4. Suv boyliklarini muhofaza qilish. Albatta, yuqoridagi holatlar
inson salomatligiga, tabiat unsurlariga katta xavf to‘g‘diradi. Shu
sababli, suv manbalarining sanitariya muhofazasi bu juda katta majmua
tadbir-choralar bo‘lib, ularning bajarilishi aholining xo‘jalik ichimlik
suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi, turar joylarda
mikroiqlim sharoiti, aholining cho‘milishi, sport bilan shug‘ullanishiga
sharoit yaratadi.
55
Davlatlar suv havzalari muhofazasi bilan jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarida turlicha shug‘ulangan bo‘lsalarda, lekin bunday masalalar
doimo ular diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Angliyada 1876
yili daryolar muhofazasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, daryo
suvlariga iflosliklarni tashlash man etilgan. Mamlakatimizda ham ko‘p
tashkilotlar, vazirliklar, qo‘mitalar bu ish bilan shug‘ullanishmoqda.
O‘zbekiston hududi Amudaryo va Sirdaryo havzalarida
joylashganligi tufayli suv boyliklari shu darlarning oqim hajmiga bog‘liq
Orol dengizi havzasining o‘rtacha yillik suv oqimi hajmi 126,9 km
3
, shu
jumladan Amudaryo havzasida 79,5 km
3
(12%), Sirdaryo havzasida 37,2
km
3
(30%). Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istondagi botiqlarning suv
oqimi 10,2 km
3
(8%). Yer osti suvlarining xalq xo‘jaligida foydalanish
mumkin bo‘lgan zahirasi 15,7 km
3
, shu jumladan Amudaryo havzasida
7,65 km
3
, Sirdaryo havzasida 7,3 km
3
, boshqa daryolarda 0,55 km
3
.
O‘zbekiston hududida vujudga keladigan yer usti suvlarining
o‘rtacha yillik oqim hajmi 10 km
3
atrofda, qo‘shimcha 89 km
3
suv
keladi. Daryolar oqimini tartibga solish, irrigatsiya va energiya ishlab
chiqarish maqsadida Respublikada 53 ta katta-kichik suv ombori va 28
ta selxona qurilgan, suv omborlarining suv sig‘imi 16 km
3
dan
ziyod.Tashlanma – zovur suvlari katta qismining berk botiqlarga
tashlanishi natijasida Respublikada turli kattalikdagi suvli ko‘llar tarkib
topdi. Bular Arnasoy – Xaydarko‘l, Dengizko‘l, Sariqamish, Sho‘rkul,
Sudoche va boshqalar. O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
ma’lumotiga ko‘ra, hozirda suvdan foydalanish respublikada jami 62-65
km
3
, ni tashkil qilmoqda.O‘zbekistonda foydalaniladigan suvning asosiy
qismi– 85% (53-55 km
3
,) qishloq xo‘jalik maqsadlarida, 12% (6,0 km
3
)
sanoatda va qolgan 3% (1,7 km
3
,) kommunal xo‘jalikda sarflanadi.
Chuchuk va o‘rtacha shurlangan (har metr suvda 3 g gacha) yer osti
suvlarining jami bashoratli zahrasi 17,6 km
3
bo‘lib, shundan yarmidan
ko‘pi (54%) amalda foydalanilmoqda. Zovur suvlarining bir yillik oqimi
Respublikada 23-25 km
3
ni tashkil qiladi, shundan 5 km
3
hajmidagi suv
yana qaytadan Amudaryoga, 10 km
3
esa Sirdaryoga tashlanadi va
sug‘orish hamda boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Qora va rangli metallurgiya, kimyo va neftni qayta ishlash sanoati
korxonalari suv manbalariga og‘ir metallar, ftoridlar, fenollar, xlor,
kaprolaktam, atseton, neft mahsulotlari va boshqa zararli moddalarni
aqova suvlarda erigan holda tushirib, ularni ifloslab kelmoqda.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |