Tibbiyot instituti talabalari uchun


Bakteriyalar yordamida sodir bo’ladigan oziq-ovqatdan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Bakteriyalar yordamida sodir bo’ladigan oziq-ovqatdan zaharlanish
335


Bunga ko’pincha salmonellalar guruhiga mansub paratifoz guruhiga 
kiradigan mikroblar (B. enteritidis Breslau, B. enteritidis Gaertneri, B. superstifer 
va boshqalar) ning toksikoinfektsiyalari kiradi. Buning rivojlanishda qo’lay harorat 
(37-40
0
S) va etarli namlik talab qilinadi. Shuning uchun ko’pgina zaharlanishlar 
yilning issiq faslida sodir bo’lib, oziq-ovqat bilan zaharlanish mavsumiy 
xarakterga ega bo’ladi. Shu bilan birgalikda agar mikroblari bo’lgan tayyor ovqat 
40
0
S li haroratda uzoq vaqt saqlanganda, sovuq paytida ham oziq-ovqatdan 
zaharlanish hollari uchraydi. Ovqatning tayyorlanish usuli, ayniqsa qancha vaqt 
qaynatilganligi, qovurilganligi ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, 
go’shtning katta bo’lagini qaynatilganda va qovurilganda uning chuqur qavatlarida 
tirik mikroblar qolishi hamda keyinchalik tez ko’payib, zaharlanish chaqirishi 
mumkin.
Zaharlanishda organizmga ko’p miqdordagi tirik mikroblar kirishi va 
ularning emirilishidan endotoksin ajralishi muhim o’rin egallaydi. Mikroblar 
ichaklardan qonga so’rilib bakteriemiya chaqiradi. Bunda ichaklarda hamda qonda 
mikroblarning emirilishidan endotoksin ajralishi kuzatiladi. Bunday holat 
kasallikning to’satdan, yashinsimon o’tishi, qisqa muddatda shu oshxona va 
bufetdan ovqatlanuvchi ko’plab kishilarni zaharlanishi bilan xarakterlanadi.
Toksikoinfektsiyalar ommaviy tarqalibgina qolmasdan (masalan, birdaniga 
ko’pgina kishilarning yoz paytida muzqaymoq bilan zaharlanishi), balki kasallikni 
alohida kishilar orasida uchrashi ham kuzatiladi.
Klinik o’tishiga qarab oziq-ovqatdan zaharlanishning 3 xil turi farqlanadi:
1) gastroenterit yoki gastroenterokolitning har xil og’irlikda o’tuvchi 
vabosimon yoki ichburuqsimon turi;
2) terlamasimon turi;
3) grippsimon turi.
Oziq-ovqatdan zaharlanishni aniqlashda kasallikni klinik o’tishini va ovqat 
qoldig’i, qusuq massasi, qoni, axlati va boshqa qo’shimcha laboratoriya tekshiruvi 
natijalarini hisobga olish zarur. Toksikoinfektsiyaning etiologiyasini o’rganishda 
bemorning qon zardobidan ajratilgan qo’zgatuvchisining agglyutsinatsiya 
336


reaktsiyasi etarli ahamiyatga egadir. Toksikoinfektsiyadan umumiy o’lim uncha 
katta bo’lmay, 1-foizgacha uchraydi. Yosh bolalar orasida o’lim ko’proq 
kuzatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanib o’lganda turli tuman 
patologoanatomik o’zgarishlar ko’rinadi. Murdani tashqi ko’zdan kechirishda 
organizmning anchagina suvsizlanish belgilari, jumladan, ko’z olmasining 
cho’kishi, qornini tortilishi, to’qimalarni qurishi, ozg’in kishilarda tana 
mushaklarining keskin ajralib turishi ko’zga tashlanadi. Murdani chirishi erta 
boshlanib, ayniqsa qornini teri qoplamasi tezda ko’karadi. Ko’pincha ko’z pardasi 
va terisida mayda qon quyilishlar paydo bo’ladi.
Ichki organlarida to’laqonlilik va distrofik o’zgarishlar, qonning 
quyuqlashgani va xiralashuvi, ba’zan qorin pardasida fibrin iplari joylashganligi, 
seroz bo’shliqlarda yopishkoq shira paydo bo’lishi aniqlaniladi. Ichaklarida ko’p 
miqdorda shilimshiq aralash, keskin chirik hidli yashil suyuqlik ko’rinadi. Ingichka 
ichak va biroz miqdorda yo’g’on ichakning yo’nalishi bo’ylab shilliq pardasi 
bo’kkan va qizg’ish tusli bo’ladi.
Bundan tashqari, ayrim tadqiqotchilar uning septikopiemik turi bo’lishini 
ham ko’rsatadi. Bunda o’lim ancha keyinroq kuzatiladi.
Septikopiemik turida ichaklarda uncha kuchli o’zgarishlar topilmasa-da, 
ichki organlarida ko’p miqdordagi yiringlanish o’choklari topiladi. Biroq bunday 
hollarda odatda septik taloq topilmaydi. Ba’zan toksikoinfektsiyada buyrakning 
og’ir zararlanishi (o’tkir glomerulonefrit, nekrotik nefroz) kuzatilib o’tkir buyrak 
etishmovchiligidan o’lim sodir bo’lishi mumkin.
Oziq-ovqatdan zaharlanish tashxisida murdani kesib ko’rishda bakteriologik 
tekshiruv usuli yordamlashadi. Buning uchun murdaning qoni, o’ti va ichakdagi 
narsalardan tekshirish uchun material olinadi hamda laboratoriyaga jo’natiladi. 
Odatda qon tirsak bo’g’imi venasidan olinadi. Buning uchun tirsak bo’g’imi yod 
eritmasi, spirt yoki efir va qizdirilgan pichoq bilan zararsizlantirib, teri va teri tagi 
to’qimalari chuqur ko’ndalang kesiladi. Kesilgan venadan chiqqan qon sterillagan 
paster pipetkasiga olinadi hamda alanga ta’sirida har ikkila tomoni yopiladi. Qonni 
337


yurak bo’shlig’idan ham olish mumkin.
O’t paster pipetkasi bilan o’t pufagi devorini zararsizlantirilib olinishi yoki 
o’t pufagiga kirayotgan joyni bog’lab butunlayin olib jo’natish ham mumkin.
Bakteriologik tekshirish uchun ko’pincha ingichka ichakning baugin 
qopqog’i joylashgan joyidagi ichakda bo’lgan narsalardan olinadi, chunki bu erda 
odatda salmonellalar yig’iladi. Buning uchun ingichka ichakning shu joyidan har 
ikkala tomoni ip bilan bog’lanib 10-15 sm joyi kesib olinadi va sterillangan idishga 
solinib laboratoriya tekshiruvi uchun jo’natiladi. Agar o’likxonada sterillanmagan 
idish bo’lsa uning ichiga spirt solib to’ntarib yoqiladi hamda sterillanadi.
Bakteriologik tekshirish uchun oshqozondagi narsalarni jo’natish tavsiya 
etilmaydi, chunki oshqozon yuvilgach yoki sifatsiz ovqatni egandan keyin bir 
necha kun ichida o’lim sodir bo’lganda odatda salmonellalar topilmaydi.
Bir vaqtning o’zida oshqozon-ichak traktining ancha o’zgargan qismidan 
gistologik tekshirish uchun material olinadi.
Toksikoinfektsiyaning tashxisi (voqea sodir bo’lgan joyning holati, klinik 
belgisi, patologoanatomik o’zgarishlar, laboratoriya tekshiruv usullari natijalari) 
barcha ma’lumotlar asosida aniqlaniladi.
Bakteriyalar yordamida oziq-ovqat mahsulotlari bilan zaharlanishlar orasida 
asosiy o’rinni botulizm tashkil qiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish