J jaloloy, A. Fattaxov, I. Axmedov, I. Xotamov, G. Xodjamuratoya, A. Azlarova, A. Shadmankulov, D. Jaloloya, D. Qosimov


- b o b . ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI



Download 9,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/234
Sana12.02.2022
Hajmi9,18 Mb.
#444852
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234
Bog'liq
Biznes marketingi

3 - b o b .
ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI
BOZORIDA MARKETING
3.1. Ishlab chiqarish vositalari bozoridagi tovarlarning
xususiyatlari va turkumlanishi
Ishlab chiqarish vositalari ikki turga: mehnat vositalari va mehnat 
predmetlariga bo‘linadi. Mehnat vositalari orqali kishilar ishlab chiqarish 
jarayonida mehnat predmetlariga ta ’sir ko'rsatadi, ularni o ‘zgartiradi. 
M ehnat predm etlari esa, ishlab chiqarish jarayonida kishining 
o ‘zgartiruvchilik faoliyati ta’sir etadigan narsalardir. Masalan, tabiatdan 
olinadigan ashyolar, xom-ashyo, asosiy materiallar va h.k.
Ishlab chiqarish vositalarining mehnat vositalari va mehnat 
predmetlariga bo‘linishi kishining tabiat bilan o ‘zaro munosabati 
sifatidagi mehnat jarayonining umumiy mohiyatidan kelib chiqadi. 
Bu barcha ijtimoiy tuzumlarga xosdir.
Mehnat vositalari va ayniqsa, uning faol elementi bo‘lgan mehnat 
qurollari ishlab chiqarish vositalarida yetakchi rol o'ynaydi. Ular birinchi 
navbatda, ishlab chiqarishning texnika darajasini va ijtimoiy mehnat 
unumdorligi darajasini belgilaydi. Mehnat vositalaridan — mehnat 
qurollari (ishlab chiqarish asbob-uskunalari) ayniqsa, muhim o‘rin 
tutganligini aytib o ‘tish kerak. Mehnat predmetlarining mexanikaviy 
yoki fizikaviy-kimyoviy o ‘zgarishlari awalo, bevosita o‘shalar orqali 
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish qurollari kishi mehnatining 
unum dorlik kuchini belgilaydi va shuning uchun u lar mehnat 
vositalarining eng faol va eng muhim qismi hisoblanadi.
Mehnat qurollaridan tashqari mehnat vositalariga:
1. Binolar — sex binolari, laboratoriya, kontora, ombor, qabul 
qilish punktlari binolari, garajlar va h.k.
2. Inshootlar — ko‘priklar, ko‘tarmalar, tonnellar va hokazolar 
kiradi. Bundan tashqari: uzatuvchi vositalar — teplofikatsiya tarmoqlari, 
gaz va havo quvurlari, elektr tarmog‘i va h.k.


3. Quwat beruvchi mashina va asbob-uskunalar, dizellar, lokomo- 
tivlar, ichki yonish dvigatellari, qozonlar, turbinalar, elektrodvigatel- 
lar, transformatorlar.
4. Ishlab chiqarish mexanizmlaridagi ayrim bo‘g‘inlaming o ‘zaro 
aloqasini ta’min etuvchi transport vositalari.
5. Qirquvchi, yig‘uvchi, slesar-montaj o'lchagich asboblar va h.k.
6. Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari.
7. 0 ‘lchaydigan va rostlaydigan priborlar, laboratoriya uskunalari- 
bosim ni, harakatni, m oddalar tarkibini o'lchaydigan asboblar, 
tarozilar, har hil boshqarish pultlari va h.k. kiradi.
Mehnat predmetlariga, aw alo, xomashyo kiradi. Mehnat sarf qilib 
topilgan yoki ishlab chiqarilgan hamda mehnat ta ’sirida biron tarzda 
o ‘zgartirilgan har bir mehnat predmeti xomashyo yoki xom materialdir. 
Amaliyotda sanoatning undirma tarmoqlari bilan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotiga nisbatangina (masalan yer tagidan olingan qazilmalar, 
neft, paxta, zig'irpoya, jun va boshqalar) xomashyo iborasi ishlatiladi; 
ishlash sanoatining hamma tarmoqlarida ishlov berilgan mahsulotga 
material iborasi qo'llaniladi. Masalan, metall, sement, arralangan 
materiallar, gazlama va boshqalar.
Materiallar asosiy material, yordamchi material va yarim tayyor 
mahsulot deb uch xilga bo‘linadi. Asosiy materiallar moddiy negizni 
tayyor mahsulotning asosini tashkil etadi. Tikuvchilik sanoatida avra, 
astar, qo'ndoq; poyabzal sanoatida ko‘n materiallar, gazmol, karton; 
mebelsozlikda ishlatiladigan yog'och—taxta, fanera, shpon va h.k.- 
bularning bari asosiy materiallardir.
Yordamchi materiallar yoki asosiy materialga m a’lum bir xossa 
berish uchun unga q o ‘shib yuboriladi (bo‘yoq, sir, pardozlash 
materiallari) yoki ish jarayonida mehnat qurollarining ishini ta’minlaydi 
(y o g 'la sh moyi, y og‘lash em ulsiyasi, y o q ilg ‘i) yoki m e h n a t 
operatsiyalarining amalga oshishiga yordam beradi (masalan, yorug‘ 
beruvchi elektr energiyasi). Sanoatda yoqilg‘i, odatda, shartli ravishda 
mustaqil guruh qilib ajratiladi. Chunki, u g‘oyat muhim o ‘rin tutadi.
Asosiy materialning yordamchi materialdan farq qilinishi, ulaming 
har birining m oddiy m azm uni uchun emas, balki m ahsulotni 
tayyorlashda qiladigan ishtirokining xarakteri, aham iyati bilan 
belgilanadi. Shuning uchun ham bir xil mahsulotning o ‘zi bir joyda 
asosiy material bo'lsa, boshqa o'rinda yordamchi material bo‘lib xizmat


qilishi mumkin. Masalan, ko‘m ir yoqilg‘i sifatida yordamchi material 
b o ‘lsa-d a, koks tay y o rlash d a u n d a n asosiy x o m ashyo sifa tid a 
foydalaniladi yoki kart on kitob tayyorlashda asosiy material bo'lsa, 
oziq-ovqat sanoatida o ‘raydigan buyum sifatida ishlatiladi.
Ishlab chiqarishning bir yoki bir nechta bosqichida ishlanib, hali 
tayyor mahsulot sifatida iste’molga yaramaydigan material yarim tayyor 
m ahsulotlar deb ataladi. Ishlab chiqarishning to ‘la sikliga molik 
metallurgiya zavodida ch o ‘yan bilan po'lat yarim tayyor m ahsulotlar 
hisoblanadi. Chunki, ular hali shu zavodning o ‘zida yoki chetda ish- 
lanishi iozim.
Xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonining asosiy ele- 
m entlaridan b o 'lib , u lar m ahsulot tannarxiga ozroq k atta t a ’sir 
ko'rsatadi. Shuni aytish lozimki, 2005 yilda m am lakatim izda ishlab 
chiqarilgan san o at m ahsulotining tannarxida m aterial xarajatlar
86,5 %ni tashkil etgan edi.
Barcha material va xomashyoni ikki guruhga, ya’ni sanoat m ahsu- 
loti — undirm a va ishlash sanoatlarining mahsuloti (metall, yog‘och- 
taxta, ko‘n materiallar, gazmol va sh.k.) bilan qishloq xo‘jaligi mahsu- 
lotlari (tola, xom teri, don va sh.k.)ga bo‘lish mumkin. Sanoat mahsulot- 
laridan tobora m uhim o ‘rin egallayotgan sun’iy va sintetik materiallami 
(tolalar, kauchuk, yelim, sun’iy ko‘n, plastik massalarni) alohida 
t a ’kidlab o ‘tish kerak. Sintetik va su n ’iy materiallar ishlash jarayonida 
xiyla tejamli, iste’molda pishiq va awallari iste’mol qilinib kelgan mate- 
riallarga nisbatan bir qancha ustunliklari bor (yengil, elektr o'tkaz- 
maydi, tashqi ko‘rinishi chiroyli, tabiat kuchlari ta ’siriga bardoshli va 
h.k.)- Bu materiallar har xil sanoat tarmoqlaridajuda keng ishlatilmoqda.
0 ‘n yillar mobaynida bizning mamlakatimizda hukmronlik qilgan 
m a ’muriy-buyruqbozlik tizimi iqgisodiy boshqargan va asosan reja- 
taqsimlash usuli bilan tovarlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi 
to m o n harakatlanishini ta ’m inlagan. Bu tovarlar oqim ining ko‘p 
qismini ishlab chiqarish vositalari yoki ishlab chiqarish-texnikaviy 
tovardagi m ahsulotlar tashkil etgan.
Amalda ishlab chiqarish vositalari, ko‘p hollarda tayyorlovchilardan 
iste’molchilar tom on harakati tavsitiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya «tovar» 
m azm uniga ju d a ham mos kelavermas edi. Chunki, ular bozorda 
sotiladigan m a h su lo t obyekti, sotish-olish m an b ai b o 'lm a sd a n , 
markazlashtirilgan taqsimot yoki qayta taqsimot obyektiga aylanar edi.


Faqat bozor m unosabatlari mavjud bo'lgan sharoitdagina ishlab 
chiqarish vositalari to m m a’noda oldi-sotdi obyekti b o ‘ladi, yani 
m azkur tushunchaning m um toz (klassik) m a ’nosi ifodasidagi tovar 
bo‘ladi. Ikkinchi tom ondan, ishlab chiqarish vositalari bilan oldi-sotdi 
qilish bozor iqgisodiyoti haqiqatda faoliyat ko‘rsatayotganligini m uhim
sharti va amaldagi isboti hamdir.
Ishlab chiqarish vositalari haqida u m u m iy m a ’lu m m a ’no d a 
gapiriladigan b o ‘lsa, biz haqiqatda ishlab chiqarish-texnikaviy tavsifdagi 
tovarlar turi haqida so‘z yuritamiz. U ikki guruhga — m ehnat vositasi va 
m ehnat predmetiga ajraladi.
Ishlab chiqarish vositasi bozor sharoitida tovar oqim ining tayin 
ishtirokchisi hisoblanadi degan fikrdan kelib chiqib, tegishli tarzda 
ular tavsifi va tasnifini ishlab chiqarish-texnikaviy tovarlar guruhiga 
qo'sh ib qarash m u m k in (xususan, asosiy va y o rd am ch i b in o lar, 
mashinalar, jihozlar, priborlar, dastgohlar va h.k. ham da xom ashyo 
materiallar, yoqilg‘i, energiya va b. kabi). B unda gap m illionlab tu r 
tovarlar haqida bormoqdaki, ular yordamida va ulardan inson yangidan- 
yangi tovarlami- ishlab chiqarish va xususiy iste’mol tovarlarini bunyod 
etadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan ishlab chiqarish- texnikaviy 
tavsifdagi tovar turlari tobora oshib borm oqda. Bu ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot talab va imkoniyatlari bilan bog‘liq, albatta. Bundan tashqari, 
iste’molchilar talabi ham taqozo etadi. Turli m anbalar b o ‘yicha tovar 
oqimi o ‘nlab million o ‘ringa ega va shuning uch u n eng turli belgilar 
bo‘yicha amalga oshiriladigan ular tasnifiga talablar m u n tazam osh- 
moqda. Quyidagilar ushbu belgilar qatoriga kiradi: tovarning ayalgan- 
ligi; undan foydalanish va kelib chiqish tavsifi; tovar tayyorlangan 
materiallar turi va boshqalar.
Ishlab chiqarish vositalarini tasniflash qandaydir bir belgi bilan 
cheklanilsa, yoki barcha mavjud belgilarni hisobga olish m um kin 
bo‘lmagan holda mushkullashadi. Bugungi kunda m amlakatimiz va xo- 
rijda mavjud b o ‘lgan tasniflarning barqaror emasligini shu bilan izoh- 
lash mumkin. U lar m untazam takomillashtirishga muhtoj.
0 ‘zbekistonda sobiq ittifoqdagi boshqa respublikalar (hozirgi 
mustaqil davlatlar)dagi kabi um um ittifoq sanoat va qishloq x o ‘jaligi 
mahsulotlari tasnifidan foydalanilgan. Ushbu tasniflovchi (klassifikator) 
kodi o 'n ta belgidan iborat b o ‘lgan. U lardan oltitasi oliy tasniflovchi 
guruhini tashkil etadi, to ‘rt belgi esa tur ichidagini anglatgan. Bunda,


oliy tasniflovchi besh sifat darajasini o ‘z ichiga oigan: tasnif, pastki 
tasnif, guruh, guruhcha, tur. Kombinatsiyalashgan kodlar tizimi qabul 
qilingan: tasnif- yuzlik tizimi bo‘yicha (ikki belgi), qolganlar uch u n
t o ‘rt bosqich (pastki tasnif, guruh, guruhcha va tur) uchun — o ‘nlik 
tizimida, ya’ni bittadan belgi. Jam i olti belgi hosil bo'ladi.
T u r ichi guruhlari uch u n ular m arkalar profil va o ‘lc h am la r 
bo'yicha aniq farqlar ko‘rsatiladi, tegishli tarzda to ‘rt belgi ajratiladi, 
bu har bir turda 9889 nomdagi tovar-resurslarining aniq nav o'lcham ini 
ko'rsatishga imkon beradi.
Shunday qilib, tasniflovchi kodlashtirilgan muayyan nomdagi tovar 
belgisi o ‘nta ishorali bo'ladi va milliardgacha o ‘rin sig‘imiga egalik qiladi. 
A m alda esa, kod har bir bosqichi bo'yicha zaxira bo‘lishi zarurligni 
hisobga olganda bu sig‘im amalda hamisha kamlik qiladi.
Bundan tashqari, jah o n amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa tasnif- 
lovchini ham hisobga olish lozim. Xususan, tashqi savdo maqsadlarida 
xalqaro standart savdo tasniflovchisidan foydalaniladi.
U jah o n miqyosidagi savdoni tahlil qilish va xalqaro tashkilotlar 
uchun savdoning ahvoli haqida tegishli axborot bazasi ishlab chiqish 
maqsadida qo‘llanadi.
Tovarlami tasvirlash va kodlashtirishni uyg‘unlashtirilgan tizimi 
ham e’tibomi o ‘ziga jalb etadi. U 1983-yilda jahonning xalqaro savdoda 
qatnashuvchi ko‘pgina mamlakatlami birlashtirgan bojxona hamkorlik 
kengashi tom onidan qabul qilingan. Mazkur tizim statistika va bojxona 
idoralari foydalanishi uchun m o‘ljallangan.

Download 9,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish