70
mukofotini chegirib tashlash lozim. FOB va SIF baholar nisbatidagi farqlar tashish
amalga oshiriladigan transport turi va masofa, tashishga alohida talab, tovar
turi,og‗irligi, hajmiga bog‗liq bo‗lsa, ushbu baholar o‗rtasidagi nisbatning
o‗zgarishiga esa transport sohasidagi raqobat va texnologiyalar rivojlanishi,
yonilig‗i narxlari, tovarlar kelib chiqqan mamlakat
va turli turdagi tovarlar
ulushidagi o‗zgarishlar kabi omillar ta‘sir etadi.
Jahon
xo‗jaligining
globalizatsiyalashuvi
sharoitida
kapital
internatsionlashuvining kuchayishi, transmilliy korporatsiyalar faoliyatining
kengayishi, ishchi kuchi migratsiya masshtabi va boshqa shunday jarayonlar
ta‘sirida, bugungi zamonaviy sharoitda to‗lov balansini tuzishda rezident,
norezident va kelishuv tushunchalarini aniqlash murakkab muammolarga
aylanmoqda. Xususan, AQShda davlat muasassalari, milliy kompaniyalar va
mamlakatda doimiy yashovchi fuqarolar rezident hisoblanadi.
Amerika
kompaniyalarining xorijdagi filiallari va sho‗‘ba korxonalari mazkur mamlakat
uchun xorijiy firma hisoblanadi.
Germaniyada to‗lov balansi nuqtai nazaridan rezidentlar bo‗lib ―millatidan
qat‘iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar, korxona va boshqalar uchun xo‗jalik
manfatlari markazi ushbu mamlakatda bo‗lishi‖ hisoblanadi.
Frantsiyada esa ―rezident‖ tushunchasi Frantsiyada yashovchi yoki xorijda
ikki yildan kam muddatda bo‗lgan frantsuz millatiga mansub jismoniy shaxslarga
va mamlakatda ikki yildan ortiq muddatda yashayotgan xorijlik jismoniy
shaxslarga ta‘luqli bo‗ladi. Yuridik shaxslar bo‗yicha esa ushbu mamlakatda
ishlayotgan diplomatik va konsullik vakolatxonalaridan tashqarilari rezident
hisoblanadi.
Rossiyada esa 2003- yil 10- dekabrdagi ―Valyutani tartibga solish va valyuta
nazorati to‗g‗risida‖gi qonunda rezident tushunchalari belgilab qo‗yilgan.
Kelishuvni aniqlashda klassifikatsiyada murakkablik mavjud.
Umuman olgan to‗rt tipdagi kelishuv yoki operatsiyalar mavjud:
tovar va xizmatlarni moliyaviy aktivlarga ayirboshlash (sotish
va sotib
olish);
barter ya‘ni tovar va xizmatlarning o‗zaro ayirboshlash;
moliyaviy aktivlar sotish va sotib olish;
bir tomonlama o‗tkazmalar–bir tomonlama asosda tovar, xizmatlar va
moliyaviy aktivlar olinishi yoki berilishi.
XVF
qo‗llanmasiga
asosan
kelishuv
kapital,
ishchi
kuchi,xizmat
ko‗rsatish,moliyaviy aktiv yoki tovarga egalikni o‗zgarishi va iqtisodiy qiymatni
o‗tkazish yoki ortishi, ayirboshlash, transformatsiya, yaratishni ifodalaydigan
iqtisodiy oqim sifatida aniqlandi. Bunday tartib tashqi
iqtisodiy operatsiyalarning
katta qismini qamrab olsada, yechilmagan bir qator savollar mavjud. Transmilliy
korporatsiyalarning xorijiy filiallari bilan amalga oshiradigan kelishuvlari (bitta
yuridik shaxs bo‗lganligi egalik huquqi o‗zgarmaydi) yoki iqtisodiy samara
beruvchi qandaydir o‗zgarishlar, masalan, valyuta kurslari o‗zgarishi munosabati
bilan valyuta rezervlarining qayta baholanishi mamlakat xalqaro talablari hajmiga
ta‘sir etadi. Rasmiy to‗lov balansida doimo tenglik bo‗lishi shart bo‗lib, haqiqatdagi
ma‘lumotlardagi farqlar ―Sof xatolar va o‗tkazib yuborishlar‖ moddasiga olib
boriladi.
Masalan, bojxona organi tomonidan chegaradan o‗tgan tovar qiymati bo‗yicha
bir ma‘lumot, keyin bank tomonidan esa ularni to‗lovi to‗g‗risidagi boshqa
ma‘lumot taqdim etiladi. Bunday xolat yuzaga kelishiga yerda tijorat siri, chegirma
miqdori kabi shunga o‗xshash boshqalar ta‘sirini o‗tkazgan. ―Sof
xatolar va
o‗tkazib yuborishlar‖ moddasi bo‗yicha ko‗rsatkichlar miqdori odatda unchalik
yuqori emasligi va yetarlicha barqaror hisoblansada, inqirozlar davrida, ijtimoiy va
siyosiy vaziyatlarda keskin oshadi
83
. XVF tomonidan qabul qilingan to‗lov
balansining moddalari klassifikatsiyasi tizimidan unga a‘zo mamlakatlar tomonidan
klassifikatsiyaning milliy metodlari asosi sifatida foydalaniladi. Iqtisodiy fanlarda
to‗lov balansi moddalari uchta asosiy tahliliy guruhga (qaysiki tegishli qoldiqlar
aniqlanadi) ajratiladi
84
: savdo balansi; joriy operatsiyalar balansi;
umumiy balans
yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. To‗lov balansi qoldig‗ini shakllantirishga
bo‗lgan turli nazariy yondoshuvlar to‗lov balansi kontseptsiyalarini yaratilishi
uchun baza bo‗lib xizmat qildi.
To‗lov balansi kontseptsiyalari quyidagilarga ajratiladi:
1.
joriy operatsiyalar balansi kontseptsiyasi;
2.
bazis balans kontseptsiyasi;
3.
likvidlik kontseptsiyasi;
4.
rasmiy hisob-kitoblar balansi kontseptsiyasi.
XVF ning 2008- yildagi ―To‗lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya
bo‗yicha qo‗llanmasi‖ ning oltinchi nashrida joriy operatsiyalar va kapital bilan
operatsiyalar hisoblarining birgalikdagi qoldig‗ini aniqlash uchun yuqorida
ko‗rsatilgan ikkita hisoblarni birlashtirish amaliy tavsiya etilgan
85
. Rossiya banki
tomonidan mazkur tavsiyaga amalga qilingan.
2017- yil boshida e‘lon qilingan Rossiya Federatsiyasining 2016-
yil uchun
to‗lov balansida o‗tgan yillarga nisbatan bo‗lgan asosiy o‗zgarishlar quyidagilardan
iborat bo‗lgan
86
:
tovarlar va xizmatlar eksport hajmi qisqargan bo‗lsada, norezidentlar ish
haqi bo‗yicha xarajatlarning kamayishi hisobiga joriy operatsiyalar hisobi bo‗yicha
ijobiy qoldiq o‗tgan yillarga nisbatan past darajada;
kapital bilan operatsiyalar hisobidagi salbiy qoldiq past darajada qolgan;
kapital chiqib ketishini pastligi va xorijiy investitsiya oqimini ko‗payishi
moliyaviy hisobdagi ijobiy qoldiqning keskin kamayishi;
xalqaro rezervlarning o‗sishi, tashqi qarzning kam miqdorda o‗zgarishi.
83
Mejdunarodnie valyutno–kreditnie i finansovie otnosheniya: Uchebnik/Pod red. L.N. Krasavinoy.– 4–e izd.,
pererab. i dop.–M.:Izdateltvo Yurayt,2014.123–127s.
84
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya:uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i dr. – M.: Izdatelstvo
Yurayt, 2014.462–463s.
85
Balance of Payments and International Investment Position Manual. Sixth Edition (BMP6). IMF. Wash., 2009. P.
216–222.
86
A.C. Bulatov. Osnovnie tendentsii i problemi platejnogo balansa Rossii v 2016 — nachale 2017 goda. «Mirovoe i
natsionalnoe xozyaystvo» №2(41), 2017.