Oyog’i bilan yiqilganda
tovon suyagining simmetrik ko’p mayda
bo’lakchali sinishlari, boldir tovon bo’g’imini deformatsiyaga olib keluvchi to’piq
suyagining sinishi kuzatiladi. Shuningdek boldir suyagida sanchilib sinish, son
suyagi bo’ynini va chanoq aylanuvchi chuqurchasining sinishi, qobirg’alarning
umurtqa pog’onasiga bog’lanadigan qismining sinishi, umurtqa pog’onasining
kompression sinishi, boshini kuchli bukib, iyagi bilan urilganda to’sh suyagi,
ba’zan kalla asosiy suyagining xalqasimon sinishi ko’zga tashlanadi.
Vertikal holatdan chetga chiqqanda va qo’l bilan urilganda har ikkala bilak
suyaklarining juft sinishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |