www.ziyouz.com
kutubxonasi
90
Ki, chun xoqon bu so‘z e’lomi birla,
Javobin torti andoq komi birla.
Nishotu aysh asbobini yig‘may,
Tarabdin balki Chin mulkiga sig‘may.
Qilib shahzodag‘a oncha rioyat
Ki, tormay aql anga haddu nihoyat.
Tilab qilmoq jahon oning fidosi,
Jahonni qo‘yki, jon oning fidosi.
Anga mundoqki ayshu zavq yetti,
Yevaz o‘trusida yuz fikrat etti
Ki, ne sochg‘ay boshig‘a bahru kondin
Ki, bo‘lg‘ay munbasit shahzoda ondin.
Chu bas oliy edi mehmon janobi,
Bo‘lub gavhar qoshida tosh hisobi.
Bu ishdin mizbong‘a ajz g‘olib,
Aning ko‘ngli tilar ashyog‘a tolib.
g‘arobat maxzan ichra chun ko‘p erdi,
Tutub ilgin xazoyin ichra kirdi.
Xazoyin demakim, yuz bahr ila kon,
Toshib naqdina anda ulcha imkon.
Adadsiz uy bori ganj ustida ganj,
Xirad ganjuri arzidin alamsanj.
Burun qirq uy bo‘lub oltun makoni,
Har evda qirq xumi xusravoni.
Bu maxzanda g‘arobatdin bu ma’lum
Ki, bir xum oltun erdi o‘ylakim mum.
Ani kim mum deb ilgiga olib,
Nekim andin yasay degach, yasolib.
Yana qirq uy aro ajnosi zebo,
Bir uyda qirq tung iksunu debo.
g‘arobat munda behaddu nihoyat,
Torilmay bulajab san’atqa g‘oyat.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |