J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


Ishlab chiqarish vositalari bozori asosiy



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/234
Sana12.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#444852
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   234
Bog'liq
Biznes marketingi

3.2. Ishlab chiqarish vositalari bozori asosiy
subyektlaríning tavsifi
Tovarlaming ishlab chiqaruvchilardan iste’mol qiluvchilar to m o n
harakatlanishi bevosita to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita jismoniy va yuri- 
dik shaxslar tom onidan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish vositalari 
bozorining asosiy ishtirok etuvchilari b o ‘lib, mahsulot ishlab chiqaruv- 
chi turli korxonalar va ularni iste’mol etuvchilar, shuningdek, tovarni 
ishlab chiqaruvchi korxonadan iste’mol etuvchiga yetib borishini ta ’min 
etuvchi tijorat-vositachi tashkilot (TVT)lar hisoblanadi.
Alohida ta ’kidlamoq lozimki, korxonalarni ishlab chiqaruvchi va 
iste’mol etuvchiga bunday ajratish, shubhasiz shartli tavsifga ega. Chunki,


har qanday korxona iste’mol etmagan holda, hech narsa ishlab chiqara 
olmaydi. Shunga ko‘ra korxona bir vaqtning o ‘zida tovar-m oddiy 
qim m atdorliklam i o ‘z faoliyati xususiyatlariga k o ‘ra va texnologiya 
jarayoni talablariga muvoflq h am ishlab chiqaruvchi, h am iste’mol 
etuvchi hisoblanadi.
Bunda flkr muayyan tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’mol 
qiluvchiga tom on to ‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki TVT yordamida harakati haqi- 
dabormoqda.Masalan, podshipniklar tayyorlovchi zavod o ‘z mahsulo- 
tini avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarga yetkazib beradi. Lekin, 
shu bilan birga, podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod boshqamash- 
nasozlik zavodlari uchun zarur m ahsulotni ishlab chiqarishda m a ’lum 
nav metallami ham da boshqa zavodlar ishlab chiqaradigan, am m o, 
podshipnik tayyorlashda keraklibo‘lgan moddiy, xomashyo resurslarini 
talab etadi.
Shunday qilib, podshipniklar zavodi u m um an ishlab chiqarish 
vositalarini ishlab chiqaruvchi ham da iste’mol etuvchi hisoblanadi. 
X ususan, m uayyan m ahsulotga nisb atan olsak, u bir to m o n d a n
podshipnik ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tom o n d an m etall iste’mol 
qiluvchi hisoblanadi.
Shuni ta ’kidlash joizki, ishlab chiqarish vositalari bozori qatnash- 
chilari bo'lib faqat turli tashkiliy-huquqiy korxonalar sifatidagi huquqiy 
shaxslargina hisoblanm aydi. Balki, am aldagi q o n u n c h ilik k a zid 
kelmaydigan yakka tartibdagi m ehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
jism oniy shaxslar ham hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to ‘g‘risidagi Qonun»iga 
m uvofiq m a h su lo t ishlab c h iq a rish , ish la r b ajarish va ja m iy a t 
ehtiyojlarini qondirish hamda foyda olish uchun tashkil etilgan mustaqil 
xo‘jalik subyekti korxona deb hisoblanadi. Quyidagilar asosiy tashkiliy- 
huquqiy korxonalar shakli b o ‘lib hisoblanadi: davlat korxonalari, 
mahalliy korxonalar, yakkahollik (oilaviy) xususiy korxonalar, to ‘la 
sheriklik, aralash sheriklik, m as’uliyati cheklangan sheriklik (yopiq 
turdagi aksiyadorlik jamiyati), ochiq turdagi aksiyadorlik jam iyatlari, 
korxonalar birlashmalari, korxonalar shaxobchalari va vakolatxonalari 
mulkini m ehnat jam oalari tom onidan sotib olish yoki ijaraga olish 
asosida bunyod etilganlar.
Chiqarayotgan mahsulotining turi va salm og‘iga ko‘ra, korxona 
iqtisodiyotning biror sohasiga taalluqli boMadi. Agar, korxona o ‘z


bo'linmasiga ega bo‘lsa va u turli vazifalarni bajarsa, mustaqil hisob- 
kitob olib borsa hamda alohida hisobot birligiga ajratilgan bo‘lsa, unda 
ular o ‘z faoliyati tavsifiga mos keladigan tarmoqqa tegishli bo‘ladi. Ayrim 
korxonalar iqtisodiyotning davlat tasnifida ko‘zda tutilgan m a’lum 
sohasigagina to'laqonli bo'ladi.
Korxonalar tavsifida ular miqdoriy tarkibini va tarm oqlar bo'yicha 
taqsimotini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Amaldagi metodologiyaga 
muvofiq quyidagi faoliyat turlari va tarmoqlar farqlanadi: sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, o ‘rmon xo'jaligi, transport, aloqa, qurilish, geologiya va kon 
qidiruv, savdo va umumovqatlanish, moddiy-texnika ta’minoti va yetkazib 
berish, moddiy ishlab chiqanshning boshqa faoliyat sohalari, turar joy- 
kommunal xo‘jalik, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish, sog‘liqni saqlash, 
jismoniy tarbiya va san’at, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish, kredit ishi, 
davlat sug‘urtasi, boshqaruv, partiya va jamoat tashkilotlari.
O 'zbekiston hududidagi, shuningdek, sobiq sh o ‘rolar mamlakati- 
dagi korxonalarning o ‘ziga xos jihatlari bo‘lib, ularning rivojlangan 
bozor iqtisodiyotiga ega g‘arb va sharq mamlakatlaridagidan farqlanuv- 
chi katta ko‘lamga egaligidir.
Bu axvolni korxonalar tuzilishiga oid statistika m a ’lumotlari ham 
tasdiqlaydi. Bu m a’lum otlar ularning hajmi nuqtayi nazaridan yirik, 
o ‘rta va mayda korxonalarning taqqosidan iboratdir. Bunday taqqosda 
korxonalarni u yoki bu hajm guruhiga ajratish metodidagi ba’zi farqlar 
istisno tariqasida qaralgan.
Yetakchi g‘arb va sharqdagi korxonalar tuzilishidagi o'ziga xoslik 
ularga nisbatan mayda ekanligidadir (50 nafargacha xodimga egaligidadir). 
M asalan, Fransiyadagi mayda korxonalar ulushi 99 %ni tashkil etsa, 
A Q SH da 70 %dir va h.k.
0 ‘zbekistonda, shuningdek, M D H mamlakatlarida bozor munosa- 
batlarini rivojlanishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
uchun qulay sharoitlami vujudga keltirish hisobiga korxonalar tuzilishini 
sezilarli darajada o ‘zgartirishga imkon beradi.
Ishlab chiqarish vositalari bozori qatnashchilarining m uhim
xususiyatlari b o ‘lib, ularni mulkning u yoki bu turiga taalluqli ekanligi 
hisoblanadi. Rasmiy statistikada, odatda, davlat sektori, kooperativ 
va xususiy (shaxsiy) sektor bir-biridan farqlanadi.
Garchi, bugungi kunda, korxonalarni mulk shakliga ko‘ra farqlanishi 
bo'yicha ishonchli va to iiq statistik m a’lumot mavjud bo‘lmasa-da, unda


shu narsa ayonki, davlat sektori barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha, bozor 
munosabatlariga o ‘tish sharoitlarida ulushi biroz kamayganiga qaramay 
ham on ustun vaziyatda turibdi. Bu ko‘p jihatdan bozor iqtisodiyoti 
o ‘zaniga o ‘tishning birinchi yillarida xususiylashtirish past suratlarda 
bo‘lgani bilan izohlanadi. A m m o, 90-yillar o ‘rtalariga kelib davlat 
korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga va xususiy firmalarga aylantirish 
jarayoni sezilarli darajada jadallashdi. Davlat sektoridan chiqishga intilish 
unda band boMganlar sonining qisqarganligida ham yaqqol ko‘rinadi.
Bozor munosabatlarini yan ad a rivojlantirish va chuqurlashtirish 
m aqsadida iqtisodni isloh qilish asosiy bozor ishtirokchilari ham
miqdoriy, ham sifat tavsiflarini sezilarli o ‘zgartirishi shubhasizdir. Bu 
ishlab c h iq a rish v o sita larin i ish la b c h iq a ru v c h ila r va is te ’m ol 
qiluvchilarga qanday taalluqli b o ‘lsada, tijorat-vositachilik tashkilotlariga 
ham shunchalik taalluqlidir. Keyingilar ishlab chiqarish vositalari 
bozorida tobora yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqdalar.
Ishlab chiqarish vositalari bozoriga xizmat qiluvchi TV Tlam ing 
ko‘plab turi mavjud. Ularni o ‘zlari bajaradigan funksiya va vazifa 
uyg‘unligi birlashtirib turadi. O datda, TVT to ‘la xo'jalik hisobi tamoyili 
asosida harakat qiladi va o ‘z mijozlarini turli ishlab chiqarish vositalari, 
tovarlar va xizmatlar ko‘rsatib, ta ’minlovchi davlatga qarashli b o ‘lgan 
ham da boMmagan tijorat tuzilm asi hisoblanadi.
Quyidagilar TVTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va ko'rsatilgan xizm atlar 
bozorida talab va taklif mutanosibligini ta ’minlashga yo‘naltirilgan tijorat- 
vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
b) turli shakldagi xususiy m ulkka egalik qiluvchi korxona va 
tashkilotlarning tuzilgan s h a rtn o m a la r b o ‘yicha ishlab chiqarish 
texnikaviy tavsifdaga tovarlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish;
d) 
bozor infrastrukturasini shakllantirish va faoliyat ko'rsatishi 
masalalarida yagona investitsiyaviy, moliyaviy, tashqi iqtisodiy va sotsial- 
iqtisodiy siyosat yuritish.
U shbu vazifalardan kelib chiqib, TV T quyidagi funksiyalarni 
bajaradi:
a) sotib olish, sotish va m ol ayirboshlash bo‘yicha milliy va tashqi 
bozorda barcha turdagi tijorat boylashuvlarini amalga oshirish;
b)tuzilgan davlat sh artn o m alari doirasida ta lab la rn i m od d iy - 
texnikaviy qondirishni ta ’minlash;


d)m avjud m e’yoriy hujjatlarga muvofiq to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri eksport- 
im p o rt o p e ra tsiy a la ri, m a v o za sh a rtn o m a la ri, lizing b o ‘yicha 
operatsiyalar o ‘tkazish yo‘li bilan tashqi iqtisodiy faoliyatga yuritish;
e) birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, birgalikdagi korxonalarga 
m ark etin g , ta sh k iliy -m eto d o lo g ik , ilm iy-m uhandislik, axborot, 
reklama, vositachilik, huquqiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
0 xorijiy hamkorlik bilan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri tarzda turli xalqaro 
aloqalar o ‘rnatish, mamlakatda ularning vakillari qabulini o ‘tkazish, 
shuningdek, o ‘z vakillarini chet elga xizmat safariga yuborish;
g ) o ‘z nom idan ham m am lakat ichkarisida ham xorijda, tijorat 
shartnom alari, boshqa huquqiy hujjatlarni amalga oshirish, savdo, 
ko'rgazm a, yarmarkalarda qatnashish;
h)xizm at ko'rsatiladigan h u d u d d a tayyor m ahsulot zaxirasini 
shakllantirish boshqa korxona va tashkilotlar bilan kooperativ aloqalarini 
o'rnatish;
i) omborxonalar, ishlab chiqarish talabiga mahsulot tayyorlovchi 
kasaba (sex)lami ijaraga berish;
j) tasarrufdagi korxona, baza, ombor, mayda ulguiji do'koniar 
faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshirish;
k) to v a r ishlab chiqaruvchi tarm oq (baza, o m bor, magazin), 
rivojlantirishning texnikaviy siyosatini shakllantirish, uni texnikaviy 
jihozlash;
1) statistik hisobining belgilangan shaklini tuzish b o ‘yicha ishlarni 
tashkil etish.
TV T tashkiliy tuzilish ta rm o q tuzilishi va m in taq ad a ishlab 
chiqariladigan mahsulot hajmi, kommunikatsiya vositalari hamda boshqa 
infrastrukgura obyektlar mavjudligiga bog'liqdir.
TVT tashkiliy qurilishda farqqa qaramay ulam i boshqaruv tizimi, 
qoidaga ko‘ra, ikki asosiy b o ‘g‘in (zveno)ga egadir. Birinchisi, turlicha 
funksiyadagi va tovar b o ‘limlaridan iborat boshqaruv mahkamasi, 
ikkinchisi, bevosita tovar ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarish 
tarm og‘i.
Funksiyaviy b o ‘limlarga, odatda, shartnom alar, shartnomaviy- 
huquqiy b o ‘limlar, tashqi iqisodiy aloqalar bo‘limi, iqtisod bo‘limi, 
buxgalteriya, xo'jalik b o ‘limi, devon, texnikaviy b o ‘lim lar kiradi. 
Marketing tovar boMimlari ta ’minot va sotuvni, tijorat shartlarini (bitta 
nomenklaturadagi) va h.k. amalga oshiradi.


K o‘lami katta bo'lm agan TVT larda, tabiiyki, ko‘pgina funksional 
boMimlar birlashtirilgan, tovar b o ‘limlari esa, keng nom enklaturadagi 
tovarlar bo‘yicha operatsiyani qam rab oigan.
Ikkinchi bo‘g‘inga ulguiji bazalar va om borlar, y a’ni kelayotgan va 
j o ‘natiladigan tovarlar bilan bog‘liq operatsiyalami amalga oshiruvchi, 
ulguiji va mayda ulgurji d o ‘konlar, transport xizmati ham da ishlab 
chiqarish uchastkalari (turli xizmatlar ko‘rsatuvchi) kiradi. B archa 
mazkur bo'linmalar mustaqil balansga ega, bankda hisob va joriy raqami 
b o ‘ladi, rejalashtirish va faoliyatni tashkil etishni, tezkor ishlashni, 
m ehnatga haq to ia s h va xodim lar masalasini o ‘zi hal etadi.
Yirik TVT larning funksiyasi, vazifasi va tashkiliy tuzilishi ham
shunday, amalda uning ko‘plab b o ‘linmalari am alda mustaqil faoliyat 
ko‘rsatadi, ancha mayda TV Tlar turli viloyatlarda marketing, tijorat- 
vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish