- bu tipdagi tomirlarga aorta va elastik tipli arteriyalar kiradi. Ulaming
vazifasi yurakdan zarb bilan otiladigan qonni to ‘la - tekis qon oqimiga
aylantirish; 2) rezistiv (qarshilik ko‘rsatuvchi) tomirlar - bularga tom ir
o ‘zanining pre va postkapillar sohalarida
joylashgan arteriolalar va
venulalar kiradi; 3) almashunuv tomirlari - bu tomirlarni kapillarlar va
ven u lalar tashkil qiladi - ular orqali qon va to ‘qim a o rasida ikki
tom onlam a m odda alm ashunuv ta ’m in lanad i; 4) sig ‘im to m irlari —
bularg a a so sa n m ay d a v e n a la r k ira d i - u la rd a q onning 7 0 -8 0 %
tom irlarga taqsim lanish va yurakka qaytish uchun depolanadi.
Rezistiv tipli tomirlar patologiyasiga arterial giper - va gipotenziyalar
kiradi. A rterial gipertenziya to‘g ‘risida arterial qon bosim ining (AB)
160/95 mm sim . ust. ga teng va undan yuqori b o ‘lganida g ap irish
mumkin. U birlamchi (gipertoniya kasalligi) va ikkilamchi (simptomatik
gipertenziya) turlarga bo‘linadi.
G ipertoniya (xafaqon) kasalligi (G K ).
Etiologiyasi.
G. F.
Lang ilk
bor GK ning nervogen tabiati to‘g ‘risida taxmin qildi. Bu fikr keyinchalik
A. L. M yasnikov va uning shogirdlari tom onidan ilmiy izlanishlarda
tasdiqlandi. GK rivojlanishi asosida MAT oliy qismlari funksiyasining
birlamchi buzilishi yotadi. MAT nevrotik holatiga ko ‘pincha uzluksiz
takrorlanadigan stresslar olib keladi. G. F. Lang GK ni «javobsiz qolgan
hissiyotlar»
kasalligi deb atadi, u bu bilan kasallik rivojlanishida salbiy
hislaming alohida patogenetik roliga e ’tibom i qaratdi.
So‘nggi vaqtlarda arterial gipertenziya rivojlanishida ko‘proq tomir
devori hujayralarida Sa nasoslari, jumladan, kalmodulin funksiyasining
buzilishlari bilan bog‘liq Sa konsentratsiyasining o ‘zgarishlariga
katta
ahamiyat berilmoqda (Postnov YU. V., 1989). Tomirlarda qon bosimi
k o 'ta r ilis h ig a o lib k e la d ig a n p a to lo g ik o ‘z g a ris h la r m u ra k k a b
zanjirining boshlang‘ich zvenosi tomir mushaklari va qon hujayralarida
kalsiy balansining buzilishidan iborat. Keyinchalik kalsiy miqdori asab
oxirlarida ham k o ‘payadi. Natijada ular k o ‘p
m iqdorda noradrenalin
ajrata boshlaydi, u esa tomirlar torayishiga olib keladi.
G K riv o jla n ish id a m uhim ro lni tu z rejim in in g b u z ilish i ham
o ‘ynaydi. JSST m a ’lum o tlariga k o ‘ra , ich im lik suvida N aC l ning
maksimal miqdori 600 mg/l dan oshmasligi kerak. Tarkibida N a xlorid
ko‘p b o ‘lgan suvning iste’mol qilinishida GK k o ‘proq uchraydi. Bir
kunda 5 g dan k o ‘proq tuz iste’mol qilinishi
birlamchi gipertenziya
rivojlanishiga olib kelishi mumkin. «Tuzli gipertenziya»ning tajribada
m odellashtirilishi ham GK rivojlanishida k o ‘p miqdorda tuz iste’mol
qilishning aham iyatini tasdiqlaydi.
G K yuzaga kelishida yosh ham m a’lum darajada ahamiyatga ega.
Q arilikning gipertoniya kasalligining kelib chiqishiga imkon beruvchi
roli ilgaridan yaxshi m a’lum. Shu bilan birga, ayniqsa, hozirgi vaqtda,
birlam chi gipertenziya yoshlar orasida ham uchramoqda. B. S.
Aripov
(1 9 8 8 ) m a ’lu m o tla rig a k o ‘ra , y u q o ri s in f m aktab b o lalari orasida
gipertoniy a oldi holati k o ‘proq so d ir b o ‘lmoqda. 40 yoshgacha GK
bilan erkaklar, ayollarga qaraganda ko‘proq kasallanadilar, 40
yoshdan
keyin esa nisbat qarama - qarshi tus oladi.
G K rivojlanishida unga nisbatan nasliy m oyillik (yaqin va uzoq
qarindoshlarda G K va tom ir kasalliklari bo‘lishi) katta ahamiyat kasb
etadi. Boshqa imkon beruvchi om illar orasida chekish va alkogolning
k o ‘p iste’mol qilinishi ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: