Statistik kuzatish uslubiyati
Reja:
1. Hozirgi zamon O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi va
xalqaro statistika
2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar
3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
4. Statistik kuzatish turlari
5. Hisobot, maxsus kuzatish, biznes tekshirishlar va ro‘yxatlar
6. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash yo‘llari
Iqtisodiy voqealarni bilish jarayonida statistika muhim rol o‘ynaydi. Har qanday
davrlarda bo‘lganidek, bozor iqtisodiyotida ham iqtisodiy hodisalarni o‘rganish ular
ustida statistik kuzatishni yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi, bu jarayonda hayotiy voqealar
(faktlar) qayd qilinib, ular hisobga olinishi natijasida boshlang‘ich ma’lumotlar
to‘planadi. So‘ngra ularni qayta ishlash yo‘li bilan umumlashgan statistik axborot va
ko‘rsatkichlar yaratiladi. Ularni statistika uslubi yordamida tahlil qilib ommaviy
jarayonlarning statistik qonuniyatlari aniqlanadi. Va nihoyat, bozor hodisalarini bilish
jarayoni iqtisodiy qonuniyat va qonunlarni ta’riflash bilan yakunlanadi. 1- tarhida bu
jarayon qanday o‘zaro bog‘langan bosqichlar ketma-ketligida kyechishi tasvirlangan.
2.1-tarh. Iqtisodiy voqealarni bilish jarayonining bosqichlari.
Demak, bilish faoliyati o‘zining so‘nggi bosqichida abstrakt fikrlashning eng
yuqori darajasida amalga oshadi va u iqtisodiy nazariya, bozorshunoslik, boshqarish
va boshqa maxsus fanlarning ilmiy qoida va tushunchalarini tatbiq etish bilan
yakunlanadi. Bilish faoliyatining asosiy birinchi uchta bosqichi statistikaga
aloqadordir. Shundan ham turmush voqealarini anglashda, ularni ilmiy tekshirishda
statistika qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida umumiy tasavvur hosil qilish
mumkin.
Ilmiy ma’lumotlarni iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyoti bilan doimo
uyg‘unlashtirib iqtisodiy bilimlarni takomillashtirish zaruriyati statistika oldiga
iqtisodiy kategoriya va qonunlarni aniq joy va zamon sharoitida miqdoriy namoyon
bo‘lishi ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni dolzarb masala qilib qo‘ydi.
Bu funksiyani amaliy tasviriy statistika amalga oshiradi.
Markazlashgan rejali ho‘jalik va bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida statistika har xil respondentlar
(ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar) va axborot
iste’molchilari guruhiga turlicha ta’sir etadi.
Rejali ho‘jalik sharoitida davlat rejasi ishlab
chiqarish regulyatori bo‘lib, xalq xo‘jaligining barcha
ierarxik doiralarida iqtisodiyot ishtirokchilarining xatti-harakatlarini, xulq atvorlarini
aniqlaydi. Shuning uchun iqtisodiy hodisalar, shu jumladan, yakka-yakka hodisalar
nisbatan kamroq tasodifiy kuchlar ta’sirida bo‘lib, mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham
birmuncha barqaror rivojlanishi va turg‘un bo‘lishini ta’minlaydi.
Rejali boshqarish sharoitida statistikaning asosiy funksiyasi davlat rejalarini
bajarish ustidan nazorat qilishdan iborat. shu maqsad jihatdan mikroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar eng muhim ahamiyatga ega, chunki iqtisodiyotning quyi darajalarida
davlat rejasini bajarish yuqori darajalarda ham uning bajarilishini ta’minlovchi zamin
hisoblanadi. Mikroma’lumotlar ochiq bo‘lib, statistika va boshqa maqsadlarda ham
ulardan foydalanish mumkin. Hamma respondentlar korxona, tashkilotlar va
Bozor iqtisodiyoti va
rejali ho‘jalik statistikalari
orasida juda katta farq
mavjud.
Ijtimoiy-iqtisodiy
voqеalarni kuzatish
Statistik
qonuniyatlar
Iqtisodiy qonun va
qonuniyatlar
Statistik
ko’rsatkichlar
muassasalar o‘z faoliyatilari haqidagi ma’ulumotlarni hisobot shaklida statistika
tashkilotlariga taqdim etishga majburdir, chunki ular davlat va jamoa mulki
shakllaridagi umumxalq mulki hisoblanadi. Barcha respondentlar uchun tegishli
hisobot ma’lumotlarini taqdim etish va boshqa statistik tekshirishlarga mutaxassislari
va moliyaviy resurslari bilan jalb qilinishlari haqidagi va davlat boshqaruv tashkilotlari
tomonidan chiqarilgan qarorlar qonun kuchiga ega. Bu esa davlat statistika
tashkilotlarini ularga nisbatan katta huquqlar bilan ta’minlaydi. Rejali boshqarish
sharoitida ho‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ayrim tasodifiy kuchlar ta’siridan
holi emas, bu davlat rejasini bajarish ko‘rsatkichlari subyektlar bo‘yicha tebranishida
o‘z ifodasini topadi. Statistika asosiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va
qonuniyatlarini aniqlashi kerak. Buning uchun u mikroma’lumotlarni agregatlashtirish
yo‘li bilan makroko‘rsatkichlar tuzib chiqadi, ularda tasodifiy kuchlar ta’siri bir-birini
qirqib, umumiy barqarorlik, turg‘unlik qaror topadi. Bunday makroiqtisodiy
axborotlardan oliy firqa va davlat tashkilotlari boshqaruv maqsadlarida ham, targ‘ibot
va tashviqot uchun ham foydalaniladi. Ularning ko‘p qismi keng ommadan sir
saqlanib, maxfiy tamg‘a bilan muxrlanib, “yopiq” materiallarni tashkil etadi.
Makroiqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni matbuotda e’lon qilish, ularni oshkorlikka
maftun etish faqat oliy firqa tashkiloti ixtiyoridagi huquqiy masala hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoiti uchun esa yuqorida zikr etilgan jihatlarning butun qarama-qarshi
holati xarakterlidir. Mikroma’lumotlar “tijorat siri” bo‘lib, makroaxborotlar esa barcha
foydalanuvchilar uchun ochiq oshkoralikka ega. Axborotlarni iste’mol qiluvchilar
birgina hukmron firqa va davlat tashkilotlaridan iborat bo‘lmasdan, balki ular
oppozittsion firqa va boshqa jamoa tashkilotlarini, bozor tuuilmalari – tijorat korxona
va tashkilotlari, uyushmalar, ilmiy-tekshirish muassasalari va o‘quv yurtlari, ommaviy
axborot vositalari, tadbirkorlar va boshqalarni, xalqaro va ajnabiy yuridik va jismoniy
shaxslarni o‘z ichiga oladi. Rasmiy va norasmiy statistika o‘z vazifasini hamma uchun
xizmatlar ko‘rsatishda, ijtimoiy axborot infratuuilmasi sifatida faoliyat qilishida, deb
biladi. Boshqacha aytganda, u bozor iqtisodiyotining axborot infratuuilmasi
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli funksiyalari va egallaydigan
mavqeida rejali ho‘jalikka nisbatan yana boshqa farqlar ham mavjud.
Xo‘sh, statistik ma’lumotlarni qanday olish mumkin?
Ularni avvalambor, turli bosma matbuot vositalaridan olish mumkin.
O‘zbekistonda chiqadigan gazeta va jurnallarda ayrim korporatsiya va korxonalarning,
tijorat banklarining moliyaviy hisoblari bosilib chiqadi. O‘zbekiston iqtisodiy va
ijtimoiy hayotiga va ayrim sohalariga oid ko‘p statistik ma’lumotlar “Iqtisodiy
axborotnoma”, “Ekonomicheskoe obozrenie” (iqtisodiy sharhlar), “Dengi i kredit” (pul
va kredit), “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnallarida va “O‘zbekiston iqtisodiy
yo‘nalishlari” loyihasi nashrlarida bosilib chiqmoqda.
Ammo statistik axborotlarning asosiy manbai bo‘lib, O‘zbekiston Davlat
Statistika Qo‘mitasi va uning mahalliy tashkilotlari tomonidan bosib chiqariladigan
“O‘zbekiston Respublikasining … yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy
ko‘rsatkichlari” va boshqa statistik to‘plamlar (“… yilda O‘zbekiston Respublikasi
xalq xo‘jaligi” deb nomlangan) xizmat qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi
haqida” va Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligini qayta tashkil etish haqida”gi 24 dekabr 2002 yil UP-3183 sonli
Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 yanvar 2003
yil 8 – sonli qaroriga asosan tuzilgan bo‘lib, mamlakatimizda statistika sohasida
yagona siyosat ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxsdir.
Davlat Statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi va milliy
manfaatlariga muvofiq, ilmiy asoslangan uslubiyat, xalqaro andoza va qoidalar asosida
tuzilgan va taraqqiy etgan axborot tizimini barpo etib, yagona davlat siyosatini amalga
oshiradi hamda davlat idora va boshqaruv organlari, ho‘jalik yurituvchi boshqa
subyektlarning respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ma’lumotlarga
bo‘lgan talabini qondiradi.
Davlat Statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
“O‘zbekiston
Respublikasi Davlat Statistikasi to‘g‘risida”gi Qonun
va boshqa rasmiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman
(shaharlar) statistika bo‘limlari bilan birgalikda Davlat
Statistika qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi. 2.2-tarhda bu tizimning tuzilishi
tasvirlangan.
O‘zbekiston
Davlat
Statistika Qo‘mitasi tizimi
– statistik ma’lumotlarni
ishlab
chiqaruvchi
va
iste’molchilarga yetkazib
beruvchi fabrika
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO’MITASI
Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar statistika boshqarmalari
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar
markazi
Tumanlar (shaharlar) statistika bo’limlari
Qo’mita raisi
Statistika kengashi
Birinchi o’rinbosar
(metadalogiya masalalari,
umumiy statistik ishlar va
MHT)
Statistik ishlarni tashkil etish
va metadalogiyasi boshqarmasi
Milliy hisoblamalar
boshqarmasi
Umumiy statistik ishlar
boshqarmasi
Moliya va narxlar statistikasi
boshqarmasi
O’rinbosar (iqtisodiy real
sektor va komunikatsiyarlar)
Sanoat hududiy-iqtisodiy
majmui statistikasi
boshqarmasi
Qishloq xo’jaligi va ekologiya
statistikasi boshqarmasi
Investitsiyalar statistikasi
boshqarmasi
Kommunikatsiya va xizmatlar
sohasi statistikasi boshqarmasi
O’rinbosar (demografiya,
bandlik sohasi va ijtimoiy
rivojlanish)
Demografiya va mehnat bozori
statistikasi boshqarmasi
Aholi turmush darajasi,
ijtimoiy soha va sotsiologik
tekshirishlar statistikasi
boshqarmasi
Tadbirkorlik, kichik va xususiy
biznes statistikasi boshqarmasi
Rejim bo’yicha o’rinbosar
Birinchi bo’lim
Kadrlar bo’limi
Ishchilar boshqarmasi
EHM dasturliy-texnikaviy
ta’minoti, statistik
axborotlarni tayyorlash va
chop etish Bosh
boshqarmasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat
statistikasi boshqarmasi
Xalqaro hamkorlik bo’limi
Buxgalteriya va moliyaviy-
iqtisodiy hisob va hisobot
boshqarmasi
2.2-tarh O’zbekiston davlat statistikasi tashkilotlarining tuzilishi
Davlat statistika qo‘mitasi zimmasiga quyidagi asosiy
vazifalar yuklangan:
-xalqaro statistika andozalari va qoidalariga mos ilmiy
asoslangan statistika uslubiyati va ko‘rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish;
-mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ifodalovchi statistik axborotlarni yig‘ish,
tayyorlash, saqlash va tahlil qilish;
-davlat hokimiyati va idoralariga statistik axborotlarni taqdim etish (qonunlarga
muvofiq);
-respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi statistik
ko‘rsatkichlarning haqqoniyligi, xolisligi, tezkorligi, barqarorligi va o‘zaro
bog‘liqligini ta’minlash;
-xorijiy davlatlar statistika xizmatlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan
statistika axborotlarini elektron ayri boshlashni amalga oshirish hamda axborotlar
to‘plab borish;
-respublikada yagona statistik axborotlar makonini shakllantirish va qo‘llab
quvvatlash;
-milliy hisoblamalar tizimi va yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga bo‘lgan
talabga e’tiboran, ishlab chiqish hamda respublikada statistika tizimini bosqichma-
bosqich isloh qilish.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi haqidagi Nizom”da davlat statistika
tizimining boshqa funksiyalari, burch va vazifalari batafsil bayon etilgan. Davlat
Statistika qo‘mitasi qoshida Statistik Kengash tuzilgan bo‘lib, u davlat statistikasini
rivojlantirish, faoliyat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha kollegial
maslahatchi tashkilot hisoblanadi. Uning a’zolari O‘zbekiston Prezidentining Farmoni
bilan tasdiqlangan bo‘lib, iqtisodiy vazirlik va idoralarning yetakchi mutaxassislari,
siyosiy tashkilotlar, jamg‘armalar va boshqa jamoatchilik vakillari, ilmiy tekshirish
institutlari va oliy o‘quv yurtlarining olimlarini o‘z ichiga oladi.
Ayrim vazirliklar, idora va korxonalarda
statistika
ishlari
bilan
maxsus
bo‘linmalar
shug‘ullanadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash, suv
xo‘jaligi, respublika yer fondidan foydalanish, davlat
moliyaviy resurslari, soliqqa tortish, pul aylanmasi va
hokazolar haqidagi ko‘rsatkichlar tegishli ma’muriy-
idoraviy
statistika
tomonidan
to‘planadi
va
umumlashtiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasini amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika
tizimiga o‘tkazish Davlat Dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining
1994 yil 24 avgust 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bu dasturda ko‘zlangan asosiy
tadbirlar o‘tgan davrda amalga oshirildi, jumladan, milliy hisobchilikning asosiy
hisoblamalari yaratildi, moliya, pul, baholar statistikasi qaytadan ishlab chiqildi, bir
Davlat
statistika
qo‘mitasi
ko‘p
qirrali
vazifalarni bajaradi
Ma’muriy
idoraviy
statistika O‘zR Davlat
statistika qo‘mitasi vakolat
bergan axborotlarni o‘z
tizimlmasi
doirasida
to‘playdi va taqdim etadi.
qator tarmoq va soha statistikalari xalqaro andozalar asosida isloh qilindi. Amalga
oshirilmay qolgan masalalar va boshqa yangi tadbirlarni o‘z ichiga olgan “2005
yilgacha O‘zbekiston davlat statistikasini isloh qilish tizimini Kompleks Dasturi”
ishlab chiqildi. Hozirgi kunda hayotda amalga oshirilmoqda.
Xalqaro statistikani tashkil etish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti
(BMT) va uning ixtisoslashgan muassasalari, Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT),
sog‘liqni saqlash butun dunyo tashkiloti (VOZ), Oziq-ovqat komissiyasi (FAO),
maorif, madaniyat va fan sohasida hamkorlik komissiyasi (YuNESKO) hamda boshqa
xalqaro tashkilotlar - Ovropa iqtisodiy hamkorligi, xalqaro valyuta fondi,butun dunyo
banki, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro
tashkiloti va boshqa muassasalarning statistika
xizmatlari diqqat markazida turadi. Ular turli
mamlakatlar
statistik
ma’lumotlarining
taqqoslamaligini ta’minlash maqsadida xalqaro andoza
(standart) va tavsiyalarni ishlab chiqadi, xalqaro
taqqoslashlarni amalga oshiradi, mamlakatlar guruhi,
mintaqa va butun dunyo bo‘yicha statistik
ma’lumotlarni bosib chiqaradi. Bosma to‘plamlar
orasida BMT yilnomasi Statistics Yearbook, butun dunyo banki yilnomasi
International Financial Statistics (Yearbook), xalqaro valyuta fondi blyuteni Bulletin
of IMF, Xalqaro demografiya tashkiloti yilnomasi Demographic Yearbook, Xalqaro
mehnat tashkiloti yilnomasi Yearbook of Labour Statistics ayniqsa diqqatga
sazovordir.
Xalqaro statistika instituti statistika sohasida xalqaro ilmiy markazdir, u 1887
yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifasi - statistik usullar va ishlamalarni
unifikatsiyalash, davlat statistikasi uslubini takomillashtirish, statistika nazariyasi
rivojlanishiga ko‘maklashish. Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligi (MDX) a’zo
mamlakatlari statistika xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan 1992 yilda
tuzilgan MDH Statistika Qo‘mitasi shug‘ullanadi. U MDH a’zo - mamlakatlari
bo‘yicha statistik to‘plamlarni nashr etadi.
Xalqaro
statistika
tashkilotlari
-
ma’lumotlarning
mamlakatlararo
taqqoslamaliligini
ta’minlaydigan standartlar
yaratuvchi va ularni amalga
oshiruvchi tashkilotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |