315
XV BOB. IQTISODIY O„SISH TO„G„RISIDAGI NAZARIYALAR
15.1.Iqtisodiy o„sish to„g„risidagi dastlabki nazariyalar
Makroiqtisodiyotga berilgan e‘tibor
va taqsimot masalalari
Rikardoning 19-asrning 1 choragida olib borilgan ta‘limotlaridan tortib
to 1930-yillarigacha, ya‘ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk
depressiya sharoitlarigacha o‗z ustunligiga ega bo‗lib keldi.
Josef Shumpeter iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bo‗yicha o‗zining
mashhur kitobida (iqtisodiy o‗sishga oid g‗oyalari) iqtisodiy o‗sishga
doir fikr bildiruvchi iqtisodchilarning ikki turi: optimistlar hamda
pessimistlar mavjudligini aytib o‗tadi. U bozor iqtisodiyoti iqtisodchilari
Maltus, Rikardo va Jeyms Mill singari kuchli pessimist guruhlari
o‗rtasiga tushib qolishini nazarda tutadi. Shu kabi bozor iqtisodiyoti
olimlari hattoki, ijara haqi oshayotganda
ham tushum miqdorining
kamaytirilishini va iqtisodiyot gullab-yashnayotgan statsionar holat
tomon borishini yoqlashadi. Shuningdek, ular iqtisodiyot o‗tgan
davrlarga qaraganda yuqori sur‘atlarda o‗sayotgan sharoitlarda ham
ushbu fikrlarida turib olishadi. Shumpeter ta‘kidlab o‗tganidek, ular
―Texnologik yangilanish va kapital darajasidagi o‗sish kabi jarayonlar
oxir-oqibat tushumlar miqdoridagi kamayishlarni aks
ettiruvchi adolatli
qonun ustidan murosaga kelishini ta‘kidlab o‗tadilar‖
74
.
Asosiy bozor iqtisodiyoti olimlari ichida bunga istisno tariqasida
J.S.Mill maydonga chiqdi, u Maltus va Rikardo qarashlarida aks etgan
iqtisodiy o‗sish va texnologik jarayonlar haqida ko‗proq fikr bildirib,
davomiy iqtisodiy o‗sish nazariyasi to‗g‗risida o‗zining
optimistik
fikrlarini keltirdi. Ammo Mill qarashlarini yaqindan o‗rganish u
texnologiya va kapitalning davomiy sur‘atlarda rivojlanishi to‗g‗risida,
ya‘ni har qanday jamiyatlar o‗zining tug‗ilish darajalarini cheklab
borishini hamda shundan kelib chiqqan holda marjinal daromadlar
miqdorining muqarrar tarzda kamayib borishining sekinlashishi
kerakligini asoslab bera olmaganligini tasdiqlaydi.
Mill umrining oxirlariga kelib, pessimistik g‗oya vakiliga aylandi. U
statsionar holat yaqin kelganligiga ishonch hosil qilgandek bo‗lib
ko‗rindi. Ammo ushbu holat yetarlicha yomon natijaga yetaklaganligini
74
J. A. Schumpeter,
History of Economic Analysis
(New York: Oxford University Press, 1954), p. 571.
316
ko‗ra olmadi. U statsionar holatni ijtimoiy tenglik hamda o‗rtacha
rivojlanish darajasiga ega bo‗lgan qulay holat sifatida ko‗rdi. Bu kabi
holatni keltirib o‗tishi
aniq bir hol edi, chunki u daromadlar
taqsimlanishi ijtimoiy hamda iqtisodiy kuchlar tomonidan aniqlanishi
shartligini ifodalab o‗tgan edi.
Bu Genri Kerri (1793-1879) va Fridrix List singari noortodoks
iqtisodchilarning optimistik qarashlarini qo‗llab-quvvatlashga bo‗lgan
nazariyalariga teskari holat edi. 12-bobda ta‘kidlab o‗tilganidek,
iqtisodchi List o‗z nazariyasi orqali empirik kuzatuv va tarixiylik
metodini qo‗llagan nemis tarixiy maktabi namoyondalaridan biri edi.
Iqtisodiyot o‗zining o‗tgan davriga qaraganda yuqori sur‘atlarda
rivojlanayotganligini seza olganligi sababli ham iqtisodiy o‗sish cheksiz
tarzda davom etib borishiga ishonch hosil
qilish unga hech qanday
qiyinchilik tug‗dirmagan. Karri yuqoridagi nazariyani rad etgan hamda
tarixiylik va empirik kuzatuv metodlarini yoqlab chiqqan Amerika
iqtisodchisi hisoblanadi.
Optimist iqtisodchilar List va Barey savdo tariflarining joriy
etilishi kerakligini bildirishganida pessimist iqtisodchi Rikardo
tomonidan erkin savdoning qo‗llab-quvvatlanishi qiziq bir holat edi. Bu
farq esa nazariyaning amaliyotdan yiroqligini
va farazdan foydalanish
zarurligini nazarda tutdi. Rikardoning nazariy asoslangan ―qiyosiy
ustunlik modeli‖ erkin savdo siyosatining ustunlik tomonlarini aks
ettirdi. Ammo modelning statik ko‗rinishi savdo tushumlariga erishilgan
bir paytda, iqtisodiy o‗sish to‗xtab qolishi mumkinligini ifodalar edi.
List va Kerri nazariyaga kamroq, lekin kuzatish va tarixiylik metodlariga
ko‗proq e‘tibor qaratdilar. Iqtisodiyotning bevosita kuzatuvlari
texnologiyaning muhimliligini va uzluksiz iqtisodiy o‗sish ehtimoli
bo‗lishligini aniqlab berdi. Mazkur texnologiyalarni tariflar orqali
tartibga solish muhim ekanligi taklif etildi.
Smitning savdo mehnat
taqsimotini yo‗lga qo‗yish orqali texnologiyalarni takomillashtirishi,
shuningdek, hamma uchun foydali bo‗la olishligi to‗g‗risidagi qarashlari
ustida bahs olib borish ancha qiyin masala hisoblanadi; Ushbu davrning
bozor iqtisodchilari List va Kerrining fikrlariga qarshi hujum qilishdi
hamda iqtisodchilar nazariy xatolarga yo‗l qo‗yganliklarini ko‗rsatib
o‗tishdi. Ammo bozor iqtisodchilari List va Kerri qarashlarining asl
mohiyatini, ya‘ni kamayib boruvchi marjinal daromadlar texnologik
jarayonlar orqali butunlay ustunlikka ega bo‗lishini tushuna olishmadi.
Zamonaviy iqtisodiyot namoyondalari ham Marksning iqtisodiy o‗sishni
o‗zida ifodalagan qarashlariga e‘tibor berishmadi.
317
Yangi klassik iqtisodiyot shakllanib borishi
natijasida iqtisodiy
o‗sishga qaratilgan e‘tibordan chetlanishlar tezlasha bordi. Alfred
Marshalldan istisno tariqasida, yangi klassik iqtisodchilari Millning
iqtisodiy o‗sish qarashlarini e‘tirof etdilar hamda statik tenglik
tushunchasiga alohida e‘tibor qaratib o‗tdilar. Mill va Marshall fikrlariga
ko‗ra texnologik jarayonlar takomillashuvi iqtisodiy o‗sish
holatini
vaqtinchalik keltirib chiqarishi, ammo qishloq xo‗jaligi va xomashyo
materiallari misolida olib qaralganda kamayib boruvchi daromadlar
qonuni oxir-oqibat ustun kelishi aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: