Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlarini jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi A. Nurillaеv quyidagicha tavsiflaydi. Bu mashqlar,
asosan, qo‘lning panja muskullari kuchini rivojlantirish, harakatlar
sur‘ati va ritmini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Ularni yakka holda
va sherigi bilan bajarishi lozim. Mashqni bajarishda qo‘llaniladigan
tayoqlar: gimnastika tayoqchasi; yog‘och, metall va sintetik
materiallardan tayyorlangan tayoqlardan iborat bo‘lib ularning
diametri 2-2,5 sm, uzunligi 80-90 sm bo‘ladi.
Yakka holda bajariladigan mashqlar: o‘ng va chap qo‘l panjalari
bilan tayoqni yuqoriga, pastga siljitish tayoqni yuqoriga otib bir
qo‘llab ilib olish, tayoqni bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga tashlab uning
ma‘lum bir joydan ushlab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |