2.2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish,
ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi
bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida
namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash
uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar
to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z
bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash
kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega:
1)
biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab
ko‘zdan kechirish;
2)
biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3)
voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish
uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan
obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror
predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud
miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli
shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va
operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob
turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish
masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik
kuzatish
va
uning
natijasida
to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi
kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har
taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.
Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun
statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning
aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-
uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq.
Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi,
statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma
(instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla
va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq.
Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan
obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini
kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning
maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega.
Statistik kuzatish - bu
o‘rganilayotgan ommaviy
hodisalar
haqida
boshlang‘ich
ma’lumotlarni
to‘plash
jarayonidir
Statistik
kuzatishga
talablar: aniqlik, to‘lalik,
taqqoslamalik
To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy
masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq.
Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial
funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar
noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq
tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd
qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar.
Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni
saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi.
Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni,
birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir.
O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa,
yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va
ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan
tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan
yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu
holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy
faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda
ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi.
Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash
maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid
baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash
mumkin.
Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt,
joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir
vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak.
Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi
ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib
bo‘lmaydi.
Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini
ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni
(andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish
muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat
miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni
tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish
jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib
qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda
xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar
deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda,
statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda,
ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida
butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar
birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya
Milliy
standart
-
muayyan
mamlakat
miqyosida, xalqaro standart
esa-butun
jahon
yoki
mamlakatlar
birlashmasi
miqyosida
hodisalarni
tasniflash, ko‘rsatkichlarni
tuzish
va
hisoblash,
ma’lumotlarni
qayd
qilishda
qo‘llanadigan
umumiy talab, tartib va
kontseptsiyalar
majmuasidir
etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy
standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy
xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |