Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

2. Murdaning qotishi
. Bu ham o’limning haqiqiy belgisi bo’lib, u o’lim 
sodir bo’lgandan keyin 2-4 soat ichida ko’zga tashlanadi. O’lim sodir bo’lgach, 
birdaniga murda tanasi bo’shashib, barcha mushaklar yumshab qoladi va 
bo’g’imlarda passiv harakatlar kuzatilib ular to’lig’icha engilgina bo’kiladi. 
O’lgandan bir necha vaqt o’tgandan keyin murdaning muskullari o’z-o’zidan qota 
boshlaydi va natijada bo’g’imlar qiyin bo’kiladigan bo’lib qoladi hamda murda u 
yoki bu holda qotib qoladi.
Murdaning qotishi avvalo pastki jag’, keyin bo’yin, qo’l va oyoq 
mushaklarida paydo bo’lib, bir vaqtning o’zida boshqa guruh muskullarida ham 
kuzatiladi. Keyinchalik mushaklar guruhining xususiyatlariga qarab qotish darajasi 
kuchayadi. Birinchi navbatda suyaqlarga birikish joyida yaqqol ko’rinadi.
Murdaning qotishi 24 soatdan keyin kuchli darajaga etib, 1-2 sutka ichida 
shunday holatda turadi va keyin asta-sekin yumshay boshlaydi hamda 3-4 kunda 
murdani qotishiga ta’sir qiluvchi sharoitlarning ta’sirida to’lig’icha yumshaydi. 
Keyinchalik u hech qachon tiklanmaydi. Bu belgi o’likni holati o’zgarganligini 
aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Agar murdani qotishining mexanik buzilishi 
o’lgandan keyin 4-6, ba’zan 8-10 soatdan so’ng sodir bo’lgan bo’lsa, u qisman 
tiklanishi mumkin. Bu ayrim muskul tolalarining turlicha qotishi bilan 
tushuntiriladi. Bunday holat marhumni o’lish paytida qanday holatda bo’lganligini 
(qo’liga o’q otar qurolini ushlatib qo’yish, pichoqni solib qo’yish o’zini-o’zi 
o’ldirganlikni sababi sifatida va boshqalar) ko’rsatadi.
427


Murdaning qotish jarayoni ko’pgina tashqi muhit faktorlariga, shuningdek 
organizmning holatiga ham bog’liq. Masalan, yuqori harorat va quruq havoda 
qotish jarayoni tez rivojlansa, past harorat va namli havoda sekin sodir bo’ladi. 
Yosh bolalar, keksalar va ozg’in kishilarda muskuli ozroq bo’lgani uchun murdani 
qotishi kuchsiz rivojlanadi hamda tezda yo’qoladi.
Markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan 
zaharlanganda (strixnin, pilokarpin), stolbnyak va epilepsiya kasalliklarida, o’tkir 
qon yo’qotishda murdaning qotishi anchagina tezlikda paydo bo’lib, uzoqroq 
turadi va kuchli rivojlanganligi ko’rinadi. Ayrim zaharlanishlardan o’limda, 
masalan oq qalpoqchali zamburug’ (blednaya poganka) bilan zaharlanganda 
murdani qotishi umuman kuzatilmaydi.
Murdaning qotishi faqat tana mushaklarida kuzatilibgina qolmasdan, balki 
ichki organlar mushaklarida ham ko’zga tashlanadi. Bunday holat ayniqsa yurakni 
kesib ko’rishda aniqlanilib, buni murdani sud tibbiyotida kesib ko’rishda hisobga 
olinishi zarur. Birinchi soatda qotish jarayoni chap qorinchaga, keyin o’ng 
qorincha va bo’lmachalarga tarqaladi. Qotish tufayli yurak mushaklari qattiqlashib, 
bo’shlig’i torayadi va o’lgandan keyingi diastola sistolaga o’tadi. O’lgandan keyin 
biroz vaqt o’tgach, yurakning qotishi boshqa mushaklar singari bartaraf bo’ladi. 
Yurakning qorinchalari devori yumshab, ilvillab qoladi va yurak bo’shlig’i 
puchayadi. Yurak mushaklarining qotishi, tana muskullariga qaraganda tez bartaraf 
bo’ladi. Yurakning qotishi va uning bartaraf bo’lishini o’ziga xos xususiyatlarini 
ekspert o’limning sodir bo’lish mexanizmini aniqlashda hisobga olishi zarur. Agar 
nisbatan yaqinda o’lgan murdani tekshirishda yurak ilvillab qolgan va barcha 
bo’shliqlari qon bilan to’lgan bo’lsa, bunda yurakning paralitik tipi borligi, agar 
yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lgan taqdirda o’tkir o’limning belgisi 
hisoblanadi. Yurak to’liq bo’shab, uning mushaklari keskin qisqarganda travmatik 
yurak haqida o’ylash mumkin.
Devori silliq mushaklar bilan qoplangan qorin bo’shlig’i kovak organlarida 
ham murdani qotish jarayonlari kuzatiladi. Oshqozoni burmalarida, ayniqsa, u 
bo’sh bo’lsa aniq ko’rinadi. Murdani qotishi bartaraf bo’lishida oshqozon shilliq 
428


qavati burmalari yassilanib, tekislanadi va ba’zan buni atrofik gastrit holati deb 
xato o’ylanishi mumkin. Ichaklarda murdaning qotish belgisi sifatida ichakda 
bo’lgan axlat va gazlarning siljishini ko’rsatilsa bo’ladi.
Murdaning qotishini sabablari hozirgacha to’lig’icha o’rganilmagan. Buni 
tushuntiruvchi bir necha nazariyalar mavjud.
Koagulyatsion nazariya tarafdorlari murdani qotishini organizmda o’lgandan 
keyin ham paydo bo’ladigan sut kislotasinining ta’sirida muskullardagi oqsil 
aktomiozinning ivishi tufayli sodir bo’lishligi bilan tushuntiradilar.
Nerv nazariyasi tarafdorlari esa o’layotgan nerv sistemasidan kelayotgan 
patologik impulslar oqimi murdaning qotishiga sababchi bo’lishligini ko’rsatadi. 
N.E.Vvedenskiy muskul to’qimasining parabioz holati tufayli murda qotishining 
sababchisi deb hisoblaydi.
Gidratatsion nazariyada o’lgandan keyin mushaklardagi glikogenning 
autolitik emirilishi tufayli glyukoza va sut kislotasining ahamiyati kattaligi 
ko’rsatiladi. Glikogenning katta molekulasi mushaklar ichidagi osmatik bosimga 
sezilarli ta’sir ko’rsatmasa, sut kislotasi va glyukozaning ko’p mayda molekulalari 
osmatik bosimni o’zgartirib mushak tolalariga suvni jalb qiladi. Buning natijasida 
tolaning bo’kishi va qisqarishiga sababchi bo’ladi. Keyinchalik, sut kislotasining 
hosil bo’lishi to’xtagach, teskari jarayon mushaklardan suvni diffuziya yo’li bilan 
chiqishi tufayli murda yumshaydi. Bu, ayniqsa, tarkibida glikogeni kam bo’lgan 
qotish jarayoni kuchsiz yoki bo’lmaydigan ozg’in kishilar murdasi mushaklarida 
aniq ko’rinadi.
Degidratatsion nazariya tarafdorlari murdani pastki qismlariga suyuqlikni 
oqib tushishi, natijasida mushaklarni suvsizlanishidan murdaning qotishi sodir 
bo’ladi deb tushuntiradilar. Murdaning mushaklariga suvsizlantiruvchi moddalar 
(kaltsiy xloridi, efir, xloroform, absolyut spirt) yuborilganda murda tez qotganligi 
ko’zga tashlanganligi ham buni tasdiqlaydi. Massiv qon ketishdan o’lish hollarida 
murdaning qotishi juda tez sodir bo’lishini ham degidratatsion nazariyasi 
isbotlaydi.
Hozirgi davrda ko’pgina tadqiqotchilar murda qotishining sodir bo’lishi va 
429


rivojlanishida mushaklarda o’lgandan keyin ATF ning emirilishi bilan 
bog’laydilar. Hayotiylik davrida mushaklarning qisqarishi va elastiklik xususiyati 
ATF ning qayta sintezlanishi bilan bog’liqdir. To’qima nafas olishi va glikoliz 
jarayonlarining to’xtashida ATF emiriladi va murdaning qotishiga sababchi 
bo’ladi.
Murda qotishining sud tibbiyoti uchun ahamiyati kattadir. Bu:
1) murdaning qotishi o’limni tasdiqlovchi belgilardan biridir;
2) marhumni o’lgandan keyingi holatini ko’rsatadi;
3) murda qotishi rivojlanish darajasiga qarab o’limni sodir bo’lish vaqtini 
aniqlash mumkin;
4) murda qotishining rivojlanish darajasi o’limning sababini aniqlashda 
yordamlashishi mumkin;
5) yurak qotishini rivojlanish darajasiga qarab o’limning mexanizmi 
haqida fikr yuritish mumkin;
6) ichki organlarda murdaning qotishini tiriklikdagi kasallik holatlariga 
o’xshatish mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish