247
Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha,
pulga bo‗lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda,
transaksion sabablar bilan aniqlanadi. Savol tug‗iladi: odamlar o‗z
aktivlarining qancha qismini likvidli shaklida ushlab turishlari kerak?
M.Fridmen bo‗yicha, tovar va xizmatlarni sotib olish uchun zarur
bo‗lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‗lishi mumkin emas, lekin kassada
kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir.
Agar kassada pullari
ko‗payib ketsa, odamlar ularni ko‗proq foiz yoki foyda keltiradigan
aktivlarga aylantiradilar.
Agar baholarning (inflyatsiya) oshishi kutilsa, pulga
talab
kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo‗lgan talab
kuchaydi. Pulga bo‗lgan talab foizga ham bog‗liq. Foiz oshganda pulga
talab pasayadi. Lekin pulga bo‗lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki
M.Fridmen bo‗yicha boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan
pulning Me‘yorli foydaliligi ham bog‗liq. Uning Me‘yorli foydaliligi
qancha yuqori bo‗lsa, pul talabi ham ko‗payadi.
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi
ancha o‗zgaruvchan bo‗ladi, u iqtisodiy
omillar bilan aniqlanmaydi,
balki tashqi ta‘sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank
tomonidan tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli
qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‗lgan talab
va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‗ladigan jarayonlar bilan uzviy
bog‗langan.
Pul taklifidagi o‗zgarishlarning YaIM bo‗lgan ta‘sirini monetaristlar
va keynschilar har xil tushuntiradilar. Keyns bo‗yicha pul-kredit siyosati
(pul miqdorining o‗zgarishi)
asosida foiz stavkasi yotadi, u
investitsiyaga va yalpi talabga ta‘sir etuvchi asosiy omil sifatida
qaraladi. Shu bilan birga u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik
kerakligini qayd qilib o‗tadi. Bundan tashqari foiz stavkasining
pasayishi investitsion talabning doimo o‗sishini keltirib chiqarmaydi
(―investitsion tuzog‗i‖ sababli), pul massasining ko‗payishi esa foiz
stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (―likvidlik
tuzog‗i‖ sababli).
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular
tovarlarga va investitsiyalarga bo‗lgan talabni pul oqimi (pul miqdori
massasi)ga bog‗lab tushuntiradilar. Pul massasining bir oz ko‗payishi
tovar va xizmatlarga bo‗lgan
talabni oshiradi, lekin pul talabining
248
Me‘yordan oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho
mexanizmining amal qilishiga xalaqit bermaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: