Terminal holatlarning sud tibbiyoti uchun ahamiyati
Hayotdan o’limga o’tish holatini chuqur tekshirish hozirgi zamon fanidan
yangi ta’limotni, ya’ni terminal holat haqidagi tushunchani keltirib chiqaradi.
Terminal holat tushunchasiga shokning ancha og’ir shakllari (torpid
shokining III-IV davri), kollaps, agonal oldi holati, terminal pauza davri, agonal
holati, klinik va biologik o’limlar kiradi.
1.
Shokning og’ir davri va kollaps holati bevosita agonal oldi holatiga
o’tishi mumkin. Bu davrda markaziy nerv sistemasining po’stloq qismida
416
tormozlanish sodir bo’ladi va natijada odam hushini yo’qotadi. Miyaning stvol
qismi esa ko’zg’algan holatda bo’ladi va asta sekinlik bilan tormozlanish miya
stvoliga ham o’tadi.
2.
Preagonal holat ba’zan soatlab davom etib, keyin terminal pauza
holatiga o’tadi. Bu davrda hushini umuman yo’qotadi, reflekslari bo’lmaydi va
yurak faoliyati hamda nafas olishi qisqa muddatga to’xtaydi. Bunday davrda kasal
kishi xuddi o’lik holatini eslatadi. Terminal pauzasining farqli xususiyati shundaki,
bunda miya po’stlog’idagi chuqur tormozlanish jarayoni po’stloq osti qismiga ham
o’tganligi, ammo to’lig’icha ulgurmaganligi tufayli har xil tartibsiz harakatlar
qilishiga olib keladi.
Terminal pauza davri bir minut va ba’zan 2-4 minut davom etishi mumkin
hamda keyinchalik agoniya holatiga o’tishi bilan tugallanadi.
3.
Agoniya (kurash) davri bu organizmning eng so’nggi hayoti uchun
kurashishidir. Bu davr bir necha minutdan to 30 minutgacha cho’zilishi mumkin.
Bu davrda ya’na yuzaki tartibsiz nafas olish jarayoni, yurak faoliyatining ishlashi,
reflekslari paydo bo’lishi va hatto qisqa muddatda bemor hushiga kelishi mumkin.
Bemorning qarindoshlari va atrofdagilar bunday holatni tuzalishning belgisi va
o’limning sodir bo’lishi esa tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligi tufayli yuzaga
kelgan deb hisoblaydilar. Ayrim olimlar bu davrni yonib o’chuvchi mash’alga
o’xshatadilar. Bu davr bir-necha minutdan to 30 minutgacha davom etadi.
Agoniya vaqtida miya bulbar qismi aktivligining maksimal oshib ketishi,
miya po’stloq qismining esa eng chuqur tormozlanishi kuzatiladi. Keyinchalik
tormozlanish jarayoni uzil-kesil miyaning stvol qismiga o’tib ketadi va klinik o’lim
holati sodir bo’ladi.
4.
Klinik o’lim vaqtida nafas olishi va yurakning faoliyati to’xtaydi. Bu
davr 5-6 minut, ba’zan 3-4 minut davom etadi. Agar odam past harorat ta’siridan
tez o’lgan bo’lsa (gipotermiya), sog’lom fizik qobiliyatli bolalarda, tez o’limda bu
davr biroz cho’zilishi ham mumkin. Bundan tashqari, patologik jarayonining
xarakteri, agoniyaning davomliligi hamda barcha o’lish davrlari katta ahamiyatga
egadir.
417
Uzoq o’lim paytida organizmda barcha kompensator mexanizmlar ishga
tushadi va eng avvalo qon tomirlarida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi.
Odam tanasida periferik qon tomirlari va ichki organlar qon tomirlarining
qisqarishi natijasida qonning asosiy qismi yurakka va miyaga yo’naladi. Shuning
uchun ham o’lim holati ayrim kompensator jarayonlar tufayli ancha cho’ziladi va
agarda odamni tiriltira olish imkoniyati bo’lmasa, albatta biologik o’lim holati
ya’ni qaytmas o’lim sodir bo’ladi.
5.
Biologik o’limda nafas olish va yurakning faoliyati 5-6 minutdan
ko’proq to’xtaganda avvalo miyaning po’stloq hujayralarida, keyinchalik miyaning
kislorod etishmovchiliga kam sezuvchan qismlari va boshqa organlarning
hujayralari tsitoplazmasi va yadrolarida emirilish jarayonlari boshlanib keyin
qaytmas o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi amaliyotida ko’pincha to’satdan o’lim, birdaniga
o’lish hollari uchraydi. Shuning uchun ham tezda o’lgan kishining tanasida
bo’ladigan o’zgarishlar bilan sekinlik (agonal o’lim) da o’lganlar tanasidagi
o’zgarishlardan qanday farqlash masalasi ekspertlar oldida ko’ndalang bo’lib
turadi.
O’lim birdaniga sodir bo’lganda ya’ni tez o’limda murdada qon suyuq
holatda bo’lgani uchun murda dog’lari kuchli rivojlanganligi ko’rinadi. Venoz
sistemasida qonning harakati to’xtab qoladi. Ichki organlarda to’laqonlilik
kuzatiladi. Seroz pardalarda, jumladan o’pka plevrasida, yurak quloqchasi va ko’z
kon’yunktivasida mayda qon quyilishlar ko’rinadi.
Agonal o’lim (uzoq davom etadigan o’lim) vaqtida o’limdan 2 soat vaqt
o’tgach, qon tomirlarida qon uyushib qoladi.
Tez o’lim paytida esa o’limning kelib chiqish sababidan qat’iy nazar,
murdada qonni ivishi 3-5 soatdan keyin batamom to’xtaydi. Agar to’satdan o’lgan
murdadan 0,5-1 soat ichida qon olib tekshirsak, probirkada qon uyushib qoladi va
biroz vaqt o’tishi bilan birdaniga yana suyulib ketadi.
O’tkir o’lim vaqtida qonning suyulishiga sabab, qon tarkibidagi
fibrinogenning fibrinogenolizga uchrashi, ya’ni fibrinogenlik fibrinda uyushma
418
hosil qilish qobiliyatini yo’qolishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |