Tibbiyot instituti talabalari uchun


Ko’pincha periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Ko’pincha periferik nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli 
moddalardan zaharlanish.
Bu guruh zaharli moddalarga miorelaksantlar kirib, 
bular sintetik yo’li bilan olinuvchi moddalar bo’lib, nerv-muskul sinapslari orqali 
impulslar o’tkazuvchanligini qurshab oluvchi moddalar hisoblanadi. Ularga 
tubarin, listenon, diplatsin va boshqalar kiradi. Sinapslarga saralab ta’sir qilishi 
tufayli organizmning hayot uchun muhim funktsiyalari, shuningdek markaziy nerv 
sistemasi faoliyatini pasaytirmasdan ular tana mushaklarini kuchsizlantiradi. 
Shunga ko’ra miorelaksantlardan xirurgiyada narkoz paytida mushaklarni 
kuchsizlantiruvchi sifatida foydalaniladi. Biroq mushaklarni kuchli va tez 
falajlanishi tufayli bu preparatlar nafas olishni falajlaydi va asfiksiyadan o’limning 
sababchisi bo’lishi mumkin.
Miorelaksantlar qo’llanilganda narkoz paytida ularni ishlatilish usulining 
buzilishi yoki bu preparatlarga organizmning individual sezuvchanligi haddan 
tashqari oshib ketganda o’lim sodir bo’ladi.
Murdani kesib ko’rishda odatda o’pkaning to’laqonligi va shishi, seroz va 
shilliq pardalar, kletchatkalar, buyrak usti bezi atrofidagi to’qimalarga ko’plab 
tarqalgan qon qo’yilish hamda ichki organlarning dimlanish tufayli to’laqonligi 
ko’zga tashlanadi. Miorelaksantlar bilan zaharlanishga shubha to’g’ilganda qon, 
siydik, buyraklar va jigarni sud-kimyoviy tekshiruvdan o’tkazilishi shart.
Periferik nerv sistemasiga ko’pincha ta’sir qiluvchi zaharli moddalar 
guruhiga gangliolitik ta’sir qiluvchi ayrim moddalarni ham shartli darajada kiritish 
mumkin. Bu moddalar orasida diqqatga sazovori
paxikarpindir
. Bu ko’pincha 
bachadonni muskullariga saralovchi ta’sir ko’rsatadi.
Sud tibbiyoti amaliyotida homiladorlikni buzishda paxikarpin 
qo’llanilishidan zaharlanish tufayli o’lim sodir bo’lish hollari uchraydi. 
Paxikarpinni katta dozasi qabul qilinganda hushini yo’qotish, hamma mushaklarni 
tirishib tortishuvi kuzatiladi. Zaharlanishning 1-2 soatida o’lim sodir bo’ladi.
Murdani kesib ko’rishda miokard, jigar, buyraklarda notekis to’laqonlik va 
distrofik o’zgarishlardan tashqari boshqa hech bir zaharlanishga xos morfologik 
330


belgilar topilmaydi. Shuning uchun ham ichki organlarni sud-kimyoviy tekshirish 
zaharlanish diagnostikasida katta ahamiyatga egadir.
Paxikarpinning o’ldiruvchi dozasi – 1-2 g dir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish