11.3. Ayirboshlash tenglamasi
M. Fridmen konsepsiyasi garchi o‗ziga xosligi bilan ajralib tursa ham,
u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pul massasi ko‗paysa,
baholar o‗sadi va aksincha, pul massasi kamaysa, baholar pasayadi,
ya‘ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda tovarlarning baholari pul
miqdoriga mutanosib tarzda o‗zgaradi.
Tovar aylanishini ta‘minlovchi naqd pul taxminan bir yillik
daromadning o‗ndan bir qismini tashkil etadi, deb faraz qilaylik.
Boshqacha aytganda, pul yiliga o‗n marta aylanadi. Pul bir yilda 10
marta aylansa, unda misol uchun 10 mln. so‗mlik bir yillik daromadni
(mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so‗m bo‗lishi kerak. Agar
muomaladagi pul miqdori 1 mln. so‗mdan 2 mln. so‗mga ortsa, unda
(boshqa shartlar o‗zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi.
Bunday bog‗liqlik, ya‘ni muomaladagi pulning miqdori bilan mamlakat
doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori o‗rtasidagi
bog‗liqlik Irving Fisherning
Do'stlaringiz bilan baham: |