litsenziyaga ega banklar va jamg‗arma instutlariga, tovarlar, qimmatli qog‗ozlar,
svop va forvard shartnomalariga nisbatan netting tatbiq etiladi.
Bunday
xolatlarda
TMK
lar
tomonidan
moliyaviy
oqimlarni
optimallashtirishning boshqa usullarini ishlab chiqish faollashadi.
Zamonaviy
xalqaro yirik korporatsiyalar moliyaviy oqimlarini optimallashtirishda u yoki bu
korrektirovka qilinishidagi sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan soliq oqibatlarini hisobi
zaruriy sharoit hisoblanadi. Korporatsiyalar moliyaviy siyosatida soliq sharoitlarini
aniqlash muhim o‗rin tutib, bu TMK lar faoliyatini turli soliq tizimida faoliyat
yuritishi bilan bog‗liqdir. Soliqqa tortish TMK lar siyosatini quyidagi sohalariga
ta‘sir etadi:
xorijiy investitsiyalash;
xorijda bo‗linmalari strukturasini tashkiliy shakllari;
moliyalashtirish va kreditlash shakllari;
pul mablag‗lari o‗tkazmalarini strategiyasi;
valyuta risklarini boshqarish strategiyasi.
TMK lar siyosatini yuqorida keltirilgan sohalari ayniqsa quyidagi asosiy
soliqlar orqali tartibga solinadi:
foydaga soliq;
qo‗shilgan qiymat solig‗i;
kapital i dividendlarga soliq;
ishlovchilar daromadiga soliq;
ijtimoiy soliqlar.
Masalan,TMK ning sho‗‘ba bo‗linmasi joylashgan
mamlakat hukumati
tomonidan ularga yuqori soliq stavkalari tatbiq etilgan bo‗lsa,unda bosh kompaniya
tomonidan
mablag‗
qo‗yiladigan
obyektlar
qaysiki,
soliq
bazasini
minimallashtirishga olib keluvchi vositalarini izlash va sho‗‘ba firmasi foydasiga
o‗tkazmalarni vaqtincha to‗xtatish to‗g‗risida yo‗riqnoma yuborishi mumkin.
Agarda, soliq ajratmalari doimiy asosda faoliyat yurituvchi bosh kompaniya
foydasi hisobiga bo‗lsa, korporatsiyaning bosh idorasi sho‗‘ba bo‗linmasidan
foydalangan o‗z ishlanma, patentlari uchun olinadigan to‗lovlar miqdorini yanada
oshirishi yoki sho‗‘ba strukturasi operatsiyalarini nazorat qilish bilan bog‗liq
qo‗shimcha xarajatlar undiriladi. Bu ko‗rsatib o‗tilgan to‗lovlar sho‗‘ba
bo‗linmalari
xarajatlarida aks etib, korporatsiya to‗laydigan soliqlar qisqarishiga
olib keladi.
TMK bosh idorasi tomonidan sho‗‘ba firmasida biznesni rivojlantirish va
tadqiqotlar olib boruvchi maxsus bo‗linma tashkil etishlishi va ushbu faoliyat
natijalaridan boshqa sho‗‘ba firmalari ham foydalanishi mumkin. Bu soliq bazasini
minimallashtirib, korporatsiya foydasini maksimallashtirish maqsadidagi yirik
investitsiyalash obyekti hisoblanadi.
Moliyaviy oqimlarni optimallashtirish TMK sho‗‘ba bo‗linmalarida moliyaviy
resurslar defitsiti sharoitida sezilarli samara beradi.
Bunday vaziyatlarda alohida
sho‗‘ba firmalari o‗rtasida o‗zaro moliyaviy oqimlarni tartibga solishda foydalanish
mumkin. Ular bir–birlariga to‗lovlarni kechiktirish yo‗li orqali qo‗shimcha
moliyalashtirish (lagging deb nomlanadi) taqdim etishlari mumkin. Yana bir
mumkin bo‗lgan variantlardan biri tovarlar uchun o‗rnatilgan muddatdan oldin
212
to‗lovlarni
o‗tkazilishidagi ularning o‗zaro xarakatlari hisoblanib,tijorat
amaliyotida bu usul liding deb nomlanadi
189
. Lagging va liding strategiyasi ko‗p
xolatlarda moliyaviy mablag‗lar qarz olmaslik va umumiy
korporativ xarajatlarni
pasaytirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: