13 rasm. O’tmas qirrali predmetning
qirrasi bilan urilganda kalla
suyagining bosilib sinishi
(Devor to’sig’i taxtachasi
bilan urilish).
14 rasm. Qirrali predmet burchagi bilan
urilish tufayli kallaning tepa
qismidagi lat egan yara.
6.3. Odam tanasi qismlari va hayvonlar tomonidan etkaziladigan
jarohatlanishlar
Odam tanasining ko’zga tashlanuvchi qismlari
bilan jarohatlanishlar
turmush kelishmovchiliklari tufayli ko’pdan ko’p uchraydi. Birinchi o’rinda
odamning qo’llari bilan jarohatlanish turadi: tirnoqlari,
mushti va kaftlari,
barmoqlari bilan jabrlanuvchi tana qismlarining siqilishi bunday jarohatlanishlarga
misol bo’la oladi. Ko’pincha kafti bilan jarohatlanish va tishlashlar ko’zga
tashlanadi. Kamdan-kam hollarda odam tanasining boshqa qismlari (boshi, tizzasi,
tirsagi, boldiri) jarohatlanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: