318
iqtisodiyotga kiritilgan yangi mahsulot va texnologiyalardan keladigan
pirovard natijalarni o‗zida aks ettiradi.
Depressiyaning natijasi boshqariluvchi, samarali faoliyat olib
boruvchi korxonalarni chetga surgan holda iqtisodiyotni larzaga solishda
ishtirokchi bo‗lib
qatnashishi sanaladi, shuningdek, ushbu jarayon
sog‗lom iqtisodiyot, boshqariluvchi, samarali faoliyat yurituvchi
korxonalarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beradi.
Ammo Shumpeter fikricha, iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari
noiqtisodiy omillar sanalib, jamiyatning
institutsional tuzilmasida
namoyon bo‗ladi. Shumpeter tadbirkorlar, deb nomlanganlarning ish
faoliyatini sanoatlashgan olamda sodir bo‗lgan ulkan iqtisodiy o‗sish,
deb baholagan. Tadbirkor Shumpeter fikricha, shunchaki biznesmen
yoki ish boshqaruvchi emas, balki u tabiatan tavakkalchilikka qo‗l
uradigan
va
iqtisodiyotga
innovatsiyaviy
mahsulotlar
va
texnologiyalarni olib kiruvchi noyob shaxs sanaladi.
Shumpeter ixtiro va innovatsiya tushunchalariga aniq izohlar berib
o‗tadi. Faqatgina kam shaxslar guruhgina, ya‘ni uzoqni ko‗ra biluvchi
innovatsiyaviy biznesmenlar yangi ixtironing potensialiga ega bo‗la
oladilar
hamda
uni
o‗zlarining shaxsiy manfaatlari yo‗lida
foydalanadilar. Ammo ularning manfaatlari
iqtisodiyot uchun ham naf
sanaladi. Tadbirkor tomonidan muvaffaqiyatli innovatsiyaning kiritilishi
natijasida boshqa bir qancha biznesmenlar da‘vo bilan chiqishadi hamda
yangi mahsulot va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha
yoyilishini aytib o‗tishadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‗sishning haqiqiy
manbayi innovatsiyaviy tadbirkorlarning faoliyatida aks ettirilib, riskka
moyil bo‗lmagan tadbirkorlar jamiyati faoliyatida namoyon bo‗lmaydi.
Shuning uchun iqtisodiy o‗sish tadbirkorlar faoliyatini qo‗llab-
quvvatlovchi va rag‗batlantiruvchi institutsional xususiyat orqali
shakllanadi; xususiy mulkchilik hamda davlatning aralashmaslik siyosati
ustun bo‗lgan mamlakatlarda ilk kapitalizm ildizlari iqtisodiy o‗sishga
ideal tarzda mos keladi. Bu davlatning aralashmaslik siyosati va shunga
moyil bo‗lgan hukumatning muhimliligini qanchalik o‗zida aks
ettrmasin, Shumpeter tahlilining mazkur qismi iqtisodiy o‗sishning
klasssik nazariyasi bilan nazariy va ideologik bog‗liqlikda o‗rganiladi,
ammo klasssik nazariya kapital jamg‗armasi hajmining iqtisodiy
omillarini ifodalagan bir sharoitda, Shumpeter iqtisodiyotda tadbirkorlar
o‗rnini tahlil etishda noiqtisodiy, madaniy va sotsiologik omillarni
keltirib o‗tadi. Mazkur iqtisodiy qarashlar va bozor iqtisodiyotiga
319
asoslangan yangi klassik iqtisodiyot
nuqtayi nazaridan qarashlar
Shumpeter fikrlari bo‗yicha quyidagicha ko‗rsatib o‗tilgan:
Bir tizimda paydo bo‗layotgan o‗zgarishlarni boshqa bir tizimda
amalga oshirilgan qator o‗zgarishlar orqali amalga oshirib bo‗lmaydi.
Imkon boricha pochta xodimlarini ko‗proq jalb qilingki, temir yo‗l
xizmatiga hojat qolmasin
75
.
Hozirgi kunga qadar ko‗pchilik kitoblardagi iqtisodiy g‗oyalar
Shumpeter kuzatuvlari kelajakdagi iqtisodiy o‗sish va kapitalizmning
shakllanishi haqida borganligini tasdiqlaydi. Marks kapitalizmning
batamom yemirilishi qarama-qarshiliklar kelib chiqishi natijasida sodir
bo‗lganligini taxmin qilgan bir davrda, Shumpeter uning tugashini
muvaffaqiyat mahsuli sifatida faraz qilgan.
U bezori tadbirkorlarning jasoratli amallariga asoslangan iqtisodiy
o‗sishning romantik qarashlariga ega bo‗lgan
ideologik konservativ
iqtisodchi edi. U ushbu jarayonning davomiyligini ko‗rishni niyat qildi,
shunga qaramasdan, tadbirkorning kapitalizm sharoitlarida bankrot
bo‗lishini hamda jamiyatda intellektual qatlamning yuqori darajadagi
o‗rnining paydo bo‗lishini kutdi. Muvaffaqiyatli tadbirkor sanoat
sohasida riskdan qochuvchi, kam samara bilan ishlayotgan korxonalar
o‗rtasidagi raqobat orqali g‗olib chiqqan katta korxonalar rivojlanishini
qo‗llab-quvvatlaydi. Ammo katta firma tezda riskdan qochishga moyil
hamda ehtiyotkor bo‗ladi va u innovatsiyaviy tadbirkorlar tomonidan
emas, balki byurokratik tashkilot tomonidan boshqariladi.
Shundan
so‗ng byurokratik katta firma tadbirkorlarni sekin-asta yo‗q qila
boshlaydi va ularning o‗rniga ―mulohazali‖ ish yurituvchilarni qo‗yadi.
Yollanma ish yurituvchilar tadbirkorlarni ishga yollagan paytda, katta
korxonalarga
egalik
qilish
befarq
egalik
qilish
hisoblanadi.
Sotsializmning haqiqiy izdoshlari, – deydi Shumpeter Vanderbilt, unga
da‘vat etuvchi intellektual shaxs yoki targ‗ibotchilar emas, Karnegi va
Rokfellerlar esa bundan mustasno‖
76
.
Shumpeter gigant firmalar bir qancha kichik, o‗z egalari tomonidan
boshqariluvchi firmalarni yo‗q qilib yuborsa, kapitalizmni siyosiy
qo‗llab-quvvatlovchilarning kattagina qismi chetga chiqishiga ishondi.
Shumpeterning xulosasiga ko‗ra kapitalizmning muvaffaqiyatli tomoni
xususiy mulkchilikning eski tamoyillarini
bartaraf etishda va u uchun
kurashishning foydasizligida edi. Tadbirkor ishidan ketgan taqdirda
75
J. A. Schumpeter,
Do'stlaringiz bilan baham: