonbaxshlik sifatini taʼriflar ekan, uning odamni halok qilish xususiyati ham borligini taʼkidlaydi:


Soʻzdin oʻlukning tanida ruhi pok,

Ruh dagʻi tan aro soʻzdin halok.

Ayni mazmunni adib “Mahbub ul-qulub”da shunday ifodalaydi: “Odame til bila soyir hayvondin mumtoz boʻlur va ham aning bila soyir insongʻa sarafroz boʻlur. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, agar nopisand zohir boʻlsa, tilning ofatidur.

Ayn ul-quzot til sharafidin Masih guftor boʻldi va Husayn Mansur til surʼatidin dorgʻa sazovor…” [3]

Zohiriy koʻrinishi goʻzal boʻlgan insonning qalb goʻzalligini bilish uchun uni soʻzlatish kerakligini, agar oʻsha odam har qancha chiroyli boʻlsa ham soʻz neʼmatidan, soʻz fasohatidan bebahra boʻlsa, jim oʻtiraversa, u bilan devorning farqi qolmasligini aytadi:


Tengriki, insonni qilib ganji roz,

Soʻz bila hayvondin anga imtiyoz.

Gʻuncha ogʻizlik sanami noʻsh lab,

Soʻzdin agar aylasa xomush lab…

Surat ila boʻlsa mahi osmon,

Surati devor hamon, ul hamon…

Husnu latofatda komil mahbubaning soʻzi ham goʻzal boʻlsa, har bir aytgan gapini fasohat va balogʻat bilan, aql mezonida oʻlchab tilga keltirsa, bunday soʻz insonning yurak-yuragiga yetib borishini shunday tasvirlaydi:


…Oytsa bu husnu malohat bila,

Nuktani oyini fasohat bila.

Solgʻusi jinsi bani Odamgʻa oʻt,

Ne bani Odam, bari Olamgʻa oʻt…

Shundan keyin Navoiy soʻz taʼrifida hozirgacha aytilganlar nasriy, oddiy soʻzlashuvdagi soʻz xususida edi, endi nazmdagi soʻz haqida soʻz yuritamiz, deydi. Nazmdagi, sheʼrga solingan soʻzning poyasi va martabasi butunlay oʻzgachaligini taʼkidlaydi:


…Munchaki sharh etdi qalam soʻzga hol,

Nasridadur, nazmda bor oʻzga hol…

Shoir soʻzida davom etib, nazmiy soʻz bilan nasriy soʻzni bir-biriga qiyoslashda turli tashbehlardan foydalanadi. Tishlar ogʻizda oʻz oʻrnida turganda qanchalar goʻzal boʻlsa, ogʻizdan sugʻurilib olinganda oʻsha goʻzallikdan asar ham qolmasligini aytadi. Ogʻizda tishlarning terilib turishini sheʼrdagi soʻzlarning tizilib turishiga oʻxshatadi. Atirgul va chiroyli daraxtlar bogʻda tartib bilan turganda xush koʻrinishini, togʻda betartib oʻsganda esa ular oʻtin qatorida hisoblanishini taʼkidlaydi:


Oʻrnida tishlar duri manzum erur,

Chun sochilur qiymati maʼlum erur.

Vardu shajar shohid erur bogʻ aro,

Lek oʻtun silkidadur togʻ aro…

Ammo nazmdagi soʻzning ham asli, mohiyati, darajasini belgilovchi jihati maʼnosi ekanini shoir doimo diqqat markazida tutadi. Maʼno ahli nazariga tushishi uchun sheʼrning suvrati, tashqi jihati goʻzal boʻlishi bilan birga, mazmun-mohiyati ham margʻub va dilkash boʻlishi zarurligini aytadi:


Nazmki maʼni anga margʻub emas,

Ahli maoniy qoshida xoʻb emas.

Nazmki ham surat erur xush anga,

Zimnida maʼni dogʻi dilkash anga…

Alisher Navoiy soʻz xususida yuqorida oʻzi aytib oʻtgan fikrlariga butun umri, butun ijodi davomida rioya qildi. U oʻzi bitgan har bir misra, oʻzi tuzgan har bir jumlaga alohida masʼuliyat bilan qaradi.

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan anjumanlardan birida davrimizning yirik soʻz sanʼatkorlaridan biri shunday degan edi: “Odatda sheʼrda ham musiqadagi kabi boshlanishi, asta-sekin koʻtarilib avjga chiqishi va ohista-ohista pastlashib tugashi boʻladi. Bu xususiyat deyarli barcha shoirlarning sheʼrlariga xos. Lekin Hazrat Navoiy oʻz sheʼrlarini birdan avj nuqtadan boshlab, avjda davom ettiradi va avjda tugatadi!”

Alisher Navoiyning soʻz masʼuliyati xususidagi fikrlaridan quyidagicha umumiy xulosalar chiqarish mumkin:

Soʻz insonga ato etilgan eng buyuk neʼmat, u tufayli inson hayvondan afzal boʻldi. Boshqa neʼmatlar kabi soʻzning ham isrofi bor. Uni isrof qilishdan saqlanish lozim.
Soʻz vositasida insonning fazilati, maʼnaviy darajasi namoyon boʻladi.
Nazmga solingan soʻzning, yaʼni sheʼrning martabasi nasriy soʻzdan balanddir. Agar nazmning surati – shakli bilan mazmuni bir-biriga mos ravishda goʻzal boʻlsa, u yetuk badiiy soʻz darajasiga koʻtariladi. Navoiyning barcha sheʼrlarida mana shu muvozanat saqlangan.
Alisher Navoiy oʻz sheʼrlarining yuksak badiiyatini, darajasini juda yaxshi anglagan. Uning “Muhokamat ul-lugʻatayn”idagi quyidagi soʻzlari ayni haqiqatdir: “Umidim uldur va xayolimgʻa andoq kelurkim, soʻzum martabasi avjdin quyi inmagay…”

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:


Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Yettinchi tom. – Toshkent, Fan, 1991.


Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn toʻrtinchi tom. – Toshkent, Fan, 1998.
Rustamov Alibek. Hazrati Navoiyning maʼnaviy olami. – Toshkent, “Navroʻz” 2014.
Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Gʻazzoliy. Ihyo al-ulum ad-din. Ilm kitobi. – Toshkent, Movarounnahr, 2003.
Navoiy asarlari lugʻati. – Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 197
Download 10,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish