Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

4. Murdaning qurishi.
Bu holat murda tanasidagi namni parlanishi bilan 
bog’liqdir. Odatda terini epidermisi parlanishdan yaxshi saqlaydi, biroq oddiy 
sharoitda saqlangan murdada hayotda nam bo’lgan joylari (labini shilliq pardasi, 
ko’zning shoh pardasi va kon’yunktivasi, tuxum xaltasi, erkaklar jinsiy a’zosining 
boshi) birinchi navbatda quriydi yoki jarohatlanib epidermisi ko’chgach teri 
(shilinishlar, yaralarning cheti, strangulyatsion egatchalar) quriydi.
Murda qurishining paydo bo’lishi va rivojlanish darajasi birinchi navbatda 
atrof muhit harorati va namligi hamda boshqa sabablarga bog’liq. Ayniqsa, 
ko’zning shoh pardasi va kon’yunktivasi tez quriydi. Bunda 2-3 soatdan keyin 
shoh pardaning aniq xiralashuvi, ko’z kon’yunktivasida esa sarg’ish-qo’ng’ir 
qurigan uchburchak shaklidagi joy kuzatiladi. Bunga Larshe dog’lari deyiladi.
Birinchi haftaning oxiri ikkinchi haftaning boshida qurigan joyning terisi 
ancha zichlashib qizgish-qo’ng’ir yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi. Qurish 
jarayoni tufayli hatto kichkina yomon ko’rinuvchi jarohatlanishlar ham yaxshi 
ko’rinuvchan bo’lib qoladi.
Faqatgina tiriklik paytidagi jarohatlanishlargina emas, balki o’lgandan 
keyingi jarohatlar ham quriydi. Qurigan o’lgandan keyingi shilinishlarga 
pergament dog’lari deyilib, bular zichlashgan va sarg’imtir tusli bo’ladi. Lablari, 
431


tuxum xaltasi va boshqa joylarida ba’zan tiriklikka xos jarohatlanishlar sifatida 
noto’g’ri talqin qilinishi mumkin.
5. Autoliz.
Organizmda hujayra ichi va boshqa fermentlarning aktiv 
faoliyati o’lgandan keyin ham o’z faoliyatini birdaniga to’xtatmaydi va bu ayrim 
ichki organlarda autolitik o’zgarishlarga sababchi bo’lishi mumkin. Ko’zga 
tashlanuvchi autoliz jarayonlari oshqozon va oshqozon osti bezida rivojlanadi. 
Bunda oshqozon shilliq pardasining o’z o’zidan emirilishi kuzatiladi. Uning qon 
tomirida bo’lgan qon me’da shirasidagi xlorid kislotasi va fermentlar ta’sirida 
o’zgarib, to’q-qo’ng’ir tusli bo’lib qoladi. Shilliq qavatning o’zi siyraklashib, 
shilliq osti qavatidan osonlikcha ajraladi. Me’da shirasini o’lgandan keyin 
qizilo’ngach, halqum, kekirdakka tushishi tufayli ularning shilliq qavatlari ham 
o’z-o’zidan emiriladi va siyraklashib, shilliq osti qavatidan engil ajraluvchan bo’lib 
qoladi. Bunday o’zgarishlarni o’yuvchi zaharli moddalar ta’siridan sodir bo’lgan 
bo’lsa kerak degan noto’g’ri xulosaga kelishning sababchisi bo’ladi.
Oshqozon osti bezidagi autolitik jarayonlar ba’zan uning to’qimasini qisman 
erib ketishiga olib keladi. Bunday o’zgarishlar dimlanish va gipostatik to’laqonlik 
asosida o’tkir gemorragik nekroz sifatida noto’g’ri talqin qilinishi mumkin. U yoki 
bu darajada autolizga boshqa organlar (buyrak usti bezi, bosh miya, ingichka va 
yo’g’on ichak va boshqalar) ham uchrashi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish