326
iqtisodiy o‗sishning pasayishiga olib keladi. Agar investitsiyalar
jamg‗armalardan ortib ketsa, iqtisodiyotning ―zo‗riqib‖
ketishiga va
narxlarning oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Muammo shundan iboratki, qisqa muddatli (―statik‖) va uzoq
muddatli (―dinamik‖) davrlarda jamg‗armalar va investitsiyalar
o‗rtasidagi nisbatlar bir xil ko‗rinishda bo‗lmaydi. Qisqa muddatli
davrda jamg‗arma va investitsiyalar yakuniy summasi bo‗yicha teng
keladi. Uzoq muddatli davrda esa boshqacha vaziyat kuzatiladi.
Bugun ajratilgan (taklif) jamg‗armalar,
ertaga amalga oshirilishi
mo‗ljallangan investitsiyalar qo‗yilmalariga (talab) muvofiq kelishi
kerak. Joriy taklif va kutilgan talabning mos kelishi, bugungi
jamg‗armalarni va ertangi investitsiyalarni muvofiqlashtirish juda katta
muammo hisoblanadi.
Agar konyunkturaga oid mulohazalarni hisobga olmasak, unda uzoq
muddatli
davrda bir tomondan, real jamg‗armalar va kutiladigan
investitsiyalar
nazarda
tutiladi,
ikkinchi
tomondan,
o‗rtacha
ko‗rsatkichlarga emas, balki o‗sib boruvchi ko‗rsatkichlar, yakuniy
(o‗sib boruvchi) omillarga e‘tibor qaratiladi, ularning ta‘sirida
investitsiyalar tashkil etiladi.
Bir omilli Xarrod-Domar modeli uzoq muddat davrdagi iqtisodiy
o‗sish muammosini yechib berishga qaratilgan yordamchi vosita bo‗lib
xizmat qiladi. Mazkur model dinamikada bo‗ladigan o‗zaro
aloqalar
xarakterini ochib berishga, ularni ancha aniq tasavvur qilishga yordam
beradi.
Dinamikadagi iqtisodiy o‗sish tenglamasi. Xarrod-Domar formulasi
quyidagi ko‗rinishga ega:
Y = S / K, yoki Y
K = S,
bu yerda: Y – iqtisodiy o‗sish sur‘ati, S – milliy daromaddagi
jamg‗arma hissasi, K – kapitalning yaratilgan mahsulotga bo‗lgan
nisbati (kapital sig‗imi koeffitsiyenti).
Ko‗rsatilgan tenglamadan xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
iqtisodiy o‗sish sur‘ati (Y) milliy daromaddagi jamg‗arma
hissasining
(S) kapital sig‗imi koeffitsiyentiga (K) bo‗lgan bo‗linmasiga teng. Y
K
ifodasi milliy daromaddagi sof investitsiya hissasini bildiradi.
Nega bunday bog‗liqlik hisobga olinadi?
1. Sof jamg‗armaning milliy daromadga bo‗lgan nisbati, S.
Sof jamg‗arma hissasi qancha ko‗p bo‗lsa, umuman olganda,
investitsiyalar miqdori shuncha ko‗p bo‗ladi. Ularning o‗sishi qancha
327
yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati ham shuncha yuqori bo‗ladi:
investitsiyalar o‗sishi bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida to‗g‗ri
bog‗liqlik mavjud.
2. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti, ya‘ni kapitalning mahsulotlarga
bo‗lgan nisbati, K.
O‗sish sur‘ati kapital sig‗imi bilan bog‗liq. Kapital sig‗imi qancha
yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati shuncha past bo‗ladi. Aksincha,
kapital sig‗imi darajasi qancha past bo‗lsa (texnika taraqqiyoti,
strukturali o‗zgarishlar tufayli), o‗sish sur‘ati shuncha yuqori bo‗ladi.
Kapital sig‗imi koeffitsiyenti bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida
teskari bog‗liqlik mavjud.
O‗sish sur‘atining son ko‗rsatkichlarda ifodalanishi. Xarrod-Domar
formulasi qanday ishlashini AQSh misolida ko‗rib chiqamiz.
O‗sish sur‘ati kapital qo‗yilmasining o‗sishiga
va uning
samaradorligiga (qaytimiga) muvofiq aniqlanadi. Ish bilan band
bo‗lganlar sonining o‗sish sur‘ati kapitalning o‗sish sur‘ati bilan bir xil,
deb faraz qilinadi. Oddiy va tushunarli bo‗lishi uchun raqamlar yaxlit
ko‗rinishda beriladi. AQSh milliy daromadi 4000 mlrd. doll., milliy
kapitali 12000 mlrd. doll. (1988-y.)ga teng, deb olamiz.
Sof investitsiyalar sof jamg‗arma S miqdori bilan muvofiq ravishda
uzoq vaqt mobaynida 9% teng bo‗lgan, yoki milliy daromad
miqdorining 0,09 foizini tashkil etgan. Bu 360 mlrd. doll.ni tashkil etadi
(0,09
4000).
Barcha kapitalning mahsulotga (milliy daromadga) bo‗lgan
nisbati
ko‗rinishida kapital sig‗imi koeffitsiyenti K ga teng bo‗ladi: 3 (12000 :
4000).
Bu ko‗rsatilgan miqdorlarni Xarrod-Domar modelida ifodalasak,
quyidagi natijaga ega bo‗lamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: