Tishlar bilan jarohatlanish.
Turli tuman holatlarda jinoyatchi va
jabrlanuvchida tishlanishlar kuzatilishi mumkin. Tishlangan yaralar ikkala
yoysimon chiziqda joylashib, bukilgan tomoni bilan bir-biriga qaragan bo’ladi.
Hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra ular lat egan-yirtilgan yaralarga kiradi. Ba’zan
tishlangan joyda faqatgina shilinishlar va qontalashlar qoladi (16-rasm).
Hayvonlar tomonidan jarohatlanish.
Odamlarga hayvonlar tuyog’i, shoxi
va tishlari bilan jarohatlanish etkazadi. Ot va ho’kizlarning tuyog’i bilan urilganda
qobirg’alarning sinishi, ichki organlarning yorilishi, og’ir kalla-miya jarohatlanishi
kuzatiladi. Shoxi bilan urilganda kattagina yirtilgan, lat eb-yirtilgan va sanchilgan
yaralar paydo bo’lib, ba’zan tana bo’shlig’iga kiruvchan hisoblanadi. Tishlanishda
yoysimon lat eb-yirtilgan yaralar hosil bo’ladi. Ba’zan bunda teri va yumshoq
83
Do'stlaringiz bilan baham: |