8-Mavzu: Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish axborot tizimlari
Muhim so’zlar: Korporativ tizim,”mijozga mo’ljallangan” yondashuv, Korporativ tizimga ta’sir etuvchi omillar, Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish
Dasturiy ta’minot, o‘zining 50 – yillikdan ortiq davrida juda katta o‘zgarishlarga uchradi. U oddiy, ya’ni mantiqiy va arifmetik operatsiya (amallar)dan tortib toki hozirgacha murakkab bo‘lgan korxonalarni boshqaruvi tizimlaridan iboratdir. Dasturiy ta’minotda doim ikki asosiy yo‘nalish rivojlanishini ajratish mumkin, bular:
1. Hisoblash amallarini bajarish; 2. Axborotlarni yig‘ish va qaytaishlash.
Oldingi kompyuterlar asosan birinchi yo‘nalish uchun xizmat qilgan bo‘lsa ( masalan: matematik hisoblashlar, yader quroli va raketa texnikasi sohasidagi hisoblashlar), hozirda ikkinchi yo‘nalish ish xajmini belgilamoqda. Bu ikkiyo‘nalishlarning funksiyalarini qayta taqsimlash ma’nosini anglash oson, chunki harbiy sohaga qaraganda fuqarolik sohada kompyuter qo‘llash keng ommaviy tus olib bormoqda. Ayniqsa, komyuterlar hozirga kelib ancha arzonlashganligi tufayli kichik korxona va oddiy fuqarolar ham sotib olish qurbiga egadirlar.
Bugungi kunda korxona boshqaruvini kompyutersiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuterlarda allaqachon buxgalter hisob-kitob, ombor(sklad) ishlari, asortiment (mahsulot turlari) va xarid kabi jarayonlarining dasturiy ta’minoti joriy etilgan. Ammo, zamonaviy biznes (tadbirkorlik) korxonalar boshqaruvida axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishini talab etiladi. Axborot texnologiyalarining yashashga qodirligini va rivojlanishini shunday tushuntirish mumkinki, zamonaviy biznes boshqaruv xatolariga tez ta’sirchan bo‘ladi. Savdo-sotiqni, ishlab-chiqarish yoki boshqa xizmat doirasidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi aspektlar doim nazorat ostida bo‘lishi talab qilinadi, bu esa boshqaruv yechimlarini aniqlash uchun aniqmaslik va tavakkalchilikni bevosita bartaraf etadi. Hozirgi davrda boshliqning fikri-zikri va kapital mablag‘i birinchilar qatorini egallashga kamlik qiladi. Demak, boshqaruvga zamonaviy yondashish axborot texnologiyalariga mablag‘ ajratishni (hisobga olishni) ko‘zda tutadi. Korxona qanchalik yirik bo‘lsa, shunchalik ko‘p mablag‘ ajratishni majburiy ravishda aniqlaydi. Hozirgi kuchli va murosasiz raqibatchilikda oldingi qatorda bo‘lish va yutib chiqish uchun kim yaxshiroq ta’minlangan va samarali tashkil etilganligiga bog‘liq, bu esa hayotiy zaruratdan iborat.
Axborot tizimlari.
Axborot tizimlari (ATZ) oddiy dasturiy mahsulot bo‘lishiga qaramay, standart ko‘rinishida bo‘lgan amaliy dastur va tizimlardan bir qator keskin farqga egadir. ATZlar sohasiga ko‘ra o‘zining funksiyalari, arxitekturasi va joriy qilinishga qaraganda anchagina farqlanadi. Lekin, umumiy xossalarini ajratish mumkin:
ATZlar axborotlarni to‘plash, saqlash va qayta-ishlash uchun mo‘ljallangan va shuning uchun ular asosida saqlash va ma’lumotlarga kirish muhiti yotadi;
ATZlar eng ohirgi foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular hisoblash texnikasi sohasida yuqori malakaga ega bo‘lmasliklari mumkin. Demak, ATZlarning mijoz ilovalari sodda, qulay va oson o‘zlashtiruvchi interfeys yordamida bo‘lishi lozim. Bunda oxirgi foydalanuvchi uchun zarur funksiyalardan foydalanilganda (ishlatganda) ortiqcha harakat qilish imkoniyati bo‘lmasligi kerak.
Shunday qilib, axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonida ikki asosiy masalani ko‘zda tutadi, ya’ni:
Axborotlarni saqlash uchun ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish;
Mijoz ilovalar uchun foydalanuvchining grafik interfeyslarini ishlab chiqish.
Ma’lumotlar ba’zasi (MB)
Ma’lumotlar ba’zasini boshqarish tizimi (MBBT) har qanday ATZning ajralmas qismini tashkil etadi. Qo‘llanilayotgan MBBT turi ATZlarning mashtabi bilan aniqlanadi – kichik ATZlar maxalliy (lokal) MBBTlar bilan, korporativ axborot tizimlari esa kuchli mijoz-server MBBTlari bilan ishlaydi. Objectstore, Objectivite, 02,Jasmin kabi obyektga yo‘naltirilgan MBBTlar zamonaviylashganligiga qaramay, Oracle, linformix, Sybase, DB2, MS SQL-server kabilar SQL-92 standarti asosida ishlayotgan relyatsion (nisbiy) modelli MBBTlar ko‘proq qo‘llanilmoqda, chunki bunda relyatsion MBlar yaxshi sozlangan va rivojlangandir.
ATZlarni tashkil qilishdagi keng tarqatilgan usullardan ko‘p pog‘onali (darajali) kliyent (mijoz)-server arxitekturasidir. Bulardan ikki pog‘onali mijoz-serveri ko‘proq tarqalgan. Bu holda ATZning amaliy qismi ishchi stansiyalarda, server tomonondan esa ma’lumotlar bazasiga kirish qismi joylashadi. Mijoz ish stansiyalar yuklanishini yengillashtirish maqsadida uch pog‘onali arxitektura qo‘llaniladi. Bunda o‘rta oraliq server ilovasi qo‘yiladi. Mijoz server tomonida faqat interfeys bo‘lib, axborotni qayta ishlash mantiqlari o‘rta orliq server ilovasida bo‘ladi. MBlarni ishlab chiqarishda MBBTlarning o‘rni katta bo‘lishiga qaramay, boshlang‘ich holatda MBBTlarning muhim o‘ziga hos hislatlari ahamiyatga ega emas.
Case-vositalar
ATZlarni loyihalashdagi birinchi qadamlardan biri bu ularni sohta (formal) tasvirlanishidir. Bu jarayonda ATZning biror predmet sohasiga mo‘ljallangan to‘la, ham qarama-qarshilikka ega bo‘lmagan funksiyalari va modellaridan iborat qurilmalari qatnashadi. Yana bunda loyiha qatnashuvchilari yuqori malakali mutaxasislar bo‘lishi talab qilinadi, chunki bu jarayon mantiqiy jihatdan murakkab, ko‘p xajmli va uzoq vaqtga mo‘ljallangan ish xajmiga ega. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ATZlarni yaratish va funksiyalarini ishlatish jarayonida foydalanuvchilar tomonida ba’zi o‘zgartirish va tuzatmalar bo‘lishi mumkin va demak, bunday tizimlarni ishlab chiqish va kuzatishda ba’zi qiyinchiliklarga duch keliniladi.
ATZlarni modellari loyiha qatnashuvchilariga tushinarli
ko‘rinishdagi vositalar bilan tasvirlanishi (yozilishi) kerak. Buning uchun UML– modellashtirishning universal tili qo‘llaniladi.
Yuqorida keltirilingan qiyinchiliklar Case-vosita nomli maxsus dasturiy-texnilogig sinfini paydo bo‘lishiga olib keladi. Case abbreviaturasi(computer Aided software/system engineering) hozirgi vaqtda keng ma’noda qo‘llanilmoqda, chunki dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda samaradorlikni oshirish vositasi deb tan olingan. Bashlang‘ich vazifasi avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda ATZlarni ishlab chiqish jaryonida butunlay o‘zgargan. Case vositasi sifatida xozirgi vaqtga kelib shunday dasturiy vositalar, ya’ni: ATZlarni yaratish va kuzatish jarayonini qo‘llash va bu borada esa talablarini analiz va mazmunini shakllantirish (formulirovka), amaliy dastur ta’minoti va MBni loyihalash, kod generatsiyasi, test o‘tkazish, hujjatlashtirish, sifatni ta’minlash boshqaruv konfiguratsiyasi va loyixa boshqaruvi, hamda boshqa jarayonlar amalga oshiriladi. Ishlab chiqish vositalari
ATZlarni loyihalashdagi yana bir sinfi bu foydalanuvchi interfeysini qulay va axborot tizimlari maqsadlariga muofiq qilib yaratishdir. Foydalanuvchilar odatda interfeysga qarab tizimni baholashadi. Interfeys sifati tizimning samaradorligiga olib keladi. Interfeys ishlab chiqish doimo qiyin masalalardan biri bo‘lib kelgan, u ishlab chiquvchidan ko‘p vaqt talab etadi. Ammo, oxirgi paytda vizual ilovalar yaratish ishlab chiqaruvchilarga ancha yengillik tug‘dirdi. Bularni ikki sinfga ajratish mumkin:
aniq MBBTlarda ilova yaratishning maxsus vositalari bo‘lib bunda oddiy ilovalarga mo‘ljallanmagan holda MB qatnashmaydi. (Power Builder firmasining Sybase tizimi).
Universal vositalar. Bunda ham MB va axborot ilovalar birga va alohida qo‘lanilishi mumkin (Delphi, Visual Basic, S#, …)
Korxona boshqarish unumdorliging rivoji
Bu mavzuda asosan operatsion tizimlarga tegishli umumiy tushunchalari, ularning tiplari va asos xassalari ko‘riladi. Bunday tizimlarni ishlab chiqish hamda tug‘iladigan muammolarni yechishdagi masalalarning shakllari(formulirovkasi) ham ko‘rib o‘tiladi.
Axborot tizimlarideganda odatda shunday amaliy dasturiy ta’minot tushiniladiki, unda u shunday axborotlardan, ya’ni yig‘ish, saqlash, qidirish va matnlarni qayta ishlash yoki faktografiyalardan iborat bo‘ladi. Axborot tizimlari tarkibiga kiruvchi dasturiy komponentlar umumiy xolda quyidagilardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi:
Kirish – chiqish muloqoti;
Muloqot mantiqi;
Ma’lumotlar qayta ishlash jarayonining amaliy mantiqi;
Ma’lumot boshqarish mantiqi;
Fayllar va ma’lumotlar bazasi bilan manipulyatsiya jarayoni operatsiyalari.
Korporativ axborot tizimdari(KATZ) deb, maxsus dasturiy ta’minot va shu dasturiy ta’minot o‘rnatilgan va sozlangan hisoblash apparat platformasiga aytamiz.
Korporativ axborot tizimlari rivojigata’sir etuvchi faktorlar (omillar)
Keyingi vaqtlarda ko‘pgina korxona rahbarlari, korxonada korporativ axborot tizimlariniqurish muximligini hozirgi zamon shart-sharoitlarida biznesni(tadbirkorlikni) muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur instrument bo‘lishini to‘laqonli tushinib yetishni boshlamoqda.
Korporativ axborot tizimlarini rivojida sezilarli ta’sir etuvchi muhim omillardan uchtasini ajratish mumkin:
Korxona boshqarish usullarining rivoji;
Kompyuter tizimlarning umumiy imkoniyatlari va unumdorligini rivoji;
Axborot tizimlari elementlarining texnik va dasturiy amalga oshirishi jaryonidagi yondoshuvlar rivoji.
Bu omillarni kengroq ko‘rib o‘tamiz.
Korxona boshqarishning nazariyasi o‘rganish va mukammallashtirishda tegishli predmetni o‘zida anchagina to‘la tasvirlaydi. Bu esa, shu bilan belgilanadiki, jahon bozorida doimo o‘zgarishlar va vaziyatlarning turli ko‘rinishlari kelib chiqadi. Borgan sari raqobat darajasi o‘sishi davrida kompaniya raxbarlari, o‘z ish faoliyatlarida bozorga moslashgan va saqlagan holda, yangi ish usullarini kirgizishi va rentabellikni ushlab turishi kerak. Bunday usullarga diversifikatsiya, nomarkazlashtirish, sifatni boshqarish va hakozolar kiradi.
Zamonaviy axborot tizim menejmentning(boshqaruv) nazariya va amaliyotiga kiritilayotgan yangiliklariga javob berishi kerak. So‘zsiz, bu eng asosiy bosh omildir, chunki funksionallik talablariga javob beraololmaydigan tizimlarining texnik ma’nosidagi mukammallashgan ko‘rinishini qurish befoydadir yoki umuman ma’noga ega emasdir.
Kompyuter tizimlarning umumiy imkoniyatlari va unumdorligi rivoji
Kompyuter tizimlarning quvvati va unumdorligini kuchaytirib borish sohasidagi o‘sishi, tarmoqli texnologiya va ma’lumot uzatish tizimlarini rivoji, kompyuter texnikasini turli jihozlar bilan keng imkoniyatli integratsiyasidagi o‘sishi, axborot tizimlarini unumdorligi va ularning funksionalligini doimo kuchaytirishga olib keladi.
.Axborot tizimlari elementlarining texnik va dasturiy joriy etishga yondashuvlari rivoji
Keyingi yillar mobaynida, axborot tizimlarining apparat qismlari rivoji, parallel ravishda yangi, ancha qulay va universal bo‘lgan axborot tizimlarining dasturiy – texnologik joriylashtirishning usullarini uzluksiz qidirish ishlari olib borilmoqda. Oxirgi yillarda, axborot tizimlarining rivojiga kuchli ta’sir etuvchi muhim uchta yangilikni ajratish mumkin.
Dasturlashga yangicha yondashuv. 90 – yillardan boshlab obyektga – yo‘naltirilgan dasturlash, ular deyarli modulli dasturlashni siqib chiqardi: hozirga qadar obyektli modellarni qurish uzluksiz mukammallashib bormoqda. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasining qo‘llanilish xisobiga murakkab axborot tizimlarini yaratish vaqti keskin ravishda qisqaradi, ularni qo‘llab quvvatlash va rivoji yengillashadi.
Tarmoq texnologiyasi rivojiga ko‘ra mahalliy axborot tizimlariga mijoz – server va ko‘ppog‘onalilik server joriylashtirish borgan sari kirib kelmoqda.
Internet rivoji ajratilgan bo‘linmalar bilan ishlash esa imkoniyatlarni kengaytirdi, elektron kommersiyaning keng istiqbollarini ochdi, Internet orqali ishlash xaridorlarga xizmat va boshqa – boshqalarni yuzaga keltirdi. Buning ustiga Internet – texnologiyani korxonaning ichki tarmoqlarida qo‘llash(Intranet – texnologiya) aniq yutuqlarga olib keldi.
Izoh ----------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Shuni nazarda tutish kerakki, axborot tizimlarini qurishda aniq texnologiyalarni qo‘llash ishlab chiquvchining shahsiy maqsadlaridan iborat emas. Texnologiyani tanlash real ehtiyojlarga bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi kerak.
MAVZU 4 Korporativ axborot tizimlarining asosiy tashkil etuvchilari
Tarmoqli, telekomunikatsion, dasturiy, axborot va tashkiliy infratuzilma majmualarini o‘zida ifodalovchi kompyuter infratuzilmasi tashkili;
Tashkiliy masala yechimini, hamda uning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq funksional tizimostilar.
Axborot tizimlari tashkil etuvchilari orasidagi bog‘liklik
Axborot tizimlarini turkumlash
Korporativ axborot tizimlari tarkibida nisbatan bog‘liqsiz ikki tashkil etuvchilarni ajratish mumkin:
Tarmoqli, telekomunikatsion, dasturiy, axborot va tashkiliy infratuzilma majmualarini o‘zida ifodalovchi kompyuter infratuzilmasi tashkili;
Tashkiliy masala yechimini, hamda uning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi o‘zaro bog‘liq funksional tizimostilar.
Birinchi tashkil etuvchi axborot tizimning texnik-tizim tuzilmasi tamonlarini aks ettiradi. Mazmun jihatidan bu funksional tizimostilar integratsiyasi uchun asos bo‘lib, axborot tizimlarini muoffiqiyatli eksplutatsiya qilishning xollarini to‘la tavsiflaydi.
Kompyuter infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar yagona va standartlashgan, undagi qurish usullari oldindan yaxshi ma’lum va ko‘p marotaba amaliyotda sinovdan o‘tgan bo‘ladi.
Korporativ axborot tizimlarining ikkinchi tashkil etuvchisi butunligicha (to‘laligicha) amaliyot qismiga kiradi va ma’lum darajada o‘ziga xos(spetsifik) masalalar, hamda korxona maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tashkil etuvchi korxona komyuter infratuzilmasiga to‘laligicha asoslanadi va korporativ axborot tizimlari amaliy funksionalligi aniqlaydi. Funksional tizimostilariga qo‘yiladigan talablar murakkab xolda bo‘lib, ko‘pincha qarama qarshilikka duch keladi, chunki bu talablar turli amaliy sohadagi mutaxasislar tomonidan qo‘yiladi. Ammo, bu tashkil etuvchi yakuniy jihatdan olib qaraganda, tashkillashtirishni funksional ishlashiga nisbatan muhimroqdir. Chunki komyuter infratuzilmasi asosan shu tashkil etuvchi uchun quriladi.
Axborot tizimlari tashkil etuvchilari orasidagi bog‘liklik
Axborot tizimlarining tashkil etuvchilari orasidagi o‘zaro bog‘lanish anchagina murakkabdir. Bir tomondan olib qaraganda bu ikki tashkil etuvchi qaysidir ma’noda boqliqsiz ko‘rinishi mumkin. Masalan, ma’lumotlarni kompyuterlararo almashishini qo‘llash uchun tarmoq va protokol tashkili buxgalter hisob-kitobi uchun korxonada qanday usul va dastur qo‘llashni rejalashtirilayotganligi hech ham bog‘liq emas.
Boshqa tomondan oliib qaraganda, keltirilgan tashkil etuvchilar ma’lum ma’noda baribir bir-biriga bevosita bog‘liqdir. Funksional tizimostilar prinsipial jihatdan kompyuter infratuzilmasi bo‘lmasa o‘z mavjudligini yoqotadi. Bir paytning o‘zida kompyuter infratuzilmasi yetarlicha chegaralangan bo‘ladi, chunki zarur funksionalikka ega bo‘lmaydi. Tarmoq infratuzilmasi bo‘lmagan holda taqsimlangan ATZni eksplutatsiya qilib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan holda,har qanday tashkilotning xodimlariga qator foydali umumxizmatlarni taqdim etish mumkin (Masalan: elektron pochta va INTERNETga kirish kabi), bular ishni osonlashtiradi va samarali bo‘ladi. (
xususan rivojlangan tarmoq vositasini qo‘llash orqali).
Demak, axborot tizimlari yaratishni kompyuter infratuzilmasidan boshlash maqsadga muvofiqdir, chunki bu muhimroq tashkil etuvchi bo‘lib, sanoat texnologiyasida ko‘rimli, ya’ni sinovdan o‘tganlariga tayanadi va masala qo‘yilishi hamda uning yechimlarini taklif qilinganlaridan qisqa va oqilona vaqt oralig‘ida yuqori daraja aniqlikda amalga oshiradi.
Izoh.-------------------------------------------------------------------------------------
-----------------
Amaliy funksionallikni e’tiborga olmay turib, qandaydir o‘zi uchun yetarli korporativ tarmoqni qurish ma’noga ega emas. Agar texnik-tizim infratuzilmani yaratish jarayonida tahlil va avtomatlashtirish boshqaruvi masalalarini o‘tkazilmasa, u holda korporativ tarmoqni ishlab chiqishga ajratilgan investitsiya oxiriga kelib real natija bermaydi.
--------------------------------------------------------------------------------------------
--------------------
Korporativ tarmoq tizimi bir necha yil oldin yaratiladi va uni ishlab chiqish va qo‘llashga sarflangan kapital mablag‘i shunchalik kattaki, mavjud tarmoqni to‘la yoki qisman boshqatdan yaratish amaliy jihatdan mumkin emas.
Funksional tizimostilar esa, korporativ tarmoqlardan farqli o‘laroq, o‘z tabiatiga ko‘ra o‘zgaruvchandir, chunki tashkilotning predmet sohasidagi ish faoliyatida doimo ozmi yo ko‘pmi sezilarli yoki muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Funksional tizimostilar tashkiliy – boshqaruv tuzumi tashkiliga, uning funksionalliligiga, funksiyalarining taqsimlanishiga yetarlicha bog‘langan bo‘ladi. Bularmoliyaviy texnologiya va sxemalarda, mavjud aylanmahujjat texnologiyasida va boshqa ko‘pgina omillarda qabul qilingan.
Funksional tizimostilarni asta sekin ishlab chiqish va kiritish mumkin. Masalan, oldin amaliy funksionallikni ta’minlaydigan(moliyaviy hisob, xodimlar boshqaruvi va shu kabilar kiritiladi) muhim va javobgarligi ko‘proq uchastkalar(joylar) ishlab chiqiladi, keyin esa korxona bashqaruvining uncha muhim bo‘lmagan sohalari amaliy dasturiy tizimga tarqatiladi.
Axborot tizimlarini turkumlash
Axborot tizimlari turli belgilariga qarab turkumlanadi.
Turkumlarning tez-tez ishlatiladiganlarini ko‘rib chiqamiz.
Masshtab bo‘yicha turkumlash
Masshtab bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi uch guruh ostilariga bo‘linadi(rasm 1.1):
bittalik;
guruhiy;
korporativ.
Bittalik axborot tizimlari
Bittalik axborot tizimlari qoidaga ko‘ra avtonom shahsiy kompyuterlarda(tarmoq ish- latilmaydi) joriy etiladi. Bunday tizim axborot fondiga bog‘liq ravishda bir necha sodda ilovalardan iborat bo‘ladi va bir yoki bir guruh foydalanuvchilar ishiga mo‘ljallangan bo‘lib vaqtga nisbatan bir ish joyida ajratilgan. Bunday ilovalar mahalliy ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi (MBBT) yordamida yaratiladi. Mahalliy MBBTlarga ancha ma’lum bo‘lgan Clarion, Clipper, Foxpro, Paradox, dBase va Microsoft Access kabilar kiradi.
Guruhiy axborot tizimlari
Guruhiy axborot tizimlari ishchi guruh a’zolarining axborotlarini jamoaviy qo‘llashga mo‘ljallaangan va ko‘pincha mahalliy tarmoq asosida quriladi. Bunday ilovalarni ishlab chiqishda ishchi guruh uchun ma’lumotlar bazasi serveri(SQL- serveri deb ham ataladi) qo‘llaniladi. Bunda ma’lum bo‘lgan Oracle, DB2, Microsoft SQL Server, InterBase, Sybase ma’lumotlar bazasi serverikeng tarqalgan.
Korporativ axborot tizimlari
Korporativ axborot tizimlari ishchi guruh tizimlarini rivojlantirishdan iborat. Ular yirik kompaniyalarga mo‘ljallangan va xududlarga tarqatilgan tugun yoki tarmoqlarda qo‘llanilishi mumkin. Asosan ular turli darajalardagi iyerarxik(pog‘onali) tizimga ega. Bunday tizimga o‘ziga hos serverli kliyent-server yoki ko‘ppog‘onali server arxitekturalar xarakterlidir. Bunday tizimlarni ishlab chiqishda guruhiy axborot tizimlari kabi ma’lumotlar bazasi serveri ham qo‘llanilishi mumkin. Ammo yirik axborot tizimlarida Oracle, DB2 va Microsoft SQL
Serverlar keng tarqalgan. Guruhiy va korporativ axborot tizimlari uchun ma’lumotlarni funksionalligi saqlanishining ishonchliligiga talablar sezilarli ko‘tariladi. Bu xossa ma’lumotlar butunligi, murojaati va ma’lumotlar bazasi serveridagi tranzaksiyalar qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Qo‘llash doirasi bo‘yicha turkumlash
Axborot tizimlarini qo‘llash doirasi bo‘yicha turkumlash, odatda to‘rt guruhga bo‘linadi(rasm 1.2):
tranzaksiyani qayta ishlash tizimi;
yechimlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi;
axborot-yordam tizimi;
ofis - axborot tizimlari.
/
Rasm 1.2. Qo‘llash doirasi bo‘yicha axborot tizimlarini bo‘linishi
Tranzaksiyani qayta ishlash, o‘z navbatida ma’lumotlarni qayta ishlashni tezkorligi jihatidan paketli axborot tizimlari va tezkor axborot tizimlariga bo‘linadi. Tashkiliy boshqarishda axborot tizimlarida tranzaksiyani qayta ishlashning tezkor rejimi ko‘proq egallaydi. (Online Transaction Processing, OLTP), bu predmet sohaninng hohlagan vaqtida dolzarb holatini ishlashda, deyarli cheklangan qismni egallaydi. OLTP tizimlari uchun buyurtma, to‘lov, so‘rov va shunga o‘xshashlar muhim o‘rin tutadigan yetarli sodda tranzaksiyalarni regulyar(muayyan) oqimi uchun xarakterlidir.
Ular uchun muhim bo‘lgan talablarga quyidagilar kiradi:
tranzaksiyalarni qayta ishlashning yuqori unumdorligi;
telekommunikatsiya orqali ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan(taqsimlangan) holda kirishda axborotni yetkazib berish kafolati.
Yechimlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi (Decision Support System, DSS) o‘zida boshqa tur axborot tizimlarini tasvir etadi, unda yetarlicha murakkab so‘rovlar yordamida turli kesimlarda ma’lumotlar yig‘ish va tahlili olib boriladi: vaqtli, geografik, boshqa ko‘rsatkichlar.Axborotyordam tizimining keng sinfi gipertestli hujjatlar va multimediaga asoslangan. Bunday axborot tizimlarining ancha rivojlangan ko‘rinishlari
Internetda o‘z ifodasini topgan.
Izoh.---------------------------------------------------------------------------------------------
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qo‘llash doirasi bo‘yicha turkumlash yetarli darajada shartlidir. Yirik axborot tizimlari yuqorida keltirilgan barcha sinf belgilariga tez-tez ega bo‘ladi. Bundan tashqari, korporativ axborot tizimlarining korxona masshtabi odatda bir qator tizimostilardan tashkil topadi, ular turli sferalarda qo‘llashga tegishli bo‘ladi. --------------
--
Tashkillashtirish usuli bo‘yicha turkumlash.
Tashkillashtirish usuli bo‘yicha guruhiy va korparativ axborot tizimlari quyidagi sinflarga ajraladi:
fayl-server arxitekturasi asosidagi tizimlari;
mijoz-server arxitekturasi asosidagi tizimlari;
ko‘p pog‘onali arxitektura asosidagi tizimlari;
4)Internet (Internet-texnologiyasi asosidagi tizimlari)
/
Rasm 1.3. Axborot tizimlarini tashkillashtirish bo‘yicha bo‘linishi
Har qanday axborot tizimida zaruriy funksional komponentalarni ajratish mumkin (jadval 1.1). Ular axborot tizimlari turli arxitekturalarining chegaralanishlarini tushunishga yordam beradi. Axborot ilovalari qurish variantlarining xususiyatlarini kengroq ko‘rib chiqamiz.
Jadval 1.1. Axborot tizimlarining tipik funksional
komponentalari
Fayl-server arxitekturasi
Fayl-server arxitekturasida PS va PL muloqot komponentalarining tarmoqli bo‘linishi bo‘lmaydi, kompyuter esa ular funksiyalarini akslantirish uchun qo‘llaniladi, bu esa grafik interfeyslar qurishni yengillashtiradi.Fayl-server faqatgina fayllardan ma’lumotlarni oladi xolos va, demak qo‘shimcha foydalanuvchilar va ilovalar markaziy protsessorga unchalik yuklanish bo‘la olmaydi. Har bir yangi mijoz tarmoqda hisoblash jarayonining kuchini oshiradi.
Fayl-server ilovalarni ishlab chiqish obyektlari PL-muloqot mantiqini, hamda BL-ishlab chiqish va DL-ma’lumotlar boshqaruvini aniqlaydigan ilova komponentalaridan iborat.
Ishlab chiqilgan ilovalar yoki yakunlangan yuklanuvchi modul ko‘rinishida yoki interpretatsiya uchun maxsus kod ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ammo, bunday arxitektura muhim kamchilikka ega: ma’lumotlar bazasida bir nechta so‘rovlar bajarilishida mijozga katta xajmdagi ma’lumotlar uzatilishi mumkin, bunda tarmoq yuklanishiortadi va aniqlab bo‘lmas vaqt reaksiyasiga olib kelinadi. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoq grafigi ayniqsa ma’lumotlar bazasining uzoqlashtirishgan(taqsimlangan) holda kirishdagi fayl-server kichik tezlik aloqali kanallarda bilinadi. Bu kamchilikni yo‘qotishning variantlaridan biri, tarmoqda fayl-serverli ilovalarni uzoqlashtirilgan(taqsimlangan) holdagi boshqaruvidan iboratdir. Bunda mahalliy tarmoqga telekommunikatsion serverbilan moslashgan ilova serverlari joylashtiriladi (kirish serveri deb ham ataladi).
Bu muhitda odatda fayl-server ilovalar bajariladi. O‘ziga hos hususiyatni keltirsak, bu shundan iboratki, unda kirish-chiqish muloqati telekommunikatsiya orqali uzoqlashtirilgan(taqsimlangan) holdagi mijozlardan yetib keladi. Ilova juda murakkab bo‘lishi kerak emas, chunki serverni yuklanishi darajasi ortib ketishi ehtimoli yuqori bo‘ladi yoki ilova serverning kuchli platformasi kerak bo‘ladi.
Izoh.------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Fayl-server tizimlari yaratilishning an’anaviy vositlaridan biri bu mahalliy MBBTlardir. Ammo bunday tizimlar, qoidaga nisbatan ma’lumotlar butunligini ta’minlash talablariga javob bermaydi (xususan, ular tranzaksiyani qo‘llab-quvvatlamaydi). Shuning uchun ularni (MBBT) qo‘llaganda ma’lumotlar butunligini ta’minlash masalasi mijoz dasturlariga ag‘dariladi, bu esa mijoz ilovalarni murakkablashtirilishiga olib keladi. Yana shunisi ham o‘rinliki, bu instrumentlar o‘zining soddaligi, qo‘llashga qulayligi va moyilligi jalb etadi. Shuning uchun fayl-server axborot tizimlari hozirga qadar kichik ishchi guruhlar uchun qiziqish uyg‘otadi va bundan ko‘ra ko‘proq, axborot tizimlarining korxona masshtabi sifatida ko‘p xollarda qo‘llaniladi. ---------------------------------------------------------------------------------------------
Mijoz-server arxitekturasi.
Mijoz-server arxitekturasi fayl-server ilova muammolarini ilova komponentalarini ajratish yo‘li bilan hal etishga mo‘ljalangan.
Bunda komponentalar qayerda samarali funksiyalar bajarsa, o‘sha yerda joylashtiriladi. Mijoz-server arxiteturasining xususiyati bu SQL (Structered Query Language) tuzilmali so‘rov tilida so‘rovlarni tushunadigan ma’lumotlar bazasi serverinialohida ajratilgani muhim -bu ma’lumotlarni xizmat-yordami borligidir.
Unda MBning tuzilmasi va ma’lumotlar butunligi cheklanishlari, formatlar va xatto chaqiruv bo‘yicha ma’lumotlarin qayta ishlash protsedurlari serverlarda yozilgan bo‘ladi yoki dasturda hodimlar bo‘yichayozilgan bo‘ladi.
Bunday ilovalarni qayta ishlash obyektlariga dialog va mantiqiy qayta ishlashdan tashqari, eng oldin ma’lumotlarni relyatsion modeli va u bilan bog‘liq SQL-operatorlari hisoblanadi, albatta ma’lumotlar bazasiga tipik so‘rovlar uchunishlatiladi.
Mijoz-serverning turli konfiguratsiyalari(ko‘rinishlari).
Mijoz-server xizmatiga murojaat qiladigan ikkipog‘onali server modeli qo‘llaniladi. Shuni nazarda tutiladiki, PS va PL kompanentalari mijoz tomonga joylashtiriladi, bu esa grafik interfeysni amalga oshirishga imkon beradi. DS va FS boshqaruv komponentalari server tomonda joylashtiriladi, PS, PL-muloqotlar esa mijoz tomonda bo‘ladi. Mijoz-server arxitekturasining ikkipog‘onali serveri aniqlanishida shu variant o‘zigina qo‘llaniladi: ilova mijoz tomonda ishlaydi, serverda esa MBBT joylashadi.
Ammo, MB bilan faol o‘zaro bog‘liq murakkab ilovalar ham mijoz ham tarmoqni yuqori darajada yuklab qo‘yish mumkin. Natijada SQL-so‘rovlar qayta ishlanishi uchun mijozga qaytarilishi kerak, chunki u yerda yechimni qabul qilish mantiqi oshirib boriladi. Bunday sxema turli mijoz tugunlari bo‘yicha tarqalgan ilovalarni ma’murlashtirishda qo‘shimcha qiyinchiliklarga olib keladi.
Tarmoqda yuklanishni qisqartirish va ilovalarni ma’murlashtirishni soddalashtirish uchun BL kompanentani serverga joylashtirish kerak. Bunda yechim qabul qilishning barcha mantiqi saqlovchi protseduralariko‘rinishida xujjatlashtiriladi va serverda bajariladi. Saqlovchi protsedular-SQL operatorlari bilan MB protseduraga kirish uchun talab etiluvchan parametrlarni nomi bo‘yicha chaqiriladi va MB serverda bajariladi.
Saqlovchi protseduralar kompilyatsiya qilinishi mumkin, bu esa ularni bajarish tezligini oshiradi va server yuklanishni qisartiradi.
Saqlovchi protseduralar ilova va MB butunligini yaxshilaydi, jamoaviy operatsiya va hisoblashlar dolzarbligini kafolatlaydi. Bunday protseduralar kuzatuvini yaxshilaydi, hamda havsizlikni ham (bunda ma’lumolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish yo‘q) ko‘taradi.
Izoh
Shuni esda tutish kerakka amaliy mantiq saqlovchi protseduralarining ortiqcha yuklanishi serverni ham ortiqcha yuklashi mumkin, bu esa ishlab chiqish unumdorligini yo‘qotilishiga olib keladi. Bu muammo, ayniqsa yirik axborot tizimlarini ishlab chiqishda dolzarbdir, unda serverga bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli mijozlar murojaat qilishi mumkin. Shuning uchun ko‘p hollarda, kelishilgan (kompromiss) yechimlarni qabul qilishga to‘g‘ri keladi: ilova mantiqining bir qismi server tomonda joylashadi. Bunday arxitektura mijoz-server tizimlar deyiladi. Keltirilgan sxema mantiqni muvafaqqiyatli ajratilishida mijoz va server yuklanishini balanslanganroq holini olishga yordam beradi, ammo ilovalar kuzatuvini
ancha qiyinlashadi
Mijoz-server arxitekturasini yaratish ko‘p terminalli tizimda ham mumkin. Bu holda ko‘p masalali server ilovalarida foydalanuvchi dasturlar bajariladi, mijoz (uzel) terminallari bo‘ladi.
Axborot tizimlarining bunday ko‘rnishlari UNIXuchun xarakterli ekanligidir.
Hozirgi paytda mijoz-server arxitekturasi tan olindi va ishchi guruh va korporativ darajadagi axborot tizimlari uchun ilovalarni tashkil etish usuli sifatida keng tarqalgan.
Ishni bunday tashkili ilovalarni MB server imkoniyatlari, tarmoq yuklanishini kamaytirish va ma’lumotlar butunligi nazoratini ta’minlash hisobi natijasida samarani oshiradi.
Ikki pog‘onali mijoz-server arxitektura sxemasi murakkab axborot tizimlarida ba’zi muammolarga olib kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |