93
unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‗lgan yerlarga
nisbatan ko‗p bo‗ladi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‗liq bo‗lgan
muammoni hal qilishga uringan. Lekin
bu yerda ham olim mazkur
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‗lishi kerak. Ammo u bu
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya‘ni yerning bahosini
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‗paytirish mumkin bo‗lgan
sonni topa olmadi.
Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan
kelib chiqadigan
ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗liqlik g‗oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‗ynadi.
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‗tadi. Ma‘lum ma‘noda xuddi
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi.
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo‗lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‗lgan pul
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer
egasi o‗z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‗sha summadan ko‗pini ham
ololmaydi, negaki bunday summani to‗lashga rozi bo‗lgan kapitalistga
birdaniga juda ko‗p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan,
biroq o‗limidan so‗ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr
etilgan. Bu kitoblar ko‗proq traktatlar bo‗lib, izchil tuzilmaga rioya
qilinmagan edi. Petti to‗quvchilar oilasida tug‗ilgan bo‗lib, kam-
bag‗allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15
yoshigacha
navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‗rganib
bo‗lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi
iqtisodiy o‗zgaruchanlik o‗lchovi mavzusini yoqlagan birinchi iqtisodchi
sifatida faoliyat ko‗rsatib, hayoti so‗nggida nihoyatda boyib ketgan.
Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular Uilyamning
amaliy qiziqishlari natijasi edi,
jumladan, ular soliq siyosati, pul va
o‗lchov masalalariga bag‗ishlangan edi.
Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676-yilda yozilgan bo‗lsa-da, 1690-
yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi fanga
yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan‟anaviy usuldan
foydalanaman. Nisbiy va absolyut so„zlarni, intellektual ta‟kidlarni
ishlatishdan ko„ra men… son, og„irlik va o„lchovlar orqali
94
tushuntiraman, sezgilarga ta‟sir qiluvchi ta‟kidlarnigina ishlatish va
faqat shunday sabablarni o„rganish tabiiy asoslarga ega
17
.
U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o‗zgarishlardan
chuqur ta‘sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‗z tahlillarini faqatgina so‗z
orqali
ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga
induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
Petti ijtimoiy voqealarni o‗lchashda statistik usullarni qo‗llashni
ochiqchasiga ma‘qullagan birinchi olim bo‗lgan bo‗lsa kerak. U aholi
sonini, milliy daromadni, eksportni,
importni va xalqning asosiy
jamg‗arilgan kapitalini o‗lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan
tashqari xom bo‗lib, Adam Smitning siyosiy arifmetikasidan kam
foydalanganligini ko‗rsatar edi.
Petti o‗z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist bo‗lib
ko‗rinsa ham, keyinchalik uning xulosalari iqtisodiy nazariya va ijtimoiy
fanlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: