www.ziyouz.com
kutubxonasi
99
Ko‘ngul oromi nutqi dilkushoying.
Kishi o‘z jonidin to‘ymoq bo‘lurmu,
Ani mundoq bila qo‘ymoq bo‘lurmug‘
Ko‘ngul dardig‘a darmondur nasihat,
Qiloli ulcha imkondur nasihat.
Agar xud torti taskin davlat o‘ldi,
Ko‘ngulga komu jong‘a rohat o‘ldi.
Asar qilmasdek o‘lsa ko‘ngliga rand,
Bo‘loli har ne Haqdin kelsa xursand».
Bu so‘z birla yana Xoqonu dastur,
2
Taraddud qildilar behaddu maqdur.
Base har nav’ tadbir ayladilar,
Torilmay naf’, tag‘yir ayladilar.
Chu sa’b erdi ishida orzuxoh,
Nasihatgo‘ga bo‘ldi orzu koh.
Necha til guftugo‘si ko‘rrak o‘ldi,
Aning ul orzusi ko‘rrak o‘ldi.
Chu Xoqon chorasidin bo‘ldi ma’yus.
Taxayyul qildi etmak oni mahbus.
Yana habsig‘a ham qilmay tahammul,
Davosin ayladi mundoq tahayyul —
Ki, oning ko‘nglini ozurda qilmay,
Hayoti gulbunin rajmurda qilmay.
Cherik solg‘ay Xitou mulki Ching‘a,
Yurub chekkay sirah Yunon zaming‘a.
Angacha o‘g‘lig‘a hamroh bo‘lg‘ay,
Yomon-yaxshisidin ogoh bo‘lg‘ay.
Yetarga ulcha aylabtur ipoda,
Zamoni kirgusi mumtad apoda.
Anga tegru erur qilg‘on xayoli,
Ko‘nguldin chiqmag‘ining ehtimoli.
Muyassar gar emas bu ul zamonda,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |