249
M. Fridmen fikri bo‗yicha Buyuk turg‗unlik davri qiyinchiliklari eng
avvalo, federal rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining
kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi yetmaganligi bilan bog‗liq (fond
bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo‗lishi sababli). Pul
massasining yetishmasligi esa talabga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, real ishlab
chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu yerda shu narsani aytish kerakki,
monetaristlarning tanqidi behuda bo‗lgani yo‗q, u keyinchalik o‗z
foydasini ko‗rsatadi. 1987-yil 19-oktabrda jahon miqyosida fond bozori
sinishi kuzatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat‘iy
xatti-harakati tezda o‗z samarasini berdi. Rag‗batlantiruvchi pul siyosati
amalga oshirildi.
Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani
to‗xtatdi.
Monetarizm konsepsiyasining keynschilikdan farqi.
Yuqorida qayd
qilib o‗tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi o‗rtasida nisbat
o‗rnatishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Pul taklifining o‗sishi (pulning
o‗sish foizi) baholar barqarorlikni ta‘minlaydigan darajada bo‗lishi
lozim. M. Fridmen fikriga ko‗ra bunday darajani aniqlash juda
murakkab. Markaziy bank prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi.
Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi omillar ta‘sir ko‗rsatayotganligini
aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul qilinayotgan qarorlar
kechikkan bo‗lishi va ba‘zida qarama-qarshi
natijalarni keltirib
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba‘zan ishlab chiqarishning o‗sishini
rag‗batlantirish ko‗zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya‘ni qabul
qilingan qaror o‗sishga to‗sqinlik qiladi.
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyunkturali
siyosatidan voz kechishi va iqtisodiyotga uzoq muddatli ta‘sir ko‗rsatish,
pul massasini asta-sekin ko‗paytirib borish siyosatiga o‗tishi kerak. Pul
massasi nominal YaIM ga ta‘sir ko‗rsatadi.
Monetar konsepsiya va monetar tavsiyalar
keynschilikdan farq qiladi,
ba‘zan esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni tartiblash
muammosidagi bu ikki yondashuv o‗rtasiga katta chegara qo‗yish ham
noto‗g‗ri. Har ikkala nazariya eng avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida
qo‗llanishga qurilgan. Ma‘lum ma‘noda har ikkala nazariya bir-birini o‗zaro
to‗ldirib turadi (umumiy daromadni aniqlash nazariyasini tashkil etadi).
J.M.Keyns daromadlarining xarajatlarga miqdoriy bog‗liqligini asoslab berdi,
M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog‗liqligini ko‗rsatib berdi. Shu bilan
birga, J.M.Keyns va M.Fridmen yondashuvlari o‗rtasida
ayrim farqlar
mavjud. Ularning ba‘zilarini umumiy sxemali ko‗rinishda aks ettirish
mumkin (11.1-jadval).