Tibbiyot instituti talabalari uchun


XV-BOB. SUD TIBBIYOTI TANATOLOGIYASI



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

XV-BOB. SUD TIBBIYOTI TANATOLOGIYASI
Tanatologiya (yunoncha thanatos - o’lim, logos – fan degan ma’noni 
bildirib) o’lim haqidagi fandir.
Hozirgi davr sud tibbiyoti tanatologiyasining oldida turgan vazifalardan biri 
o’lim jarayonida vujudga keladigan terminal holatlarni (tanatoganez), klinik, 
bioximik va morfologik o’zgarishlarni o’rganishdan iboratdir. Tanatologiya 
muammosi bilan vaqtida organizmni tiriltirish (reanimatsiya) hamda bemorlarni 
o’lim oldi holatini engillatish (eutanaziya) muamollari chambarchas bog’langan.
Tanatologiya umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi.
Umumiy tanatologiya o’limning rivojlanishi, vujudga kelish usullari, 
murdalardagi o’zgarishlar va ularning tashqi muhitga aloqadorligi, o’liklarni 
tekshirib ko’rish hamda o’limning sabablarini taxlil qiladi.
Xususiy tanatologiya esa har xil kasalliklar, jarohatlanishlarga aloqador 
bo’lib, bunday holatlarda o’limning sabablarini ko’rib chiqadi.
Sud tibbiyotiga oid tanatologiya birinchi navbatda zo’rlab o’ldirilgan va 
to’satdan o’lim bilan bog’liq holatlarni o’rganadi. Bu bilan u tergov organlariga 
o’limning sodir bo’lgan vaqti, diagnostikasi va zaharlanishni aniqlashda yordam 
beradi. Sog’liqni saqlash organlariga esa aholi o’rtasida davolash va profilaktika 
yordamini to’g’ri tashkil qilishda ko’maklashadi. Jumladan diagnostik holatlar, 
jarohatlanish, zaharlanishni oldini olishda katta o’rin egallaydi.
Murdalarni sud tibbiyoti usulida tekshirish o’zining maqsadi, vazifasi hamda 
tekshiruv ob’ekti bo’yicha patologoanatomik tekshiruvlardan farqlanadi:
1. Sud tibbiyoti usulida murdalarni kesib ko’rish tergov va sud 
organlarining yozma taklifiga asosan amalga oshiriladi.
2. Murdalarni kesib ko’rish vrachlar uchun majburiy qoidaga asosan amalga 
oshirilib, bunda ularni jo’natish, qabul qilish, ruyxatga olish, tekshirish, 
saqlash va egalariga topshirish usullari ko’rsatilgan. Bundan tashqari, 
murdalardan materiallar olish, ularni qo’shimcha tekshirish uchun 
jo’natishning ham maxsus qoidalari ko’rsatilgan.
414


3. Murdalarni sud tibbiyoti usulida tekshirishda tergov organlaridan vakillar 
qatnashishi mumkin.
4. Sud tibbiyotida kesib ko’rish uchun yangidan o’lgan odam murdasidan 
tashqari, ularning ayrim qismlari, chirigan murdalar ham yuborilishi 
mumkin.
5. Murdalarni patologoanatomik tekshirish paytida kasallikning tarixi 
to’g’risidagi hujjat ilova qilinadi. Unda kasallikka alohida klinik tashxis 
qo’yilgan bo’ladi. Sud tibbiyoti ekspertizasida murdalarni kesib ko’rish 
paytida esa ko’pincha o’lim holati noaniq bo’ladi. Shuning uchun ham 
jarohatlanish mexanizmi va o’limning sababini aniqlashga to’g’ri keladi.
6. Murdalarni patologoanatomik tekshirishda patologo-anatomning oldiga 
tashxis qo’yish va o’limning sababini aniqlash vazifasi qo’yiladi.
Sud tibbiyoti eksperti esa o’limning vujudga kelish vaqti, 
davomliligi, o’lgan paytida odamning qanday holatda bo’lganligini 
aniqlaydi.
7. Patologoanatom murdalarni tashqaridan tekshirish hamda ulardagi 
belgilarga unchalik ahamiyat bermaydi. U ko’pincha ichki organlardagi 
o’zgarishlarga qarab tashxis qo’yadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasida esa murdalarni tashqi ko’zdan kechirish 
muhim ahamiyatga egadir. Bunda u o’limning belgilari va jarohatlarning 
xarakteri, joylashuvi, katta kichikligi, ularning tiriklik yoki o’lgandan 
keyin paydo bo’lganligini aniqlash, murdalardagi maxsus belgilarga 
qarab noma’lum shaxsning kimligini aniqlashda foydalanadi va 
o’limning vaqtini hamda sababini aniqlaydi.
8. Sud tibbiyoti eksperti murdaning kiyimi va murda atrofidagi qurollarni 
sinchiklab ko’zdan kechirishi shart. Bunda u sud-kimyoviy va tibbiy-
kriminalistik tekshiruv usullarining natijalarini ham hisobga olishi zarur. 
Vaholanki, bu usullar patologoanatomik tekshiruv paytida 
qo’llanilmaydi.
9. Ko’milgan murdalarni har xil muddatlarda go’ridan kovlab olib 
415


tekshirish (eksgumatsiya) ham sud tibbiyoti ekspertlarining zimmasiga 
tushadi. Bunday ishlar bilan patologoanatomlar shug’ullanmaydilar.
Shunday qilib, murdalarni sud tibbiyoti usulida tekshirish qator maxsus 
savollarni hal qilish bilan bog’liq bo’lib, bunda o’limning sodir bo’lish jarayoni 
hamda vujudga kelish holatlariga alohida ahamiyat beriladi.
Hayot va o’limga aniq va to’la-to’kis ta’rif berish ancha qiyin.
Tabiatda ancha keng tarqalgan holatlardan hayot va o’limning mohiyati 
to’g’risidagi tushunchalar haqida filosoflar, biologiya fanining vakillari, tibbiyot 
fani namoyonlari, yozuvchilar, shoirlar shug’ullanganlar.
Biologiya va tibbiyot fanining rivojlanishi tufayli o’lim haqidagi tasavvur 
ham o’zgardi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish