xarakterini ma’lum aniq sharoitda yiqilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan
bog’lashga harakat qilinadi.
Mustaqil to’g’ridan to’g’ri yiqilganda ayniqsa xarakterli jarohatlanishlar
sodir bo’ladi. Bunda jarohatlanish xarakteri yiqilish balandligi, tana og’irligi, odam
yiqilgan yuzaning o’ziga xos xususiyatlari va yuzaga
urilayotgan paytda odam
tanasining holati bilan aniqlaniladi. Jarohatlanish hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra
3 guruhga bo’linadi:
1.
Birlamchi to’g’ridan to’g’ri erga urilgan paytda jarohatlanish urilgan
joyda sodir bo’ladi.
2.
Birlamchi, uzoqlashgan jarohatlanish bu ham birlamchi urilish paytida
paydo bo’lib, bu urilish joyidan uzoqroqda ko’zga tashlanadi.
Masalan, oyog’i bilan yiqilganda bo’yin umurtqasining xalqasimon
sinishi, ichki organlarning yorilishi, ildizining
uzilib ketishi va
boshqalar.
3.
Erga odam tanasining boshqa qismlari bilan ikkilamchi urilganda
ikkilamchi jarohatlanishlar kelib chiqadi.
Balandlikdan yiqilishning umumiy belgilaridan biri ichki organlar
jarohatlanishining tashqi jarohatlanishlarga qaraganda ustunligi.
Tashqi
jarohatlanish, odatda, kamroq uchraydi. Yiqilish sodir bo’lgan yuzasiga odam
tanasining tegishidan qontalashlar, shilinishlar, ba’zan lat egan yaralar odatda bir
tomonlama joylashadilar. Ketma-ketlik bilan yiqilishda yana qo’shimcha
jarohatlanishlar ham qo’shilib, yiqilish mexanizmi haqidagi savolni echishda
qiyinchilik to’g’dirishi mumkin.
Misol:
74 yoshli A. ismli erkak murdasi ekspertizadan o’tkaziladi. U ko’p
qavatli uylarning 7-qavatidan yiqilishi natijasida o’ladi.
Marhum tirikligida
miyasiga qon quyilishdan keyin qiyinchilik bilan xonada mustaqil harakatlangan.
Yiqilish sodir bo’lgan joy uy derazasi pastki qismidan uy poligacha 1 metrni
tashkil qilib, deraza tokchasi 50 sm kenglikdaligi ko’zga tashlanadi. Marhum past
bo’yli, semiz, harakatlanish qobiliyati keskin chegaralangan. Marhumning
tiriklikdagi sog’liq holati,
tushish joyining xususiyatlari, shuningdek o’zining
85
qarindoshlari bilan muomulasining juda yomonligi kabi qarashlar uy derazasidan
o’zini o’ldirish uchun tashlab yuborilganligi haqidagi shubhani aytish uchun asos
bo’ladi. Voqea sodir bo’lgan joyni sinchiklab tekshirish, shuningdek,
derazada
taxtalar borligi, murdani 7-qavat devorida topilishi, murdaning vaziyati va boshqa
xususiyatlari jabrlanuvchining o’zini-o’zi o’ldirish uchun mustaqil yiqilishi
mumkinligi to’g’risida gapirish uchun asos bo’lishligini ko’rsatadi. Bu ancha vaqt
o’tgandan keyin marhum tomonidan yozilgan tilxat topilganligi bilan ham
tasdiqlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: