328
Agar milliy daromadda jamg‗armaning S doimiy ulushi saqlanib
qolinsa va kapital koeffitsiyenti o‗zgarmasdan qolsa, iqtisodiy o‗sish
sur‘ati hisoblab chiqilgan (3 foiz o‗sish) darajada bo‗lishi mumkin.
Dinamikadagi muvozanatga erishish muammosi. Iqtisodiyotda
mutanosib o‗sish sur‘atini ta‘minlovchi S va K ning ―Me‘yordan‖
(bizning misolda S = 0.09, K = 3 ) og‗ishini bartaraf etuvchi avtomatik
mexanizm yo‗q. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti
qisqa vaqt ichida
―Me‘yordan‖ yuqori yoki pastga og‗ishi mumkin. Ushbu
koeffitsiyentning Me‘yorli ahamiyati to‗la ish bilan bandlik sharoitida
bir xil, to‗la ish bilan bandlik bo‗lmagan sharoitda boshqacha bo‗ladi.
To‗la ish bilan bandlik sharoitida kapital sig‗imi koeffitsiyenti
ancha past bo‗ladi (K = 2,85), negaki kapital ancha to‗la va intensiv
ishlatiladi
va
natijada
asbob-uskuna,
stanok,
xomashyoning
yetishmasligi kelib chiqadi. To‗la ish bilan bandlik bo‗lmaganda teskari
vaziyat yuzaga keladi (kapital sig‗imi koeffitsiyenti K, aytaylik 3,15 ni
tashkil etadi).
Ziddiyat shundaki, o‗sish sur‘ati yuqori bo‗lganda uni bir oz pasaytirish
zarurligi
taqozo etilsada, kapital sig‗imi koeffitsiyenti o‗sish sur‘atini yana
ham tezlashtirib yuboradi. Pasayish davrida esa, ishlab chiqarish quvvatlari
yetishmasligi kuzatiladi (Y/K ko‗rsatkich pasayadi) va iqtisodiy o‗sish sur‘ati
yana ham sekinlashadi. Demak, bozor mexanizmining o‗zi rivojlanib
borayotgan tizimini barqarorlashtirish o‗rniga uni tebratib turadi.
Xarrod – Domar modeli bo‗yicha, dinamikadagi muvozanat shart-
sharoitlari to‗g‗risida gapirganda, yuqorida qayd qilib o‗tilganidek,
haqiqiy jamg‗armalar bilan taxmin qilinadigan
investitsiyalarning teng
kelishi nazarda tutiladi. U Xarrod formulasida ifodalanadi:
Y
w
K
r
= S,
bu yerda, Y
w
K
r
– dinamik muvozanat uchun talab qilinadigan
miqdorlar;
K
r
– talab qilinadigan kapital koeffitsiyenti (kapital sig‗imi) miqdori;
Y
w
– kafolatlangan o‗sish sur‘ati.
―Kafolatlangan‖ va haqiqiy o‗sish sur‘atlari o‗rtasidagi farqlar
sababli - milliy daromaddagi jamg‗arma hissasining va kapital sig‗imi
koeffitsiyentining o‗zgarib turishi ta‘sirida dinamikadagi muvozanatga
muntazam ravishda emas, balki vaqti-vaqti bilan xato va tuzatishlar
orqali erishiladi.
Haqiqiy o‗sish sur‘ati – bu milliy daromadning
bir yildagi real
o‗sishi:
329
Y =
V / V.
―Kafolatlangan‖ o‗sish sur‘ati milliy daromadning kutilgan o‗sish
sur‘atiga teng bo‗lgan taqdirdagina muvozanatga erishiladi. Agar
kutilgan sur‘at ―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atiga muvofiq kelmasa, unda
haqiqiy o‗sish sur‘ati ―Me‘yordan‖ ancha chetga og‗adi.
Bunday chetga og‗ish va beqarorlik sababli, haqiqiy o‗sish sur‘ati
―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atidan doimo chetga og‗ib turadi. Shu
sababdan Xarrod fikriga ko‗ra iqtisodiy konyunkturaning tebranib
turishi muqarrar.
Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida ―kafolatlangan‖ o‗sish sur‘atiga,
yangi keynschilar fikri bo‗yicha, avtomatik tarzda doimo erishib
bo‗lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun
iqtisodiyotni davlat tartiblab turishi zarur, deb ko‗rsatadilar.
Barqaror o‗sish shartlari. Iqtisodiy o‗sishning keynschilikka
asoslangan tahlilida investitsiya muammosi asosiy hisoblanadi.
Xarrod-
Domar modelida ko‗zda tutilgan maqsadlardan biri ana shu tahlilni
kengaytirishga qaratilgan. Mazkur model qisqa muddatdagi (masalan,
bir ishlab chiqarish doirasidagi) iqtisodiy o‗sish holatini emas, balki
uzoq davrdagi iqtisodiy o‗sish egri chizig‗i qanday bo‗lishini aniqlashga
yordam beradi. Model doimiy, bir Me‘yordagi iqtisodiy o‗sishga
erishish uchun qanday shartlar zarurligini ko‗rsatib berishga yordam
beradi.
Amerika iqtisodchilarining tahlilidan bir
qator shart-sharoitlarning
zarurligi kelib chiqadi:
– iqtisodiy o‗sish nafaqat joriy investitsiyalar darajasini va davlat
kapital qo‗yilmalarini qo‗llab-quvvatlashni, balki ularning ko‗payishini
taqozo etadi; investitsiyalarning ko‗payishi iqtisodiy o‗sishga undovchi
yangi kuch sifatida qaraladi;
– bugungi jamg‗armalar o‗simi bilan kutiladigan investitsiyalar
o‗simi o‗rtasidagi optimal nisbatni ta‘minlash: S = i ; I ;
– talab (investitsiyalarni rag‗batlantirish) va taklifni (barcha ishlab
chiqarish omillaridan foydalanish va to‗la ish bilan bandlik sharoitida
yaratilishi mumkin bo‗lgan yalpi mahsulot)
doimo balanslab turish
zarur;
– taklifning ko‗payishi bilan talabning oshishi o‗rtasidagi tenglik
asosiy kapitalning ko‗payishini ta‘minlovchi investitsiyalarning hal
qiluvchi ta‘siri asosida o‗rnatiladi.
330
Bu yerda shu narsaga e‘tibor berish kerakki, Xarrod-Domarning bir
omilli modeli konkret andozalarni, iqtisodiy siyosat yo‗nalishlarini
ishlab chiqish vositasi emas, balki nazariy tahlil vositasi hisoblanadi.
Mazkur model faqat uzoq muddatli davrdagi o‗zgaruvchan iqtisodiy
o‗sishni muvozanatlashtirib turadigan murakkab o‗zaro
aloqalarni
tushunishga yordam beradi. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti qancha past
bo‗lsa, jamg‗armadan foydalanish uchun imkoniyatlar shuncha ko‗p,
kapital elementlari shuncha samarali bo‗ladi. Yuqori kapital sig‗imi
koeffitsiyenti va uncha yuqori bo‗lmagan jamg‗arma darajasi talab
uchun qulay sharoit yaratib beradi, ammo o‗sish sur‘ati nuqtayi
nazaridan noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Model mualliflari
iqtisodiy o‗sishni tartiblab turish uchun
davlat aralashuvini zarur, deb
hisoblaydilar. Bunday aralashuv barqaror iqtisodiy o‗sish sharti
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: