41
Mavzu IV. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA
ULARNI MUHOFAZA QILISH.
Reja:
1.
Yer resurslarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
2.
Yer resurslarining geografik joylashish xususiyatlari.
3.
Yer resurslaridan foydalanish.
4.
Yer resurslarini muhofaza qilish.
1. Yer resurslarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Million yillar
davomida bunyod bo‘lgan va hosildorlik xususiyatiga ega bo‘lgan
tuproq baholanmas boylikdir. Tuproqni hosildorlik xususiyati shundaki,
unda barcha o‘simliklarning o‘sishiga sharoit yaratgan. Bu hosildorlik
masulidan inson bahramand bo‘ladi va yashaydi. V.V. Doguchayev
tuproqni
har qanday bahodan, hatto oltindan ham qimmat degan edi.
Insoniyatning yashash mezoni ana shu yerdir. Yer bilan tuproqning
ma’nosi bir. Faqat inson foydalanish nuqtai nazardan tuproqni yer
so‘ziga almashtirib yuborgan. Har holda ekin
ekiladigan yerlar ekilgan
ekin nomi yoki u yerda o‘sadigan o‘simliklar nomi bilan atalgan ma’qul.
Yer-tuproq turli xil omillar: tog‘ jinslari, iqlim tirik organizmlar
(o‘simlik va hayvonlar), rel’ef, hudud yoshi
va insonlarning faoliyati
natijasida hosil bo‘lgan muhim tabiat jinsi. U asosan yemirilgan tog‘
jinslari-gildan va chirindilar –gumusdan iborat. Gumus organik modda
qoldig‘idan, xususan o‘simliklarning mikroorganizmlar faoliyati
natijasida chirishdan hosil bo‘ladi. Tuproq doimo o‘zgarib va rivojlanib
turganligidan turli xil iqlim sharoitida turli xil tuproq turlari uchraydi.
Masalan, Hamdo‘stlik davlatlari hududida 100 dan ortiq tuproq xili bor.
Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi –bu tog‘ jinslaridan
tuproqning yuzasigacha bo‘lgan qavatidir.
Tuproq
tarkibidagi
uchraydigan
mikroorganizmlar
tuproq
xiligagina emas, balki yuqorida ko‘rsatilgandek,
turli xil ekologik
omillarga bevosita bog‘liq, 1g tuproqda 300 dan 3000 mln. gacha
mikroorganizmlar uchrashi mumkin. Bir sm unumdor tuproq 300-600
yilda hosil bo‘lishi mumkin.
Hozirgi
sayyoramizda
insoniyatga
yetishtiriladigan
ozuqa
enegiyasining 88% ini yer beradi. Yer insoniyatga nafaqat ozuqa
yetkazib
beradi balki, inson uchun uy-joy, uning faoliyati kechadigan
42
butun qurilish va ishlab chiqarish korxonalarini ham o‘zida
joylashtirishni ta’minlaydi.
Yer tiklanadigan resurslar guruhiga kiradi. Butun dunyoda 13,4
mlrd.ga yer bor. Shundan 1457 mln. gektar (10,8 %)
yer haydalib
dehqonchilik qilinadi, sug‘oriladigan yerlar maydoni 400 mln. ga, 2987
mln. gektar (22,3%) yerdan o‘tloq va yaylov sifatida foydalaniladi.
Quruq iqlim sharoitida sug‘oriladigan yerlar benihoya katta
ahamiyatga ega. Obikor yerlar Respublikada yer maydonining 10 %
qismini egallagan holda o‘simlikshunoslik bo‘yicha yetishtiriladigan
barcha mahsulotning 95 % ini yetkazib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: