323
ko‗proq e‘tibor qarata boshladilar. Bu davr talabi edi,
Amerika
iqtisodiyoti 1990-yillar davomida o‗sib keldi va hech qanday iqtisodiy
siklga duch kelmadi.
Iqtisodiy o‗sish tahlili 1950-yillarda Xarrod-Domar modeliga
javoban shakllantirlgan Solouning o‗sish modelini qayta ko‗rib
chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko‗ra iqtisodiy o‗sishga erishish oson
emas, agar omad yuz o‗girsa, iqtisodiyot depressiyaga tushib qolishi
hech gap emas edi. Solou modeli o‗zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati
farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko‗ra
iqtisodiyot har doim muvozanatli iqtisodiy o‗sish darajasiga qaytadi.
Iqtisodiyot
nomuvozanatlikda emas, balki muvozanatda. Solouning
iqtisodiy o‗sish modeli neoklassik iqtsiodiy o‗sish modeli, deb ham
atalib, asosan taklif omiliga e‘tibor qaratdi. Ishlab chiqarish hajmini
belgilashda talabning ta‘siri yo‗q edi. Yangi klassiklarga bu yoqar edi va
nima uchun davlatlarning o‗sish sur‘atlari har xil bo‗lishini tushuntirish
uchun bu modelni yanada rivojlantirdilar.
Makroiqtisodning iqtisodiy o‗sishga o‗rg‗u
berishi uning tabiatini
ham o‗zgartirib yubordi. O‗sish modellari taklifga asoslangan modellar
bo‗lib, ularda talabga o‗rin yo‗q edi. Shunday qilib o‗sish modellari
e‘tibor qozonib, Keyns modellari e‘tibordan chetda qoldi. Bu o‗sish
modellari o‗rtamiyona va keyinchalik ommabop kitoblarga kiritilgan
sari makroiqtisodda Keyns nazariyasining
roli tushib bordi, uning
o‗rniga zamonaviy makroiqtisodiyot fanida pulning miqdoriy nazariyasi
va o‗sish nazariyalariga ko‗proq e‘tibor qilina boshlandi. Klassik o‗sish
nazariyasi keyinchalik iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasi bilan
to‗ldirildi. Iqtisodiy o‗sishning endogen nazariyasida texnologik
o‗zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya‘ni modeldan
kelib chiqadi, deb qabul qilinadi. U fan-texnika taraqqiyotiga sarflangan
investitsiyalarning tabiiy natijasi sifatida qabul qilinadi.
Iqtisodiy
o‗sishning endogen nazariyasida samaradorlikning o‗sib borishi
Me‘yoriy unumdorlikning pasayib borishidan tezroq amalga oshadi va
buning natijasi o‗laroq doimiy iqtisodiy o‗sishni va hech qachon
turg‗unlikka tushmaslikni kuzatishimiz mumkin.
Shunday qilib, bu
model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizmga emas, yana
optimizmga qaytardi.
Iqtisodiy o‗sishga e‘tibor Keyns makroiqtisodiy nazariyasini
chetga surib qo‗ydi. Keynscha modellar ishlatilar, lekin multiplikator va
talab siyosatining ahamiyati tushib borar edi. Inflyatsiyaga qarshi
kurashda
monetar siyosat ishlatilar, fiskal siyosat esa amaliy jihatdan
324
noqulay edi, amalda siyosat taklif tarafiga beriladigan imtiyozlarga
qaratilgan edi.
Ammo Solouning iqtisodiy o‗sish modelida ham ayrim
muammolar mavjud bo‗lib: u statistik faktlarga to‗liq to‗g‗ri kelmas edi.
Modelga ikki o‗zgartirish kiritish orqali
bu muammolarni hal qilish
mumkin: bu model muvofiqlashtirildi va o‗rniga texnologiyaga
asoslangan va Smit nazariyasiga borib taqaladigan yangi o‗sish
nazariyasi yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: