Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

2)
 
Moliyaviy globallashuv jarayonlarining, material ishlab chiqarish 
sohasidagi globallashuvidan ilgarlab ketishi.
―Kapitallar va moliyaviy 
insturmentlar‖ bo‗limidagi operatsiyalar tashqi iqtisodiy aloqalarda asosiy shakliga 
aylanishi natijasida to‗lov balansida ushbu bo‗lim ahamiyatining ortishi. Moliyaviy 
globallashuv jarayonlari natijasida xalqaro kapital oqimlari va moliya bitimlari 
hajmi ortishi, turli ko‗rinishdagi yangi moliyaviy insturmentlar keng foydalanish, 
zamonaviy elektron texnologiyalar, kommunikatsiya va informatsiya vositalarini 
joriy qilinishi jahon mamlakatlarining moliyaviy o‗zaro bog‗liqligi o‗sib bormoqda. 
Barcha mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligining kuchayishi xalqaro 
moliyaviy munosabatlar sohasiinig kengayishiga, moliya bozorlarida operatsiyalar 
hajmining o‗sishiga, bir mamlakatdan boshqalariga chet el valyuta oqimlarining 
ko‗payishiga olib keldi. Ishlab chiqarish omillari ichida kapital boshqa omillarga 
nisbatan harakatchanligi
88
, bunda kapitalning foyda istab tezda joylashish 
imkoniyati, kapital harakatining liberalizatsiyalashuv rejimi, informatsiya 
sohasidagi revolyutsiya, bunda nafaqat axborot va kommunikatsiya vositalarini 
keng tatbiq etilishi, balki kapital harakatini yangi kanallari yaratilishi (internet) 
muhim rol o‗ynadi.
To‗lov balansida kapitalning chiqib ketishi (flight of capital):
87
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie i finansovie otnosheniya: Uchebnik /Pod red. L.N. Krasavinoy.–3–e izd., 
pererab. i dop.–M.: Izdateltvo Yurayt, 2014.134–138s.
88
Remarks by Saleh M. Nsouli «What is the IMF doing to help countries maximize the benefits of globalization?»/ 
www.imf.org/external/np/speeches/ 2007/ 062907.htm.



tor ma‘noda–xorijga mamlakatdan qisqa muddatli kapitalning to‗satdan va 
tez joylashuvi;

keng ma‘noda bir mamlakatdan kapitalning turli shakllarda hamda 
muddatlarga, uni joylashtirishda yanada daromadli va ishonchli sohalarning izlab 
ommaviy chiqib ketishi.
Kapital chiqib ketishining asosiy sabablari– mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy 
beqarorlik, inflyatsiya, milliy valyutaga ishonchsizlik, samarasiz iqtisodiy siyosat, 
inqirozlar, risklarning ortishi va yuqori soliqlar. 
Jahon amaliyotida kapital chiqib ketish miqdorini baholashda quyidagi 
metodlar qo‗llaniladi: 
1)
umumiy metod–to‗lov balansi ―Sof xatoliklar va o‗tkazib yuborishlar‖ 
moddasi va xorijiy aktivlar (rasmiy rezervlardan tashqari) sumasining o‗sishi; 
2)
xususiy sektor qarzi bo‗yicha – to‗lov balansi ―Sof xatoliklar va o‗tkazib 
yuborishlar‖ moddasi va bank va nobank muassasalari o‗tkazamalari hisobiga 
tashqi qarzning ortishi; 
3)
chuqur tahlil metodi–to‗lov balansi ―Sof xatoliklar va o‗tkazib yuborishlar‖ 
moddasi va nobank xususiy sektoridan qisqa muddatli kapital o‗tkazmalari 
summasi; 
4)
bilvosita metod–soliq solish uchun deklaratsiya qilinmagan xorijiy aktivlar 
ulushi. XVF ning baholashicha, bilvosita metod bo‗yicha 2/3 gacha miqdorga 
kapital chiqib ketishi sifatida qarash mumkin.
Xorijiy kapital oqimi importyor–mamlakat to‗lov balansiga ikki tomonlama 
ta‘sir etadi: dastlab tushumlar ortadi, biroq qarzdor mamlakatning qarz to‗lash, 
shuningdek, foiz va dividendlar to‗lov muddatlari yetib kelishi bilan to‗lashga 
majbur bo‗ladi. Xorijiy kapital qarzdor–mamlakat to‗lov balansiga ulardan samarali 
foydalanish sharoitida ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi (import tovarlarni kamaytiradi). 
Masalan, ilgari G‗arbiy Yevropa mamlakatlariga AQSh dan keltiriladigan ko‗p 
turdagi mahsulotlar (avtomobillar, qishloq xo‗jalik uskunalari, neft mahsulotlari, 
elektr tovarlar) hozirda ushbu mamlakatlardagi amerika korxonalarida ishlab 
chiqarilmoqda. 
Importyor–mamlakat 
to‗lov 
balansiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
investitsiyalar, qachonki olib chiqib ketiladigan foyda summasi investorning 
mamlakatga yangi kapital qo‗yilmasi oqimidan ortib ketgan taqdirda salbiy ta‘sir 
etadi. Portfelli investitsiyalarning mamlakat to‗lov balansi uchun salbiy oqibatlari, 
o‗z mamlakatidagi investitsiyalash sharoitlari yaxshilanish davrida kapitalning 
repatriatsiyasi bilan bog‗liq.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish