2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab
qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?,
qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday
savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi.
Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari,
nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik
formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish
subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday
qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining
miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va
tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh).
Statistik kuzatish uslubiyati
Dasturiy – uslubiy masalalar
Tashkiliy masalalar
Kuz
ati
sh
maqs
adi
va
va
zi
fa
la
ri
Kuz
ati
sh
ob
y
еkti
Kuz
ati
sh
,
his
ob
va
his
obot
bir
li
gi
ob
y
еkti
Kuz
ati
ch
da
stur
i
S
tatis
ti
k
for
mul
al
ar
Yo’
riqnom
a
Kuz
ati
sh
s
u
b
y
еkti
Kuz
ati
sh
us
ull
ar
i
va
tur
lar
i
Kuz
ati
sh
joyi
Kuz
ati
sh
va
qti
muddati
va
kr
еti
k
mom
еnt
Ka
dr
lar
tayyor
la
sh
va
bo
sh
qa
mas
alala
r
2.3-tarh. Statistik kuzatishning dasturiy va tashkiliy masalalari.
Kuzatish maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri belgilash
tekshirishni to‘g‘ri va aniq tashkil etish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki maqsad va vazifalariga
qarab barcha dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalar
yechiladi. Maqsad va vazifalarni mujmal belgilash
kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlar to‘planishiga,
zarurlarini esa tushib qolishiga olib keladi. Pirovard natijada ortiqcha mehnat va
mablag‘lar sarflanadi.
Kuzatish obyekti - bu o‘rganilayotgan hodisalar
va jarayonlar, ya’ni korxonalar va tashkilotlar,
ho‘jaliklar, kishilar, oilalar, uy ho‘jaliklari, va
hokazolarni ularning faoliyati jihatidan qaralgan
to‘plami. Ularning muhim belgilari haqida ma’lumotlar
to‘planadi va ular asosida to‘plamni ta’riflaydigan
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Kuzatish obyektining aniq miqyosini,
ko‘lamini belgilayotganda vaqt, fazo, moddiy tuzilish va o‘lchov birligi jihatidan
o‘lchamlarini aniqlash lozim. Bu jarayon kuzatish obyektini chegaralash deb ataladi.
Buning uchun uni aniqlovchi belgilar: me’yorlar to‘plami belgilanadi.
Kuzatish obyektini chegaralash maqsadida
senzlardan foydalaniladi. Senz so‘zi ikki ma’noga ega
bo‘lib, birinchi holda ro‘yxatlarni anglatadi, masalan,
AQShdagi agromelirativ senzlar, ikkinchi holda esa
belgi me’yorni bildiradi. Kuzatish obyektini
belgilashda bu tushuncha ikkinchi ma’noda qo‘llanadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 31.08.2003 yil Farmoniga
binoan, 1 yanvar 2004 yildan boshlab kichik tadbirkorlik kategoriyasi uchun quyidagi
senz belgilangan:
Kuzatish maqsadi va
vazifalarini
to‘g‘ri
–
kerakli ma’lumotlarni kam
xarajatlar bilan to‘plash
imkoniyatini tug‘diradi.
Kuzatish obyekti - bu
ma’lumotlari to‘planishi
lozim bo‘lgan korxona va
boshqa ho‘jalik yurituvchi
seb’ektlar to‘plamidir.
Senz – bu kuzatish
obyektini
aniqlovchi
me’yor,
belgilar
to‘plamidir.
Mikrofirmalar – o‘rtacha yillik xodimlar soni quyidagi chegaradan oshiq
bo‘lmagan yuridik shaxs:
-
ishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 kishi;
-
xizmat sohasi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – 10 kishi;
-
ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanishda – 5 kishi.
Kichik korxona – o‘rtacha yillik xodimlar soni mikrofirmalarga belgilangan
chegaradan ortiq ammo quyidagi songacha bo‘lgan yuridik shaxs:
-
engil va oziq-ovqat, metalga ishlov berish va asbobsizlik, yog‘ochga ishlov
berish, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati – 100 kishi;
-
mashinasizlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlov berish, qurilish va
boshqa sanoat ishlab chiqarish sohasida – 50 kishi;
-
fan, ilm-fanga xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa xizmatlar sohasi (sug‘urta
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa
noishlab-chiqarish sohalarida – 25 kishi.
Dehqon xo‘jaligi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan
oilaviy kichik tovar xo‘jaligi bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
va sotish bilan oila a’zolari ishtirokida muddatsiz foydalanish uchun biriktirilgan
tomorqa yerda shug‘ullanadi. Fermer xo‘jaligi – yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan
mustaqil ho‘jalik yurituvchi shaxs bo‘lib, fermer xo‘jaligi a’zolarining birlashgan
faoliyatiga asoslanadi va tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini uzoq muddatga
ijaraga berilgan yerda olib boradi.
Kuzatish obyekti bilan bir qatorda uning
subyekti
mavjud.
Kuzatish
subyekti
deb
o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni
qayd qiladigan va to‘playdigan yuridik yoki jismoniy
shaxslar
yuritiladi.
Masalan,
mikroiqtisodiy
statistikada kuzatish subyekti - bu har bir korxona,
tashkilot, muassasa va uy xo‘jaligidir. Ular ho‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z
faoliyatlariga tegishli ma’lumotlarni qayd qiladi. Makroiqtisodiy statistikada esa
statistika tashkilotlari kuzatish subyektidir. Maxsus statistik tekshirish va ro‘yxatlarda
ular boshlang‘ich ma’lumotlarni qayd qiladi va to‘playdi. Hisobotda esa boshlang‘ich
ma’lumotlarni qayd qilish va korxona miqyosida umumlashtirib taqdim etish bilan
ho‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullansa, ularni qabul qilish va umumlashtirish
statistika tashkilotlarining vazifasi hisoblanadi. Bu holda ho‘jalik yurituvchi
subyektlar, ya’ni korxonalar, firmalar, tashkilotlar va muassasalar hisobot birliklari deb
ataladi.
Kuzatish birligi deganda, kuzatilayotgan obyektning mustaqil bo‘linmas tarkibiy
unsuri, birligi tushuniladi. Kuzatish jarayonida uning muhim belgilari haqida
ma’lumotlar olinadi. Masalan, sanoat faoliyati tekshirilayotganda har bir korxona va
firma, qishloq xo‘jaligini o‘rganilayotganda har bir shirkat xo‘jaligi, dehqon va fermer
xo‘jaligi kuzatish birligi hisoblanadi.
Kuzatish subyekti - bu
o‘rganilayotgan hodisalar
haqidagi
ma’lumotlarni
qayd qiluvchi va to‘plovchi
yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ayrim hodisalarni tekshirishda kuzatish birligi bilan
birga hisob birligi ham belgilanadi. Masalan, chorva
ro‘yxatida har bir mol turi haqida, asbob-uskunalar
ro‘yxatida esa har bir mashina, stanok va boshqa asbob-
uskunalar haqida batafsil ma’lumotlar to‘planadi. Bu
holda ho‘jalik, korxona kuzatish birligi bo‘lsa, uning
qayd qilinadigan har bir belgisi hisob birligidir.
Kuzatish
dasturi
(programmasi)
deb
o‘rganilayotgan hodisa, obyekt haqida ma’lumot
to‘planadigan belgilar majmui yuritiladi. Boshqacharoq
aytganda, kuzatish dasturi kuzatish jarayonida javoblar
olinishi lozim bo‘lgan savollar to‘plamidan iborat. U
qanchalik to‘g‘ri tuzilsa, tekshirish natijalari
shunchalik yaxshi chiqadi.
Dastur tekshirishda ko‘zlangan maqsad va vazifalarga muvofiq tuziladi. Bu ishni
amalga oshirayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: birinchidan dastur eng
muhim o‘zgaruvchan belgilarni o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, talabalar
o‘zlashtirishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u holda dasturda u talabami yoki yo‘q,
mahmadonami yoki yo‘q, kitob o‘qiydimi yoki yo‘q degan savollarni yozish noo‘rin
bo‘lardi; ikkinchidan, dasturda shunday savollarni (belgilarni) aks ettirish kerakki, ular
yordamida kuzatilayotgan hodisani chuqurroq o‘rganish va olingan ma’lumotlarni
tekshirish imkoniyatlari yaratilsin. Uchinchidan, dasturdagi savollar (belgi nomi) aniq
va qisqa, hammaga tushunarli qilib ifodalanishi kerak; to‘rtinchidan, kuzatish dasturini
tuzish ishiga keng jamoatchilik, ilmiy xodimlar va yirik mutaxassislar jalb qilinishi
lozim, uni maxsus kengashlarda va matbuotda har tomonlama muhokama qilish ayni
muddao.
Kuzatish dasturi 3 qismdan tashkil topadi: asosiy savollar (belgilar), nazorat
savollari (belgilari) va manzilgoh qismi (uni ma’lumot beruvchi subyektni tavsiflovchi
alomatlar yoki qisqacha tanishtiruvchi belgilar ham deb yuritiladi). Quyidagi 2.4-
tarhda dasturning tuzilishi va asosiy belgilari tasvirlangan.
Kuzatish birligi - bu
kuzatish
obyektining
mustaqil bo‘linmas tarkibiy
qismi (birligi) bo‘lib, uning
muhim belgilari haqida
ma’lumotlar olinadi.
Kuzatish dasturi - bu
kuzatish
jarayonida
ma’lumotlari
to‘planishi
lozim bo‘lgan kuzatish va
hisob birligining asosiy
belgilaridir.
2.4-tarh. Kuzatish dasturining tuzilishi va belgilari
Dasturning asosiy qismida ko‘zlanadigan belgilar o‘rganilayotgan obyektning
mohiyati, ichki bog‘lanishlari va rivojlanishi qonuniyatlarini har taraflama
oydinlashtiradigan barqaror axborotlar olishni ta’minlashi lozim.
Kuzatish dasturining ikkinchi qismi masalasiga kelsak, tekshirish savollarini
(belgilari) ko‘zlashdan maqsad asosiy ma’lumotlarni nazorat qilish, ular ishonchli,
to‘liq va to‘g‘ri bo‘lib chiqishini ta’minlashdan iborat.
Har qanday kuzatish dasturi manzilgoh qismiga ega. Unda ma’lumot beruvchi
subyektlarni tanituvchi belgilar aks ettiriladi. Masalan, hisobot shaklida ma’lumotlar
to‘planayotganda tanituv belgilar bo‘lib korxona (tashkilot) nomi va manzilgohi,
davlat statistikasi registridagi shifri, turli tasniflagichlarda ko‘zlangan sinflarga
(guruhlarga) mansubligi, qaysi vazirlik, konsern, uyushma tasarrufidaligi, asosiy
faoliyat turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakli xizmat qiladi.
Yo‘riqnoma kuzatish dasturida ko‘zlangan
belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni ta’minlash
maqsadida tuziladi. Unda kuzatish maqsadi va
vazifalari, uning obyekti va birligi, ma’lumotni qaerdan
va kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarni
rasmiylashtirish tartibi, ma’lumotlar tegishli bo‘lgan
davr (hisobot davri) ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi
va shunga o‘xshash kuzatilayotgan obyekt bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritiladi.
Yo‘riqnomalar odatda ko‘p mutaxassislar ishtirokida puxta tuziladi.
Yo‘riqnoma
(instruksiya) deb kuzatish
dasturida
ko‘zlangan
belgilarni
bir
xil
talqin etish va tushunishni
ta’minlaydigan
ko‘rsatmalar majmuasiga
aytiladi.
Kuzatish dasturining tuzilishi va bеlgilari (savollari)
Asosiy qism yoki
asosiy bеlgilar
(savollar)
Nazorat qismi yoki
tеkshirish bеlgilar
(savollar)
Manzilgoh qismi yoki
tanituvchi bеlgilar
(savollar)
Hodis
a
(ob
y
еkt)
mohi
ya
ti
ni
ta’
ri
flov
ch
i
to’
g’
ri
va
e
gr
i bе
lgilar
T
o’
plam
tuzil
iш
ini
ta’
ri
flov
ch
i bе
lgi
lar
R
ivoj
lani
sh
qonuniyatlar
ini
i
foda
lov
ch
i
bе
lgi
lar
B
еg’
ar
az
holatlar
ni
aniql
ash
u
ch
un
(bе
lgi
lar
)
G’
ar
az
li
holatlar
ni
a
niql
ash
u
ch
un
(bе
lgi
lar
)
Qa
bul
qli
sh
da
хa
tol
ar
ni
tuza
ti
sh
u
ch
un
kе
ra
kli
bе
lgila
r
Ob’
еktl
ar
ni
qiyos
iy
o’
rga
niш
uч
un
kе
ra
kli
bе
lgi
lar
T
ur
li
ta
sni
fla
gi
ch
la
rga
binoa
n
kor
хona
lar
ni
tas
ni
fla
sh
bе
lgi
lar
i
His
ob
int
izomini
ta’
mi
nla
sh
u
ch
un
kе
ra
kli
bе
lgi
lar
Sh
ar
tnom
a
int
izomini
ta’
mi
nla
sh
u
ch
un
kе
ra
kli
bе
lgi
lar
Yo‘riqnoma har bir statistik formulyar uchun alohida
tuziladi. Kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat
statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan
yuritiladi, jumladan hisobot formasi, ro‘yxatga olish
varaqasi, so‘rovnoma (anketa), tabel, nakladnoy, yo‘l varaqasi va hokazolar.
Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi:
1) yakka predmetli formulyar.
2) ko‘p predmetli formulyar.
Kuzatish joyi deganda makon yoki boshqa so‘z
bilan aytganda o‘rganilayotgan hodisa ro‘y berayotgan
joy tushuniladi.
Hisobotda, asbob-uskunalar ro‘yxatida va boshqa iqtisodiy resurslarni har xil shakl va
usullarda kuzatishda korxona, tashkilot va muassasa joylashgan joy kuzatish joyi
hisoblanadi.
Umuman keng ma’noda qaralganda, kuzatish
vaqti hodisani o‘rganish davridir, ya’ni uni tekshirish
boshlangandan, to ma’lumotlarni olish nihoyasiga
yetguncha o‘tgan vaqt oralig‘i (davr)dir. Bu holda u
ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqtni ham, ularni
to‘plash vaqtini ham o‘z ichiga oladi. Statistik kuzatish
tor mazmunga ega bo‘lib, faqat ma’lumotlarni to‘plash
jarayonini anglatgani uchun, uning vaqti deganda mazkur ishni (ma’lumotlar
to‘plash)ni bajarish uchun belgilangan vaqt oralig‘i tushuniladi. U hodisani o‘rganish,
ro‘yobga chiqish davrini, ya’ni u haqidagi ma’lumotlar tegishli bo‘lgan vaqt oralig‘ini
o‘z ichiga olmaydi. Hisobotda bu vaqt oralig‘i hisobot davri deb ataladi. Hisobot davri
uning birinchi kuni 00 soatdan boshlab to oxirgi kuni 24
00
soatgacha o‘tgan vaqt
uzunligi bilan o‘lchanadi. Kuzatish muddati esa hisobotni taqdim etish uchun
belgilangan vaqt oralig‘i hisoblanadi.
Hodisalar holatini, mavjud sonini aniqlashda kuzatish vaqti qilib vaqt oralig‘ini
belgilab bo‘lmaydi, chunki uning davomida hodisa holatida, demak mavjud sonida
katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu holda suratga olish
jarayonida qo‘llaniladigan usuldan foydalanish kerak. Ma’lumki, surat fotoapparat
obyektivi ochilish onida (paytida) foto obyekt (masalan, biror kimsa) ega bo‘lgan
qiyofani aks ettiradi. Hodisalar holati ustidan statistik kuzatish tashkil etish uchun ham
shunday qayd qilish paytini belgilash lozim. Bu esa muayyan fursatda mavjud bo‘lgan
hodisalar soni va tuzilishini aniqlash imkonini beradi.
Hodisani hisobga olish, qayd qilish tenglashtirilgan bunday payt keskin fursat
(kritik moment) deb ataladi. Aholi ro‘yxatida va boshqa tez harakatchan hodisalar
ro‘yxatida hamda ularning joriy hisobi asosida mavjud soni aniqlanayotganda keskin
fursat belgilanadi. 1989 yil aholi ro‘yxatida keskin fursat qilib 11 yanvardan 12
yanvarga o‘tar kechasi 24
00
soat belgilangan edi. Aynan shu fursatda yashash joyida
Statistik formulyar -
kuzatish ma’lumotlari qayd
qilinadigan hujjat.
Kuzatish joyi - bu
kuzatish birligi joylashgan
makon.
Statistik kuzatish vaqti
-
bu
kuzatish
tenglashtirilgan
fursat
(payt) va o‘tkaziladigan
muddat.
mavjud bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olindi, ya’ni 12 yanvar 00 soatgacha tug‘ilgan
bolalar ro‘yxatga olingan, undan keyin tug‘ilganlar esa ro‘yxatga olinmagan, shu
vaqtgacha o‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tmagan, keyin o‘lganlar esa mavjud aholi
sifatida ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatda kuzatish vaqti – bu ro‘yxatga olish ishi davom
etadigan vaqt oralig‘idir. 1989 yil aholi ro‘yxatida 12 yanvardan boshlab 20
yanvargacha bo‘lgan muddatdan iborat.
Kuzatishni o‘tkazish bir qator tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni bajarish bilan
bog‘liqdir. Birinchidan, kuzatiladigan birliklarning taxminiy ro‘yxati tuziladi va
kuzatish joylari belgilanadi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish uchun dastavval aholi
yashaydigan punktlar, shaharlarda esa bundan tashqari uy daftari tartibga solinadi.
Bular ro‘yxat o‘tkazilayotganda kuzatish birliklarini tushirib qoldirmaslik va ro‘yxat
o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar miqdorini va kadrlar sonini aniqlash uchun kerak.
Ikkinchidan, kuzatish formulyarlari, blanklar, varaqalar, ularni tuzish yo‘riqnomalari
tayyorlanadi va joylarga yetarli miqdorda tarqatiladi. Uchinchidan, kuzatiladigan
makon hududi uchastkalar (qismlar)ga bo‘linadi, kerakli kadrlar soni va aniq shaxslar
belgilanadi. To‘rtinchidan, kuzatishga jalb qilingan mas’ul shaxslar bilan maxsus
mashg‘ulotlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |