Tibbiyot instituti talabalari uchun


Uyqu keltiradigan dorilardan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Uyqu keltiradigan dorilardan zaharlanish.
Bu guruhga ko’pgina dorivor 
moddalar kiradi. Ularning ko’pchiligi barbiturat kislotasining hosilalari 
(fenobarbital-lyuminal, barbital (veronal), natriy barbitali(medinal), natriy etaminal 
(nembutal) va boshqalar), shuningdek piridinning hosilasi (tetridin) va 
pipiridinning hosilasi (noksiron) hisoblanadi. Bundan tashqari, har xil 
tinchlantiruvchi moddalar – trankvilizatorlar (meprobomat, elenium, seduksen , 
trioksazin va boshqalar) kuchli uxlatuvchi xossaga egadir.
Uxlatuvchi dorivor moddalar markaziy nerv sistemasiga susaytiruvchi ta’sir 
ko’rsatadi. Shuningdek barbituratlar qon tomirlarini zararlab, devorini 
o’tkazuvchanligini oshiradi.
Uyqu chaqiruvchi moddalarni uzluksiz holda nazoratsiz qabul qilinganda 
325


o’rganib qolish kuzatiladi va bunda kerakli ta’sirni sezish uchun preparatning 
dozasini oshirishga to’g’ri keladi. Agar bir necha oy qabul qilinganda bu dorilarga 
nisbatan ishqibozlik paydo bo’ladi. Bunday hollarda uyqu dorilarni qabul qilishni 
to’xtatilishi tufayli uyqusizlik, jahldorlik, tajavvuzkorlik belgilari, qo’llarini 
tortishuvi, ba’zan talvasalanish kuzatiladi.
Har xil uyqu keltiruvchi dorilar bilan zaharlanishlarning klinik ko’rinishi 
taxminan bir xil bo’ladi. Katta dozasi qabul qilinganda narkozga o’tuvchi chuqur 
uyqu kuzatiladi. Arterial bosimi pasaygan, nafas olishi kam va qiyinlashgan, tana 
harorati pasayganligi hamda teri qoplamalari ko’karganligi ko’rinadi. Birinchi 
sutkaning oxirida nisbatan tezlikda bronxopnevmoniya qo’shiladi. Odatda birinchi 
2 sutkada nafas olishning to’xtashidan o’lim sodir bo’lishi mumkin.
Murdani kesib ko’rishda xarakterli morfologik o’zgarish kuzatilmaydi. 
Ba’zan oshqozonida shilliq parda burmalari orasida qabul qilingan tabletka 
qoldiqlarini topish mumkin. O’pkada ko’pincha o’choqli pnevmoniya topiladi. 
Gistologik tekshirishda ichki organlarda distrofik o’zgarishlar, ko’p miqdordagi 
perivaskulyar qon quyilishlar ko’zga tashlanadi.
Uyqu dorilari bilan zaharlanishda tashxis ichki organlarni sud-kimyoviy 
usulda tekshiruv orqali qo’yilishi mumkin. Bunda birgina sifatiy taxlil etarli emas. 
Albatta, miqdoriy tekshirish talab qilinadi, chunki uyqu keltiruvchi dorilar 
terapevtik dozada davolash maqsadida o’lim sodir bo’lguniga qadar qabul qilingan 
bo’lishi mumkin.
Fenobarbital, barbamil, natriy etaminalining qondagi o’ldiruvchi dozasi 66 
mkg/ml bo’lsa, barbital, natriy barbitali, tetridin, noksironniki – 86,4 mkg/ml 
hisoblanadi (Nasirov T.K., 2002).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish