Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


-rasm. TMK larda korporativ kreditlash sxemasi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

9.6-rasm. TMK larda korporativ kreditlash sxemasi 
Manba:
Slepov V.A.,Mamedov A.O. Osobennosti formirovaniya finansovix resursov 
transnatsionalnix korporatsiy. "Finansoviy menedjment"№5 god–2004. 
TMK moliyaviy menedjmentida ichki korporativ pul oqimlari tashkil topishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan ichki moliyaviy resurslarning o‗ziga xos yana bir turidan faol 
foydalanadi. Korporatsiya nuqtai nazaridan bu amalda pul mablag‗lari oqimi bilan 
ta‘minlamaydi, biroq korporativ strukturaning alohida elementlari pozitsiyasidan bu 
moliyaviy resurs juda ahamiyatli va zaruriy bo‗lishi mumkin. Bu yerda so‗z 
korporatsiya filial va korxonalari joylashgan regionlardagi soliq solish va 
moliyaviy cheklovlar,valyuta kurslaridagi farq tufayli paydo bo‗ladigan qo‗shimcha 
daromadlar to‗g‗risida bormoqda.TMK moliyaviy resurslari ichki manbalarini bir 
qator o‗z ustunliklariga (korporativ menedjment doirasida boshqarish yengiligi va 
tez faollashuvi) qaramasdan, har doim va to‗liq korporatsiya talabini ta‘minlay 
olmasligi mumkin. Bu jihatdan tashqi manbalar yanada diversifikatsiyalashgan, 
salmog‗li va samarali bo‗lib, ular ayniqsa korporatsiya rivojlanish davrida 
maksimal moliyaviy resurslar jalb zaruriyati bo‗lganda muhim o‗rin tutadi.
TMK moliyaviy resurslarini bir qator belgilariga ko‗ra klassifikatsiyalash 
mumkin. Korporatsiya moliyaviy resurslar tashqi manbalarini ularni iqtisodiy 
mohiyatiga ko‗ra quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin
191
: moliyaviy, kredit va 
fond. Birinchisi,ko‗pincha qaytarib berilmaydigan, boshqarish murakkab bo‗lgan 
va faqat bir qator o‗ziga xos shartlarga rioya qilingan xolda faollashtiriladi. 
Ikkinchi va uchinchisida faollashtirish insturmentlarini qo‗llanishidan kelib chiqib, 
ularda qaytarishlik, to‗lovlilik va muddatlilik nazarda tutiladi. Yana bir 
klassifikatsiyalash belgisi bo‗lib, korporatsiyalar tashqi moliyaviy resurslarini 
faollashtirish hududi hisoblanadi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy, resurs, tabiiy, mamlakat, 
ma‘muriy va siyosiy omillar hisobga olingan xolda korporatsiya bo‗linmasi 
191
A.O. Mamedov.Finansovie resursi transnatsionalnoy korporatsii:formirovanie i ispolzovanie. AVAL yanvar–mart 
1
'
2007. –138s.


214 
joylashgan aniq bir hududda shakllanadigan mahalliy moliyaviy resurslarga; 
korporatsiya bo‗linmasi faoliyat yuritadigan mamlakatda, biroq boshqa hududda 
o‗zga mahalliy omillar bilan shakllanadigan hududiy resurslarga ajratiladi. Bundan 
tashqari,o‗z navbatida korporatsiyalar xorijiy tashqi moliyaviy resurslari ajratib 
ko‗rsatiladi. 
Ular 
korporatsiya 
bo‗linmasi 
faoliyat 
yuritib 
kelayotgan 
mamlakatlarda, shuningdek kirib borish potentsiali mavjud mamlakatlarda 
shakllanadi. Ushbu resurslarning jalb qilinishi, intensivligi va hajmi investor 
ko‗zlangan maqsadlardan kelib chiqib farqlanadi.
TMK tashqi resurslarini yo‗nalish maqsadi, ko‗pincha kompaniyaning faoliyat 
ko‗rsatishi, rivojlanishini ta‘minlash, kengaytirish yoki resturkturizatsiyani amalga 
oshirishdan iborat bo‗ladi. Tashqi moliyaviy resurslarni, ularni faollashtirish 
darajasi bo‗yicha ajratish yuzasidan TMKlardagi tasnifiy yondashuv samarali 
moliyaviy menejment uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bu tasnifda TMK lar tashqi 
moliyaviy resurslardan foydalanish va faollashtirishni cheklovchi o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega hududiy omillar muhim o‗rin tutadi. Ushbu omillar ta‘siri, 
ularni yo‗nalish va samaradorligi tabiiy sharoit va xom ashyo bazasi, mehnatga 
yaroqli aholi tarkibi va miqdori, shuningdek ijtimoiy an‘analar, me‘yoriy qoida va 
cheklovlarga bog‗liqdir. Majburiyatlarni so‗ndirish oqimlari bo‗yicha resurslarni 
tabaqalashtiruvchi tasnifiy tamoyil xalqaro moliya bozoridan jalb qilingan TMK 
moliyaviy resurslarini tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Bu tasnifiy 
yondashuv ayniqsa, kompaniyaning kredit va bank tizimlaridan jalb qiladigan 
tashqi resurslarga juda zarurdir. Minimal risklarini hisob-kitob qilishning tezkor 
rejasida moliyaviy oqimlar ikki turga bo‗linadi. Birinchisida, yirik tijorat 
loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan moliyaviy oqimlar bo‗lib, ularni
baholash va nazorat qilish nisbatan oson hisoblanadi. Bu turdagi moliyaviy 
resurslar loyihalarning asosiy parametrlari asosida-bahosi, muddati, sotish hajmi, 
risk darajasi va boshqalarni yetarli darajada aniqlash va tuzatishlar kiritish 
imkoniyatini beradi. Ikkinchi, turdagi moliya oqimlar TMKlar tomonidan asosan 
joriy faoliyatini ta‘minlash uchun jalb qilinadigan tashqi moliyaviy oqimlarga 
bo‗linadi. Shuningdek, TMK lar tashqi moliyaviy resurslarini tasniflash belgisi 
sifatida bozor namoyon bo‗ladi, bu yerda so‗z tashqi moliyaviy resurslar 
faollashadigan bozor segmentlari–valyuta, kredit, qimmatli qog‗ozlar va 
investitsiya to‗g‗risida so‗z bormoqda
192
.
Har bir bozor segmentlarini o‗z insturmentlari,ishtirokchilari,usullari, huquqiy 
infrastruktura va nazorat organlari bo‗lib, bu ko‗rsatilgan bozorlar resurslarini jalb 
qilish va foydalanish o‗ziga xos xususiyatlari mavjudligidan dalolat beradi. 
Masalan, konvertsion valyuta operatsiyalari kassa, muddatli va valyuta arbitrajiga 
bo‗linadi.
Muddatli valyuta operatsiyalari asosan valyuta (kurslari o‗zgarishida yuzaga 
keladigan) risklarini xejirlash maqsadida amalga oshiriladi. Bularga svop (valyuta 
va foizli svop), forvard, fyuchers va optsion shartnomalari kiradi.
192
Mejdunarodniy finansoviy rinok: ucheb.posobie./pod red. d–ra ekon.nauk,prof. V.A.Slepova, d–ra ekon.nauk,prof. 
Ye.A.Zvonovoy. –M.:Magistr,2007.276–278s.


Optsion–ma‘lum bir aktivni (qimmatli qog‗oz, valyuta va boshqalar) qat‘iy 
kurs bo‗yicha kelishilgan sanada yoki kelishilgan davr muddatlarida sotish yoki 
sotib olish huquqiga bo‗lgan ikki tomonlama shartnoma
193
.
Xalqaro moliya bozori strukturasi bo‗yicha moliyaviy risklar quyidagi
valyuta, kredit, fond va investitsiya hamda sug‗urta risklariga klassifikatsiyalanadi. 
Valyuta kurslarining tez o‗zgarishlar natijasida operatsion, translyatsion va 
iqtisodiy risklar paydo bo‗ladi. Masalan, operatsion risklar tashqi iqtisodiy faoliyat 
uchun xos bo‗lib, majburiyatlar paydo bo‗lish va to‗lanish muddatlarini bir–biriga 
to‗g‗ri kelmasligi oqibatida eksport–import operatsiyalari, valyutadagi qarzlar va 
valyutada dividendlar to‗lashda yuzaga keladi. Bundan tashqari, TMK tashqi 
moliyaviy resurslar hajmi va muddatlari bo‗yicha klassifikatsiyalashuvi ham 
moliyaviy menedjmentda katta rol o‗ynaydi. Tashqi moliyaviy resurslar hajmi 
ko‗rsatkichi moliyaviy resurslar intensiv shakllanishiga,moliyalashtirish manbalari 
sifatida ularning jozibadorligiga,risklar paydo bo‗lishi va shakllanishiga ta‘sir 
o‗tkazadi.
Tashqi moliyaviy resurslar ulushini TMK lar o‗z kapitali, uni 
aktivlari,korporatsiya alohida fondlari (amortizatsiya, ish haqi fondi va boshqalar) 
yoki bo‗linmalariga nisbati bo‗yicha aniqlash mumkin. Muddatlari bo‗yicha 
tashqi moliyaviy resurslar qisqa, o‗rta va uzoq muddatlarga bo‗linadi. Bundan 
tashqari, TMK moliyaviy resurslari tashqi manbalarini pul oqimlari xususiyatlari 
hamda ularni yo‗nalishlari va asosida yotgan ishtirokchilar manfatdorliklariga 
bog‗liq xolda qayta taqsimlangan, qarz va jalb qilingan sifatida xarakterlash 
mumkin.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish