Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


TMKlar barqarorligini oshirish texnologiya



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

TMKlar barqarorligini oshirish texnologiya 
va usullari 
Diversifikasiya 
Moliyaviy faoliyatni 
optimallashtirish 
insturmentlari 
Kapital mobilligi
Transfert narh 
shakllanishi 
Ichki korporativ 
kreditlash 
Valyuta 
«spekulyasiyasi» 


208 
5.
sho‗‘ba korxonalari o‗rtasida moliyaviy resrurslarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
o‗tkazmalarini qo‗llanishi.
Xalqaro masshtabda moliyaviy oqimlar xarakatini boshqarishdagi asosiy 
maqsad bo‗lib, moliyaviy oqimni tezlashtirish hisoblanadi. Ushbu usulni amalga 
oshirishning bir necha aniq shakllari mavjud. Masalan, kirib kelayotgan moliyaviy 
oqimlarni 
tezlashtirishga 
to‗lovlarni 
oldindan 
avtorizatsiyasi 
yordamida 
erishiladi.Mazkur usul tovarlar (xizmat) yetkazib berilishi bilan ma‘lum limitgacha 
mijoz hisob–raqamidan mablag‗ni yechib olish imkoniyatini beradi.
Amaliyotda TMK lar tomonidan kirib kelayotgan moliyaviy oqimlarni 
intensifikatsiya va ko‗payishi uchun quyidagi usullar qo‗llaniladi: 

avans va oldindan to‗lovlar; 

to‗lovlarni o‗tkazish uchun dastlabki kafolatli kredit yoki kredit liniyasi 
orqali tezkor bank kreditlash; 

to‗lovlar o‗tkazilishini sezilarli tezlashtiruvchi xalqaro hisob– kitob tizimidan 
keng foydalanish; 

hisob-kitoblarni amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish va moliyaviy 
resurslar harakatini tezlashtirish uchun hisob-kitoblarni internet orqali amalga 
oshirish.
TMK lar moliyaviy oqimlarini optimallashtirishning ikkinchi usuli sifatida 
konvertsion operatsiyalar bo‗yicha xarajatlarni minimallashtirish uchun netting 
qo‗llaniladi. Netting
 
mohiyati bo‗yicha kliring sinonimi hisoblanib, moliyaviy 
talablarning o‗zaro hisob-kitoblari sifatida aniqlanadi. Mazkur usul TMK larning 
ikki yoki bir necha bo‗linmalari o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblarni muvaffaqiyat 
bilan amalga oshirish, shuningdek moliyaviy resurslarni markazlashgan boshqaruvi 
uchun qo‗llaniladi. Netting usuli har qanday konvertsion operatsiyalarni bajarishda 
yuzaga keladigan ma‘muriy va operatsion xarajatlarni qisqartirish hisobiga 
moliyaviy oqimlarni optimallashtirish imkoniyatini beradi.
Netting to‗lovlari ustunliklari quyidagilarda ko‗rinadi
186

birinchidan, netting tufayli TMK lar sho‗‘ba firmalari o‗rtasidagi chegaralar 
oqali amalga oshiriladigan o‗tkazmalar miqdori sezilarli darajada qisqaradi;
ikkinchidan,netting to‗lovlarida modomiki pul o‗tkazmalar sonini qisqarishi, 
xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan konvertsion operatsiyalarga bo‗lgan 
talablar pasayadi;
uchinchidan, 
sho‗‘ba 
firmalar 
o‗rtasidagi kelishuvlar to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarni yanada aniq va qattiq nazorat qilishga majbur qiladi;
to‗rtinchidan, nettingda moliyaviy oqimlarni prognozlashtirish qulaydir.
Ikki tomonlama netting tizimi TMK bilan bo‗linmasi yoki uning ikkita 
bo‗linmasi o‗rtasidagi kelishuvidan iborat bo‗lsa, ko‗p tomonlama netting tizimida 
bosh kompaniya va uni sho‗‘ba tuzilmalari o‗rtasidagi o‗zaro hisob-kitoblarning 
yanada murakkab sxemasi aks etadi. TMK lar uchun ko‗p tomonlama netting 
ma‘muriy va konvertsion xarajatlarni samarali qisqartirish jarayonlarini muhim 
186
Mejdunarodniy finansoviy rinok: ucheb. posobie / pod red. d–ra ekon. nauk, prof. V.A. Slepova, d–ra ekon. nauk, 
prof. Ye.A. Zvonovoy.– M.:Magistr,2007.268–271s.


elementi bo‗lib hisoblanadi. Bunday tizim odatda markazlashuv tamoyilliga 
asoslanib, zaruriy axborotlarni bir joyga to‗planish imkoniyatini beradi.
Netting to‗lovlari uchun valyutalar konvertsiyasi unchalik ko‗p bo‗lmagan 
operatsion xarajatlar bilan amalga oshirilganligi sababli markazlashgan guruh 
(bosh kompaniya) hatto turli valyutadagi zaxira mablag‗lariga ega bo‗lishi mumkin. 
Mazkur tizim mohiyatini o‗zaro to‗lovlar matritsasi misolida ko‗rib chiqish 
mumkin.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish