Uzluksiz kuzatishda
voqea (hodisa) sodir bo‘lishi
bilanoq, ya’ni o‘sha damning o‘zida qayd qilinadi.
Masalan, tug‘ilish, o‘lish, nikohdan o‘tish va
ajralishlarni fuqarolik holatini qayd qilish organlarida
va qishloq yig‘inlarida qayd qilish, yaratilgan
mahsulotlarni boshlang‘ich
hujjatlarda hisobga olish, ishchi va xodimlarning ishga
chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Uzluksiz
kuzatish-bu
voqea ro‘y berishi bilanoq
uni qayd qilish (hisobga
olish)dir.
Fursatli davriy kuzatish
deganda voqea
sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tganda uni
qayd qilish va kuzatishlarni teng vaqt oralig‘ida
takrorlab turish tushuniladi. Masalan, har o‘n yilda
aholi ro‘yxatini o‘tkazish, talabalar o‘zlashtirish
darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali
baholash.
Bir yo‘la kuzatish
deganda
qandaydir
masalani yechish zaruriyati tug‘ilganda turli
muddat oralig‘ida qaytarib turiladigan kuzatish
nazarda tutiladi. Bunga misol qilib uy-joy fondi
ro‘yxati, ko‘p yillik mevali daraxtlar ro‘yxati,
tabiiy ofat natijasida ko‘rilgan zararlarni baholash ishlarini ko‘rsatish mumkin.
O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik
kuzatish yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga ajraladi.
Yoppasiga kuzatishda to‘plam
barcha
birliklari haqidagi zaruriy ma’lumotlar to‘planadi.
Statistik hisobot shu tarzda tashkil etiladi. Uni
barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadi va
statistika tashkilotlariga taqdim etadi. Aholi ro‘yxati,
ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga
misol bo‘la oladi.
Yoppasiga kuzatish, ayniqsa, aholi ro‘yxati va boshqa ro‘yxatlar
mamlakatning bir vaqtda barcha hududlarida barcha qisqa muddatda amalga
oshiriladi. Shuning uchun ularning dasturi sodda va ixcham kuch va mablag‘larni
talab qiladi.
Qisman kuzatishda asosiy
uslubiy masala umumiy
to‘plam birliklari ichidan kuzatish uchun bir qismini
to‘g‘ri olishdan iborat. Bu kichik to‘plam shunday
shakllantirilishi kerakki, butun umumiy to‘plam
birliklari orasidagi o‘zaro munosabatlar yuqori
darajali aniqlik bilan kuzatish uchun olingan
birliklarda ham o‘z ifodasini topsin. Shunday sharoitdagina
qisman tekshirish
natijalari asosida umumiy to‘plam haqida fikr yuritish, xulosa chiqarish imkoniyati
(ehtimoli) tug‘iladi. Statistikada qisman kuzatishning quyidagi turlari mavjud:
Fursatli davriy kuzatish
- bu voqea sodir bo‘lgandan
so‘ng
ma’lum
muddat
o‘tganda uni qayd qilib
tekshirishlarni teng vaqt
oralig‘ida takrorlab turish
Bir yo‘la
kuzatish -bu
hodisani
har
zamonda,
ehtiyoj tug‘ilishiga qarab
kuzatish.
Yoppasiga kuzatish - bu
to‘plamning
hamma
birliklari haqida ma’lumot
to‘plash.
Qisman kuzatish - bu
mavjud kata to‘plamdan bir
qism birliklarni olib, ular
haqida
ma’lumotlar
to‘plash.